09.07.2012 yildagi 202-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NODIR, ALOHIDA QIMMATLI VA NOYOB NASHRLAR SAQLANISHINI TAʼMINLASH, ULARNING FONDINI TIZIMLI KOʻPAYTIRISH VA BOYITISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni, bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish boʻyicha kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida mavjud axborot-kutubxona fondi doirasida bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarning elektron oʻxshashlari shakllantirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi aholining shaxsiy foydalanishidagi qoʻlyozma va litografiyalangan kitoblar, tarixiy hujjatlar, noyob bosma nashrlar, gazetalar, jurnallarni toʻplash va sotib olishni tashkil etishda, shuningdek xususiy kolleksiyalardagi qoʻlyozmalarni aniqlash va roʻyxatdan oʻtkazishda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, “Oʻzarxiv” agentligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir va alohida qimmatli nashrlarni ehtiyotlab saqlashni taʼminlash boʻyicha kompleks tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi Xarajatlar, mln soʻm Moliyalashtirish manbalari Masʼul bajaruvchilar
amalga oshirish shakli

bajarish muddati

1. Nodir va alohida qimmatli nashrlarning normativ-metodik bazasini va yagona elektron fondini shakllantirish
1.‎

Axborot-kutubxona resurslarini nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslariga kiritish, shuningdek ularni saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy
‎normativ-
‎huquqiy
‎hujjat
2012-yil
‎IV chorak
-‎ -‎ “Oʻzarxiv”
‎agentligi,
‎ Milliy
‎kutubxona,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
2.‎

Nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining elektron fondi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ichki buyruq‎ 2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
3.‎

Manuskriptlarni, shuningdek Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan nodir nashrlarni bosqichma-bosqich elektron formatga oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ishlar jadvali ‎ 2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
4.‎ Milliy kutubxonaning noyob fondlarini elektron formatga oʻtkazish:
‎— raqamlash texnologiyasini tanlash;
— elektron namunalar yaratish va identifikatsiyalash;
— elektron resurslarning bibliografik maʼlumotlar bazasini yaratish. ‎
Ishlar jadvali‎ Amalga oshirishning boshlanishi —
‎2012-yil IV chorak ‎
60,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎ xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎kutubxona‎
5.‎

Manuskriptlarning, shuningdek Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega boʻlgan nodir nashrlarning bibliografik va toʻliq matnli bazasini shakllantirish hamda uni toʻldirish.‎

Maʼlumotlar bazasi‎ Boshlanishi
‎nashrlar toʻplanishiga qarab —
‎2012-yil
‎ IV chorak ‎
-‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎

‎‎II. Axborot-kutubxona fondlarining konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatlarini texnik jihozlash va
‎ishlarini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

6.‎

Axborot-kutubxona fondlarining konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatlari ishlarini tashkil etish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlash.‎

Asbob-uskunalar roʻyxati‎ Tasdiqlash —‎ 2012-yil
‎III chorak,
‎amalga
‎oshirish —
‎2013–2014-yillar ‎
600,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya (homiylik) mablagʻlari
Milliy
‎kutubxona,
‎Moliya
‎vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ‎
7.‎

Nodir va alohida qimmatli nashrlarni ular zarur tarzda saqlanishini taʼminlaydigan maxsus rejim sharoitlarida saqlash boʻyicha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek axborot-kutubxona fondlarini oʻgʻirlanishdan himoya qilish tizimini takomillashtirish.‎

Tadbirlar rejasi ‎ 2012-yil
‎ III chorak‎
290,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari ‎
Milliy
‎ kutubxona‎
8.‎

Milliy kutubxonada saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan nodir va alohida qimmatli nashrlarga annotatsiyalar bilan birgalikda elektron namunalar va bibliografik maʼlumotlar bazasini taqdim etgan holda veb-sayt yaratish.‎

Veb-sayt‎ Amalga oshirishning boshlanishi —
‎2012-yil IV chorak ‎
6,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎ doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎ kutubxona,
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
9.‎

