02.07.2012 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

DALA SHAROITLARIDAGI ISHLARDA BAND BOʻLGAN XODIMLARGA DALA USTAMASI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 170-moddasiga va Soliq kodeksining 171-moddasiga muvofiq dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish va qoʻshimcha xarajatlarining oʻrnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi tumanlar boʻyicha tartibga solinadigan, shu jumladan noqulay tabiiy iqlim-sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun tuman koeffitsiyentlari boʻyicha toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 2-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga Dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Ushbu Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi toʻlashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xodimlarga dala ustamasi ishlovchilarning vaqtincha noqulay mehnat va maishiy sharoitlar sababli dala sharoitlaridagi ishlarni bajarish, shuningdek ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlaridan tashqarida joylashganligi bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi xodimlar dala ustamasi olish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) dala sharoitlarida ishlovchilar va dala ishlari amalga oshirilayotgan joylarda yashovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat koʻrsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-maʼrifiy, maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yordamchi boʻlinmalar xodimlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dala ustamasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqiga nisbatan miqdorlarda (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda eng kam oylik ish haqining uch baravaridan ortiq boʻlmagan holda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kuniga 0,15 – dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kuniga 0,03 – mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar (korxonalar)ning bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻz xodimlariga dala ustamasi toʻlash huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar roʻyxati mansubligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan, vazirliklar va idoralar tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (korxonalar) tomonidan esa – mustaqil ravishda (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda) tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dala ishlariga yuborilayotgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tashkilot (korxona) boʻyicha tegishli buyruq bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dala ustamasi dala ishlari amalga oshirilayotgan joyda haqiqatda boʻlingan kalendar kunlar uchun toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan miqdorlardagi dala ustamasi oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Dala ustamasi toʻlash xodim dala ishlari olib borilayotgan joyda yoki bazaviy dala shaharchasida boʻlgan quyidagi holatlarda saqlanib qoladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) vaqtinchalik ishga layoqatsiz boʻlgan davrda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Dala ustamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha toifadagi xodimlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har yilgi mehnat taʼtilida boʻlingan vaqt uchun toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodim xizmat safariga yuborilganda dala ustamasi toʻlash toʻxtatiladi. Bunday holatlarda xarajatlar oʻrnini qoplash xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkilotlar (korxonalar)ning jamoa shartnomalarida, jamoa kelishuvlarida va mehnat shartnomalarida dala ustamasi ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlardan ortiq miqdorda nazarda tutilishi mumkin, uni toʻlash budjetdan tashqari manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tashkilot (korxona)lar dala ustamasini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan dala ustamasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan normalardan ortiq miqdorda toʻlanadigan dala ustamasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanadi va ulardan soliq olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 297-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)