ILOVA
| T/r |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul bajaruvchilar |
| 1. Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, faoliyatni tashkil etish va ta’lim jarayonini o‘quv-metodik ta’minlash | |||
| 1.1 |
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda “Davlat boshqaruvi” va “Jamiyat boshqaruvi” magistraturalari mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2012-yil iyun | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Akademiya, “O‘zstandart” agentligi, Davlat test markazi |
| 1.2 |
Davlat ta’lim standartlari asosida “Davlat boshqaruvi” va “Jamiyat boshqaruvi” magistraturalari mutaxassisliklarining o‘quv rejalari, o‘quv jarayoni jadvallari ishlab chiqilishini tashkil etish. |
2012-yil iyun | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Akademiya, Davlat test markazi |
| 1.3 |
Davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil etishda ilg‘or mamlakatimiz va xorij tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida “Davlat boshqaruvi” va “Jamiyat boshqaruvi” magistraturalari mutaxassisliklari fanlarining o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2012/2013 o‘quv yili �oshlangungacha | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 1.4 |
O‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot jarayonini tashkil etish bo‘yicha normativ, metodik hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish. |
2012/2013 o‘quv yili boshlangungacha | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 1.5 |
Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida respublikaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda Akademiya kafedralarining pedagogik tarkibini shakllantirish. |
2012-yil 15-iyun | Akademiya |
| 1.6 |
Tayyorlash mutaxassisliklari fanlari bo‘yicha ularning mazmuniga ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini nazarda tutadigan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik majmualar, shu jumladan elektron darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik majmualar ishlab chiqilishini tashkil etish. |
2012-2013-yillar | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 2. Binolar majmuini mukammal rekonstruksiya qilish va o‘zga shaharlik tinglovchilarning yashashini ta’minlash | |||
| 2.1 |
Quyidagilarni: |
2012-yil iyun | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.2 |
Qurilish konstruksiyalari, muhandislik asbob-uskunalari va kommunikatsiyalarni texnik instrumental tekshirish. |
30 kun | “O‘zog‘irsanoatloyiha” OAJ |
| 2.3 |
Kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan ishchi hujjatlarni ishlab chiqish va loyihalashga topshiriq berish. |
2012-yil iyun | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.4 |
Kelishilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish va topshiriq berish. |
2012-yil iyun | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.5 |
Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilishga dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
2012-yil iyun | “Toshgiproshahar” OAJ |
| 2.6 |
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni vakolatli organlarda (“Davarxitektquril�sh” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi) belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish. |
2012-yil 10-iyul | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.7 |
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun vakolatli ekspertiza organlarining xulosalarini ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksiga kiritish. |
2012-yil 10-iyul | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.8 |
Belgilangan tartibda tasdiqlash uchun dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni tayyorlash. |
2012-yil 13-iyul | Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi |
| 2.9 |
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlash. |
2012-yil 15-iyul | Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi, Akademiya |
| 2.10 |
Akademiya bilan kelishilgan loyiha yechimlari va lokal smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvali asosida ish hujjatlarini ishlab chiqish. |
I b�sqich – 2012-yil 15-iyul; II bosqich – 2012-yil oktyabr |
“Toshgiproshahar” OAJ |
| 2.11 |
Loyiha yechimlari va lokal smetalarni bosqichma-bosqich berish jadvaliga muvofiq ekspert kuzatib borish hajmi ajratib ko‘rsatilgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish. |
I bosqich – 2012-yil 20-iyul; II bosqich – 2012-yil noyabr |
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, “Toshgiproshahar” OAJ |
| 2.12 |
Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilishga manzilli ro‘yxatni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2012-yil 25-iyul | Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi |
| 2.13 |
Akademiya binolarini mukammal rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish. |
I bosqich – 2013-yil aprel; II bosqich – 2013-yil dekabr |
