04.07.2012 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AVTOTRANSPORT VOSITALARI KONSTRUKSIYASINING FOYDALANISH SHARTLARI BO‘YICHA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI UMUMIY TEXNIK REGLAMENTNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zstandart” agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda bir oy muddatda avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari bo‘yicha xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi standartlashtirishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning aniq ro‘yxatini aniqlasin, keyinchalik ularni “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish sharoitlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boshlab majburiy tusdaligini bekor qilish va qo‘llashning ixtiyoriylikka ega bo‘lishi chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligini ta’minlashga doir talablar to‘g‘risida keng xabardor qilinishini va ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari U.U.Rozuqulov va B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 298-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 18.07.2018-y., 09/18/547/1531-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)