OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI IShTIROKChILARI TOMONIDAN OShKOR ETILIShI ShART BOʻLGAN AXBOROTLARNI “BIRJA” GAZETASIDA MARKAZLAShTIRILGAN TARZDA NAShR ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQ, ShUNINGDEK UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1671-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 1-martdagi 2007-02-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1671, 2007-yil 7-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 160-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 27-apreldagi 2010-08-son “Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan oshkor etilishi shart boʻlgan axborotlarni “Birja” gazetasida markazlashtirilgan tarzda nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1671-1, 2010-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 172-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor v. v. b. A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-iyul,
2012-12-son
Kelishilgan:
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v. b. U. TURDIYEV
2012-yil 24-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 367-modda)