Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2012 20.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2380
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 20.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2380
Kuchga kirish sanasi
30.07.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.12.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2012 YIL 5 IYuLDAGI PF-4450-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2380]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2012-yil 19-noyabrdagi 82-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-noyabrdagi PF-4482-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2401, 21.11.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 18-noyabrdagi 71-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF–4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2284, 2011-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 48-son, 495-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 18-iyuldagi 52-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF–4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-4450-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 28-son, 308-modda) asosan, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi — oyiga 72 355 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshga doir pensiyalar — oyiga 141 520 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 141 520 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 86 835 soʻm miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2012-yil 1-avgustdan keyin yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011-yil 1-oktabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 1-avgustgacha tayinlangan pensiyalar, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonda belgilangan 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (72 355 soʻm x 8 = 578 840 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 578 840 soʻm (72 355 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (72 355 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 18-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 5-iyuldagi PF-4450-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgartirishlar sanasi va davri Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori
Soʻmlarda:‎‎
01.01.1973-yildan‎ 70,00‎
01.01.1992-yildan‎ 350,00‎
01.03.1992-yildan‎ (350,00 + 550,00) / 2 = 450,00‎
01.04.1992-yildan‎ 550,00‎
01.07.1992-yildan‎ 1 000,00‎
01.09.1992-yildan‎ 1 250,00‎
01.10.1992-yildan‎ 2 000,00‎
01.01.1993-yildan‎ 2 500,00‎
01.04.1993-yildan‎ 3 000,00‎
01.06.1993-yildan‎ 7 500,00‎
01.07.1993-yildan‎ 11 250,00‎
01.09.1993-yildan‎ 13 500,00‎
01.11.1993-yildan‎ 16 200,00‎
Soʻm-kuponlarda:‎‎
01.12.1993-yildan‎ 24 300,00‎
01.01.1994-yildan‎ 30 000,00‎
01.03.1994-yildan‎ 45 000,00‎

01.06.1994-yildan‎

70 000,00‎

Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm):
01.07.1994-yildan‎ 70,00‎
01.08.1994-yildan‎ 100,00‎
01.03.1995-yildan‎ 150,00‎
01.09.1995-yildan‎ 250,00‎
01.04.1996-yildan‎ 400,00‎
01.09.1996-yildan‎ 550,00‎
01.12.1996-yildan‎ 600,00‎
01.07.1997-yildan‎ 750,00‎
01.07.1998-yildan‎ 1 100,00‎
01.01.1999-yildan‎ 1 320,00‎
01.08.1999-yildan‎ 1 750,00‎
01.08.2000-yildan‎ 2 450,00‎
01.08.2001-yildan‎ 3 430,00‎
01.04.2002-yildan‎ 3 945,00‎
01.08.2002-yildan‎ 4 535,00‎
01.05.2003-yildan‎ 5 440,00‎
01.08.2004-yildan‎ 6 530,00‎
01.05.2005-yildan‎ 7 835,00‎
01.10.2005-yildan‎ 9 400,00‎
01.07.2006-yildan‎ 10 800,00‎
01.11.2006-yildan‎ 12 420,00‎
01.08.2007-yildan‎ (15 525,00 + 18 630,00) / 2 = 17077,50‎
01.12.2007-yildan‎ 18 630,00‎
01.04.2008-yildan‎ 20 865,00‎
01.09.2008-yildan‎ 25 040,00‎
01.11.2008-yildan‎ (25 040,00 + 28 040,00) / 2 = 26 540,00‎
01.12.2008-yildan‎ 28 040,00‎
01.08.2009-yildan‎ 33 645,00‎
01.12.2009-yildan‎ 37 680,00‎
01.08.2010-yildan‎ 45 215,00‎
01.12.2010-yildan‎ 49 735,00‎
01.08.2011-yildan‎ 57 200,00‎
01.12.2011-yildan‎ 62 920,00‎

01.08.2012-yildan‎

72 355,00‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 345-modda, 46-47-son, 531-modda)