Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN YoSh OILALARGA IMTIYOZLI ASOSDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1697-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi 124-son “Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 202-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 9-iyundagi 17/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697, 2007-yil 18-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyun,
17/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yosh oilalarga beriladigan moliyaviy isteʼmol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.”.
2. 5-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar “kichik korxonalar,” degan soʻzlardan keyin “oilaviy korxonalar,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 7-bandning birinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori” degan soʻzlardan keyin “(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 5-son, 25-modda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 8-banddagi “(roʻyxat raqami 1548, 2006-yil 21-fevral)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 1548, 2006-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 60-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi V bob bilan toʻldirilsin:
“V. Yakuniy qoida
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 284-modda)