Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 19.06.2012 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA OILA INSTITUTI VA FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARINING TA’LIM MUASSASALARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Respublika “Mahalla” Fondining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini (keyingi o‘rinlarda Jamoat kengashi deb ataladi) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi hududiy jamoat kengashlarini (keyingi o‘rinlarda hududiy jamoat kengashlari deb ataladi) tuzish to‘g‘risidagi takliflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat kengashining tarkibi 1-ilovaga*, shuningdek hududiy jamoat kengashlarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoat kengashining quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) va mahalla hamkorligining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga doir uslubiy asoslarni yaratishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim-tarbiya jarayonini hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy jamoat kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Respublika “Mahalla” Fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Jamoat kengashining nizomini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy jamoat kengashlarining namunaviy nizomini hamda tarkibini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika “Mahalla” Fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman (shahar) hokimliklari tomonidan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy jamoat kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, tegishli vazirliklar va idoralar “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘z tizimlarida monitoring o‘rnatsinlar, ularning ijrosini yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha majlislarda muhokama qilib borsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi 175-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi hududiy jamoat kengashlarining namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar
‎va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari boshlig‘i, hududiy
‎Jamoat kengashi raisi‎

2.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
‎o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, hududiy
‎Jamoat kengashi hamraisi‎

3.‎

“Mahalla” xayriya jamoat Fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi‎

4.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar
‎va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i‎

5.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
‎Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎

6.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar
‎va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari‎

7.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
‎hududiy teleradiokompaniyasi direktori‎

8.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
‎Matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i‎

9.‎

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
‎viloyatlar va Toshkent shahar kengashi raisi‎

10.‎

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limi rahbari

11.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar
‎va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari‎

12.‎

Jamoatchilik vakillari‎

13.‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar
‎va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi ma’naviy-axloqiy
‎tarbiya bo‘limi boshlig‘i, Kengash kotibi‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: hududiy Jamoat kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentabrdagi 731-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1040-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi 175-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAJMUASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tadbirlar‎

Mas’ullar‎

Amalga oshirish mexanizmi‎

Ijro muddati‎

‎‎I. Oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan metodologik asoslarni yaratish

1.‎

Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga doir uslubiy qo‘llanma va tavsiyalarni tayyorlash, joylarga yetkazish.‎

“Oila” ilmiy-amaliy markazi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy- amaliy markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM), “Kelajak ovozi” YOTM, “Kamolot” YOIH, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

1. Uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar loyihasini tayyorlash.
‎2. Tayyorlangan loyihalarni o‘rnatilgan tartibda kelishuvdan o‘tkazish.
‎3. Chop etish va joylarga taqsimot asosida yetkazish. ‎

2012-yil 20-iyul

‎2012-yil 1-avgust

‎2012-yil 30-avgust ‎

2.‎

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 1 — 4-sinflarida “Bola tarbiyasi — kelajak mevasi”, 5 — 7-sinflarida “Ilm ol — hunar o‘rgan!”, 8-9-sinflarida va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari 1-bosqichlarida “Tanlagan kasbing — sening kelajaging!” hamda 2-3-bosqichlarida “Yetuk mutaxassis — kelajak mevasi!” mavzularida “Otalar majlisi”ni o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. ‎

Xalq ta’limi vazirligi (XTV), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (O‘MKHTM), “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH manfaatdor vazirliklar va idoralar‎

1. Tanlangan mavzular bo‘yicha “Otalar majlisi”ni o‘tkazish tartibi loyihalarini tayyorlash.
‎2. O‘rnatilgan tartibda tasdiqlash va ijroga yo‘naltirish. ‎

2012-yil 1-avgust

‎2012-yil sentabr ‎

3.‎

Yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy axborotlarni o‘z ichiga olgan buklet, ma’lumotnoma va tarqatma materiallar ishlab chiqish va joylarga yetkazish.‎

XTV, OO‘MTV, O‘MKHTM, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA), RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, “Oila” ilmiy-amaliy markazi ‎

Huquqiy bilimlarni oshirishga doir buklet, ma’lumotnoma va tarqatma materiallarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish. ‎

2012-yil 30-avgust ‎

4.‎

Qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatlik masalalari va balog‘at davri o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qo‘llanmani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.‎

“Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV), “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro Fondi, “Kamolot “ YOIH, Adliya vazirligi, XTV, OO‘MTV, O‘MKHTM ‎

1. “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qo‘llanma loyihasini tayyorlash.
‎2. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish, chop etib joylarga yetkazish. ‎

2012-yil 20-avgust

‎2012-yil sentabrdan boshlab ‎

II. “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” Jamoat kengashlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish ‎‎

5.‎

“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlarini tuzish.‎

XTV, OO‘MTV, O‘MKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini tuzish.
‎2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi hududiy jamoat kengashlarini tuzish.