Milliy kutubxona fondidagi mavjud milliy hujjatli yozma merosni tahlil qilish, oʻrganish va saralash.‎

Ishlar jadvali‎ 2012-yil III chorak‎ -‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
10.‎

Soʻrovnomani toʻldirish uchun yoʻriqnoma va tavsiyalarni ishlab chiqish. Nodir va alohida qimmatli nashrlarni pasportlashtirish.‎

Maʼlumotlar bazasi‎ Ishlab
‎chiqish — ‎2012-yil I
‎II chorak,
‎amalga
‎oshirish —
‎2012-yil
‎IV chorak ‎
Milliy
‎kutubxona‎
11.‎

Milliy kutubxonaning avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining “Fondlarning saqlanishi” modulini yaratish va joriy etish.‎

Dasturiy mahsulot‎ Yaratish — ‎2013-yil II
‎ chorak, a‎malga oshirishning boshlanishi —
15,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎ta‎shqari �a
‎xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari ‎
‎Milliy
‎ kutubxona‎
12.‎

Foydalanuvchilarning nodir va alohida qimmatli nashrlar bilan tanishishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Ichki buyruq ‎ 2012-yil
‎ III chorak‎
-‎ -‎ Milliy
‎kutubxona‎
III. Restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
13.‎

Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Milliy kutubxonaning oʻquv-maslahat kurslari bazasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish masalalari boʻyicha taʼlim beruvchi seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish.‎

Oʻquv rejasi, seminarlar dasturi‎ Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil IV chorak ‎ 10,0 ‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎kutubxona‎
14.‎

Milliy kutubxona mutaxassislari uchun nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron formatga oʻtkazish masalalari boʻyicha xorijiy stajirovkalarni tashkil etish.‎

Tadbirlar rejasi ‎ 2012-yil
‎ IV chorak‎
50,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎ mablagʻlari
‎ doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎kutubxona‎
15.‎

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron formatga oʻtkazish masalalari boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish uchun seminarlar, treninglar tashkil etish.‎

Tadbirlar rejasi‎ 2012 — 2014-yillar‎ 50,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎t‎ashqari va
‎ xayriya
‎ (homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎kutubxona‎
16.‎

Axborot-kutubxona fondlarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha mahalliy va xorijiy tadbirlarda (konferensiyalarda, seminarlarda) qatnashish, ularni tizimli tashkil etish va keng foydalanish uchun taqdim etish.‎

Konferensiyalar
‎ va seminarlar ishida qatnashish‎
2012 — 2014-yillar‎‎ 10,0 ‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablagʻlari
‎ doirasida, budjetdan
‎tashqari va
‎ xayriya
‎(homiylik) mablagʻlari‎
Milliy
‎ kutubxona‎

Jami:‎

1 091,0‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi 202-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan hamda tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni tizimli sotib olish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompleks tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi Xarajatlar,
‎mln soʻm
Moliyalashtirish manbalari Masʼul bajaruvchilar
amalga oshirish shakli

bajarish
‎muddati

I. Normativ-metodik bazani shakllantirish
1.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni aniqlash va tanlash boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo
‎normativ-huquqiy
‎hujjat
2012-yil
‎ IV chorak
-‎ -‎ “Oʻzarxiv”
‎agentligi, Fanlar
‎ akademiyasining
‎ Sharqshunoslik
‎instituti, Milliy
‎ kutubxona,
‎Madaniyat va sport
‎ ishlari vazirligi,
‎Badiiy akademiya,
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston
‎matbuot va axborot
‎agentligi
2.‎

“Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni sotib olish, ijaraga olish va ulardan vaqtincha foydalanish uchun narxlarni belgilash mezonlari” yoʻriqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

Idoralararo
‎ normativ-huquqiy
‎hujjat‎
2012-yil IV chorak‎ -‎ -‎ Fanlar akademiyasi,
‎ “Oʻzarxiv” agentligi,
‎ Milliy kutubxona,
‎ Moliya vazirligi,
‎Madaniyat va sport
‎ ishlari vazirligi,
‎ Badiiy akademiya,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston
‎matbuot va axborot
‎ agentligi ‎
3.‎

