Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida 2011-yil 6-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
2012-yil 6-iyul,
PQ-1784-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 310-modda)