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi, bosh pudrat tashkiloti |
| 2.14 |
Akademiya binolari majmui mukammal rekonstruksiya qilinishi ustidan belgilangan tartibda mualliflik nazoratini amalga oshirish. |
mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishning butun davri | “Toshgiproshahar” OAJ |
| 2.15 |
Bajarilgan ishlar sifati ustidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish. |
mukammal rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishning butun davri | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi |
| 2.16 |
Akademiya binolari majmuini mukammal rekonstruksiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘lar ajratish. |
2012-yil iyun | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 2.17 |
Akademiyaning o‘zga shaharlik tinglovchilari yashashi uchun joyni aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish. |
2012-yil iyun | Toshkent shahar hokimligi, Akademiya, Davlat mulki qo‘mitasi |
| 2.18 | Gaz taqsimlash punkti qurish bilan birgalikda o‘rtacha bosimli gaz quvurlari yotqizish. | 2012-2013-yillar | “O‘ztransgaz” AK, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Iqtisodiyot vazirligi, Akademiya |
| 2.19 | Avtonom gaz-elektr bug‘ qozoni stansiyasi qurish. | 2012-2013-yillar | Akademiya, Iqtisodiyot vazirligi |
| 2.20 | Elektr ta’minotining uzluksiz tizimini qurish (Avtonom dizel generator va UPS). | 2012-2013-yillar | Akademiya |
| 2.21 |
Mini-futbol, basketbol, voleybol, shuningdek te�nis uchun Akademiyaning yangi ko‘p funksiyali ochiq sport majmuini qurish. |
2012-2013-yillar | Akademiya |
| 2.22 | Akademiya hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish. | |
Akademiya, Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK |
|
3. Akademiyaning o‘quv auditoriyalari, kafedralari, axborot-resurs markazini asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari bilan jihozlash | |||
| 3.1 |
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan, videokonferensiyalardan foydalangan holda leksiyalar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv auditoriyalarini zamonaviy texnik vositalar va mebellar bilan jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. |
2012-yil iyun | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi. Moliya vazirligi |
| 3.2 |
Akademiyaning kafedralari, fakultetlari, rektorati, axborot-resurs markazini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari bilan jihozlashga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash. |
2012-yil iyun | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Moliya vazirligi |
| 3.3 |
Akademiyaning o‘quv auditoriyalari, kafedralari, axborot resurs markazini zamonaviy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya, telekommunikatsiya vositalari va texnologiyalari, mebel va anjomlar bilan jihozlash, mamlakatimiz va xorijning o‘quv, ilmiy va metodik adabiyotlari bilan ta’minlash uchun zarur mablag‘larni 2013-yilgi Davlat budjeti parametrlariga kiritish. |
2013-yil yanvar | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Akademiya |
| 3.4 |
Axborot tarmoqlariga keng polosali kirishni ta’minlash va malaka oshirish kurslarini masofadan turib o‘qitish uchun Akademiyani optik tolali liniya bo‘yicha Internetning axborot tarmoqlariga va ZiyoNet ga ulash. |
2012-yil sentyabr | Akademiya, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 3.5 |
Tinglovchilarning mustaqil ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Akademiyaning butun hududi, shu jumladan tinglovchilar yashaydigan joy bo‘yicha Akademiyaning axborot tarmog‘idan xavfsiz foydalanishning simsiz texnologiyalarini joriy etish. |
2012-2013-yillar | Akademiya, Moliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 3.6 |
Magistraturada o‘qitish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha zarur zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-texnik adabiyotlar va multimedia mahsulotlari sotib olgan, shuningdek davriy matbuotning xalqaro elektron resurslaridan foydalanishni ta’minlagan holda Akademiya axborot-resurs markazining zarur fondini shakllantirish. |
2012-2013-yillar | Akademiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3.7 | Bosishning zamonaviy raqamli texnologiyalarini joriy etgan holda Akademiya nashriyoti asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar kiritish. | 2012-2013-yillar | Akademiya, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Moliya vazirligi |
| 3.8 | O‘quv-tarbiya ishlarining zamonaviy usullarini keng joriy etish uchun elektro� o‘quv materiallari va maxsus vazifali materiallarni ishlab chiqish uchun Akademiya huzurida multimedia studiyasi tashkil etish. | 2012-2013-yillar | Akademiya, O‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Moliya vazirligi |
| 3.9 | Tasdiqlangan limit doirasida Akademiyani belgilangan tartibda avtotransport vositalari bilan ta’minlash. | 2012-yil | Akademiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zavtosanoat” AK |