Nodir qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek noyob nashrlarni saqlovchilarga (ularning egalariga), ular oʻzgaga berilgan hollarda (ijaraga, vaqtincha foydalanishga berish, sotish va shu kabilar), bunday hujjatlar va raritet nashrlarning maqomiga (tarixiy, ilmiy, ijtimoiy qimmatliligi) tegishli asoslangan xulosalar berish.‎

Saqlovchi
‎(egasi) va manfaatdor
‎ tomon oʻrtasidagi namunaviy
‎shartnoma‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak ‎
-‎ -‎ “Oʻzarxiv”
‎ agentligi, Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy kutubxona,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
4.‎

Aholida saqlanayotgan qoʻlyozmalar va bosma nashrlarni tizimli aniqlash va toʻplashni tashkil etish. ‎

Arxeografik ekspeditsiyalarning
‎ joʻnab ketish
‎jadvali va
‎respublika viloyatlarida
‎bunday ekspeditsiyalarni tashkil etish ‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak,
‎har yili ‎
20.0‎ Ajratiladigan
‎ budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari va xayriya (homiylik) mablagʻlari ‎
Fanlar
‎akademiyasining
‎Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy‎ kutubxona,
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi,
‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi
‎Vazirlar Kengashi,
‎ viloyatlar va
‎Toshkent shahar
‎hokimliklari ‎
5.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlar, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlar bilan foydalanuvchilarning ilmiy-taʼlim maqsadlarida tanishishi uchun ular toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish:
‎aholidan qimmatli qoʻlyozmalar va nashrlarni sotib olish;
‎hujjatning holati va saqlanish darajasi pasportini ishlab chiqish;
‎hujjatning holati va saqlanishi darajasi pasportini toʻldirish. ‎

Hujjatlarning holati va
‎ saqlanishi darajasi maʼlumotlari
‎ bazasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak, har yili ‎
50,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari va xayriya (homiylik) mablagʻlari‎
Milliy ‎kutubxona,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎“Oʻzarxiv”
‎agentligi ‎
6.‎

Bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.‎

Maʼlumotlar
‎bazasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎ IV chorak ‎
100,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari va
‎ xayriya (homiylik) mablagʻlari‎
Milliy kutubxona,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, “Oʻzarxiv”
‎agentligi‎
7.‎ Yaratilgan bazani elektron formatga oʻtkazish:
‎— raqamlash texnologiyasini tanlash;
‎— elektron namunalar yaratish va identifikatsiyalash;
‎— elektron resurslarning bibliografik maʼlumotlar bazasini yaratish. ‎
Ishlar jadvali‎ Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak ‎
60,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablagʻlari doirasida,
‎budjetdan tashqari
‎ va xayriya
‎ (homiylik)
‎ mablagʻlari‎
Milliy
‎kutubxona, ‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
‎“Oʻzarxiv”
‎ agentligi ‎
8.‎

Jamiyat uchun bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, manuskriptlarni, shuningdek aholida saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan noyob nashrlarni bundan keyin saqlash va konservatsiya qilish, raqamli oʻxshashlari uchun master-nusxalar yaratish, master-nusxalar Milliy kutubxonada saqlanishini, sugʻurta nusxalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlarning markaziy davlat arxivida saqlanishini tashkil etish.‎

Tadbirlar
‎rejasi‎
Amalga oshirishning boshlanishi — 2012-yil
‎IV chorak ‎
80,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablagʻlari doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va xayriya (homiylik) mablagʻlari‎
Milliy kutubxona,
‎“Oʻzarxiv” agentligi,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎ instituti

‎‎II. Restavratsiya va konservatsiya qilish boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

9.‎

Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti talabalarining Milliy kutubxonada oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazishi, amaliyot va stajirovkadan oʻtishi bilan bogʻliq holda, ularni keyinchalik ishga joylashtirgan holda, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.‎

