28.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2375
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 28.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2375
Kuchga kirish sanasi
08.07.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.

SOLIQ MASLAHATI MILLIY STANDARTI (2-SONLI SMMS) “SOLIQ MASLAHATI BOʻYICHA HISOBOT va soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda MIJOZGA (ISHONCH BILDIRUVCHIGA) TAQDIM ETISH TARTIBI”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2375]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011—2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-son qarorining 2-ilovasining 61-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) (keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu standartning maqsadi mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatiga oid xulosani tuzish hamda taqdim etish tartibini belgilash hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standartning talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Soliq maslahati boʻyicha hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq maslahati boʻyicha hisobot (keyingi oʻrinlarda hisobot deb yuritiladi) – soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb yuritiladi) bajarish natijalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etiladigan hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hisobot yozma shaklda tuziladi va shartnomani bajarish davomida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan tayyorlangan xulosa va tavsiyalarni tasdiqlash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hisobot tarkibi shartnomaning predmetiga va soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish muddati davomiyligiga bogʻliq. Hisobot erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi – “Soliq maslahati boʻyicha hisobot”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;

hisobotni tuzish uchun asos boʻlgan shartnomaning predmeti, raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).

6. Soliq maslahati boʻyicha bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish va muayyan muddat davomida xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari shartnomada koʻrsatib oʻtilgan savol yoki muammoning mazmuni, koʻrsatilgan savolga (muammoga) taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati va vakolatli organlarning tushuntirishlari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan savolning (muammoning) yechimi boʻyicha tavsiyalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mijozga (ishonch bildiruvchiga) xizmat koʻrsatishda yozma ravishda tushuntirishlar taqdim etilgan boʻlsa, hisobotda faqatgina tushuntirishlarning raqami va sanasi koʻrsatilib, ularning nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha hisobotda ushbu standartning 5-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari soliq maslahatchisi tomonidan mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifoda etishda davlat soliq xizmati organlarida, huquqni muhofaza qilish va boshqa nazorat qiluvchi organlarda, shuningdek sudda amalga oshirilgan harakatlar va erishilgan natijalar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shartnoma shartlariga muvofiq hisobot boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Hisobotni tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisobotning har bir sahifasi soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan soliq maslahatchisi, soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi va mazkur tashkilotning muhri (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hisobot mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mijoz (ishonch bildiruvchi) hisobotni shartnomada belgilangan muddatlarda olganidan soʻng soliq maslahatchilari tashkilotini hisobotni mazmun jihatdan toʻliq ravishda qabul qilib olganligi toʻgʻrisida yohud ayrim masalalarga aniqlik kiritish lozimligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Agar shartnomada hisobotni qabul qilish muddatlari koʻrsatilmagan boʻlsa, hisobot topshirilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgach qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hisobotdagi axborot maxfiydir va taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III1 bob. Soliq maslahatiga oid xulosa
(III1 bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Soliq maslahatiga oid xulosa (keyingi oʻrinlarda xulosa deb yuritiladi) — soliq maslahatiga doir shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatgan soliq maslahatchisining fikrini oʻz ichiga olgan hujjat.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(121-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Xulosa erkin shaklda tuziladi va majburiy tartibda quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi — “Soliq maslahatiga oid xulosa”;
(122-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning (ishonch bildiruvchining) manzili, nomi yoki F.I.O.;
Oldingi tahrirga qarang.
(122-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani bajarishda ishtirok etgan soliq maslahatchisi(lari) toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., soliq maslahatchisi sertifikatining raqami va berilgan sanasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Xulosada soliq maslahatchilari tashkilotining shartnoma predmeti boʻyicha asoslangan fikri aniq bayon etilishi kerak.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Xulosa soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatgan soliq maslahatchisi, soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi va mazkur tashkilotning muhri (mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 2375-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-3, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III2 bob. Xulosani tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari), soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi va mazkur tashkilotning muhri bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Xulosa mijozga (ishonch bildiruvchiga) shartnomada belgilangan muddatlarda shaxsan olib borib berish, pochtadan buyurtma xat orqali yoki elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
(III2 bob Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Hisobot va xulosaning mazmuni uchun javobgarlik
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-avgustdagi 126-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375-1 11.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1011-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq maslahatchilari tashkiloti, oʻzining fikriga koʻra, huquqiy jihatdan xatar yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan hujjatlarni va maʼlumotlarni isbot sifatida foydalanmaslik huquqiga ega va bu haqida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni koʻrsatgan holda mijozga (ishonch bildiruvchiga) xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmati oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijozni (ishonch bildiruvchini) tuzilgan shartnomaga muvofiq soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish davomida yuzaga keladigan barcha ahamiyatli boʻlgan huquqiy jihatdan xatarlar toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti qonunchilik hujjatlari talablariga yoki shartnomaga mos kelmaydigan hisobot va xulosa tuzganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda; 2017-y., 37-son, 1011-modda, 37-son, 1011-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2375-2/2905-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 02.08.2023-y., 10/23/2375-3/0550-son)