Tadbirlar
‎ rejasi‎
2012-yil
‎II chorak‎
20,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablagʻlari doirasida,
‎budjetdan tashqari
‎ va xayriya
‎(homiylik)
‎mablagʻlari‎
Milliy kutubxona,
‎Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi ‎
10.‎ “Axborot-kutubxona va arxiv fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish” boʻlimini 5A220301 – “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik” magistratura mutaxassisligining tegishli fani oʻquv dasturiga kiritish.‎ Tegishli mavzularni
‎oʻquv dasturiga
‎ kiritish‎
2012-yil‎ -‎ -‎ Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim
‎ vazirligi,
‎Madaniyat va
‎sport ishlari
‎vazirligi,
‎“Oʻzarxiv”
‎agentligi‎,
‎Milliy ‎kutubxona ‎
11.‎

5A220301 – “Hujjatshunoslik va arxivshunoslik” magistratura mutaxassisligining tegishli fani boʻyicha oʻquv dasturiga kiritiladigan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni takomillashtirish.‎

Oʻquv-metodik
‎materiallar va
‎ oʻquv-metodik komplekslarni
‎yangilash‎
2013-2014-yillar‎ -‎ -‎ Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim
‎vazirligi, Fanlar
‎akademiyasi,
‎Madaniyat
‎va sport ishlari
‎ vazirligi,
‎“Oʻzarxiv”
‎ agentligi ‎
12.‎

Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Milliy kutubxona va Oʻzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar markaziy davlat arxivi bazasida nodir va alohida qimmatli nashrlar va qoʻlyozma hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish uchun seminarlar, treninglar tashkil etish.‎

Seminarlar,
‎treninglar‎
2012 — 2014-yillar‎ 20,0‎ Ajratiladigan
‎budjet mablagʻlari doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari
‎va xayriya
‎ (‎homiylik)
‎ mablagʻlari‎
Fanlar
‎akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Milliy kutubxona,
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi,
‎“Oʻzarxiv”
‎ agentligi ‎
13.‎

Milliy madaniy meros obyektlarini saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish masalalari boʻyicha xorijiy konferensiyalar, seminarlar, treninglarda qatnashish.‎

Konferensiyalar, seminarlar va
‎treninglar ishida qatnashish ‎
2012 — 2014-yillar‎ 60,0‎ Ajratiladigan
‎ budjet
‎mablagʻlari
‎ doirasida,
‎budjetdan
‎ tashqari va
‎xayriya (homiylik)
‎mablagʻlari‎
Fanlar
‎akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti, Milliy kutubxona, “Oʻzarxiv”
‎agentligi‎

III. Aholidagi alohida qimmatli, nodir nashrlar va hujjatlarni aniqlash va toʻplash tadbirlarining maqsadlari,
‎mazmuni va ahamiyati toʻgʻrisida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish‎‎

14.‎

Aholidagi alohida qimmatli, noyob nashrlar va hujjatlarni aniqlash va toʻplash boʻyicha koʻrilayotgan tadbirlarning ahamiyati va talablari toʻgʻrisida aholini keng xabardor qilish.
‎Olimlar, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining tele- va radio kanallarida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish.
‎Amalga oshiriladigan tadbirlar jarayoni va natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish. ‎

Telekoʻrsatuvlar
‎ va radioeshittirishlar turkumi, ommaviy axborot vositalarida ruknlar
2012 — 2014-yillar‎‎ 30,0‎ Ajratiladigan
‎budjet
‎mablagʻlari
‎doirasida,
‎budjetdan
‎tashqari va
‎xayriya (homiylik) mablagʻlari‎
Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi
‎ Vazirlar Kengashi,
‎ viloyatlar va
‎Toshkent shahar
‎h‎okimliklari,
‎Milliy kutubxona,
‎Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
‎instituti,
‎Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi,
‎Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, milliy teleradiokompaniyasi ‎

JAMI:‎

440,0‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 317-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)