2012-yil iyul ‎

6.‎

Jamoat kengashi, ota-onalar tomonidan ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirishdagi faolligini oshirish. ‎

“Mahalla” Fondi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ‎

1. Ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya sifatini tubdan o‘rganish.
‎2. O‘rganish natijalariga ko‘ra ta’lim muassasalaridan takliflar olish va ishlarni takomillashtirish choralarini ko‘rish.
‎3. Ota-onalarning ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishda faol qatnashishini ta’minlash. ‎

2012-yil 30-avgust

‎2012-yil sentabr



‎muntazam ravishda ‎

7.‎

Ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning o‘rnini kuchaytirish.‎

XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, IIV, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ittifoqi

1. Ta’lim muassasalari rahbarlari, Jamoat kengashi, mahalla va ota-onalar hamkorligida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yo‘llari va o‘quvchilarning darsga qatnash davomatini uzviy tahlil qilib borish.
‎2. Dars qoldirgan, o‘qishga qatnamaydigan o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan tushuntirish va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab






‎muntazam ravishda ‎

8.‎

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish.‎

“Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, OO‘MTV, XTV, O‘MKHTM, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganish, vazifalarini aniq belgilash va samaradorligini yanada oshirish.
‎2. Tashabbuskor yoshlarni ta’lim-tarbiya masalalarini o‘rganishga jalb qilish va hisobotlarini eshitishni yo‘lga qo‘yish. ‎

2012-yil 20-iyuldan
‎muntazam ravishda





‎‎har chorakda ‎

9.‎

Ta’lim tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota-onalarning keng ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Ota-onalar universiteti” faoliyatini kuchaytirish.‎

XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. “Ota-onalar universiteti” faoliyati samaradorligini oshirish choralarini belgilash.
‎2. “Ota-onalar universiteti” faoliyatiga oid hisobotlarni eshitishni yo‘lga qo‘yish. ‎

2012-yil 20-avgust


‎2012-yil sentabrdan boshlab
‎muntazam ravishda ‎

10.‎

Ta’lim muassasalari va mahallalarda “Oila — muqaddas tushuncha”, “Oilaviy an’analar”, “Mahalla va oila ma’naviyatining mustahkamligi”, “Ota va ona — oila tayanchi”, “Oilada sharqona sadoqat” mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish.

“Mahalla” Fondi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi‎

1. Soha mutaxassislari, malakali professor-o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari hamda namunali oilalar vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlarini shakllantirish.
‎2. Targ‘ibot guruhlari uchun o‘quv seminari tashkil qilish. Ularni zarur qo‘llanma va ma’ruza matnlari bilan ta’minlash.
‎3. Targ‘ibot guruhlari a’zolarini hududlar bo‘yicha taqsimlash va targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
‎4. Tadbirlarni OAVlarda keng yoritish. ‎

2012-yil 30-iyun





‎2012-yil 30-iyul



‎2012-yil avgust


‎muntazam ravishda ‎

III. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida g‘ayriijtimoiy harakatlarning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish ‎‎

11.‎

Mahallalarda noqobil, notinch oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim-tarbiyasi hamda ularga har tomonlama ijtimoiy ko‘maklashish ko‘lamini kengaytirish.‎

“Mahalla” Fondi, XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, IIV, Xotin-qizlar qo‘mitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi , “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi‎

1. Mahallalarda faol, el orasida hurmat qozongan ziyoli insonlarni hamda tegishli idoralar vakillarini jalb qilgan holda oilalarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash.
‎2. Muammolarning yechimini topishda ko‘maklashish hamda notinch oila farzandlarini o‘quv jarayoniga to‘liq jalb etish choralarini ko‘rish. ‎

2012-yil 30-avgust






‎muntazam ravishda ‎

12.‎

O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunarga yo‘naltirish.‎

XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, Yoshlar ittifoqi, SSV, Davlat soliq qo‘mitasi, IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

1. Mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan fan to‘garaklari, sport seksiyalari faoliyatini o‘rganish, tarmog‘ini kengaytirish orqali ommaviylikni ta’minlash.
‎2. O‘quvchi-yoshlarni, ayniqsa qizlarni hududdagi usta-hunarmandlarga biriktirish, va ularni kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini takomillashtirish.
‎3. O‘quvchi-yoshlar tomonidan to‘garaklarda tayyorlangan mahsulotlarning ko‘rgazma savdosini tashkil etish, shu orqali ularda tadbirkorlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
‎4. To‘garaklarda egallangan bilim va ko‘nikmalar asosida ularni kasb-hunar ta’limi muassasalariga jalb etish tizimini mustahkamlash. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda ‎

13.‎

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik yoki boshqa noijtimoiy harakatlar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish.‎

XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, IIV, Adliya vazirligi, RBIMM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish borasida profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish hamda ijroga yo‘naltirish.
‎2. Profilaktik tadbirlarga Jamoat kengashi, tegishli idoralar vakillari, ota-onalarni jalb etish.
‎ 3. Tadbirlarning natijaviyligini ta’minlash bo‘yicha monitoring yuritish. ‎

2012-yil 20-avgust






‎2012-yil sentabrdan boshlab

‎muntazam ravishda ‎

14.‎

Dars vaqtida maktabga bormasdan bemaqsad yurgan, masjidlarga qatnayotgan, bozorlarda turli yumushlar hamda jamoat transportlarida chipta sotish bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilarni aniqlash va ularni o‘qishga qaytarish maqsadida “O‘quvchi” reydlarini o‘tkazish.‎

XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, IIV, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish.
‎2. Reyd o‘tkaziladigan manzillarni aniqlash va Ishchi guruhga qo‘shimcha jamoatchilik vakillarini jalb etish.
‎3. Reydda aniqlanib ro‘yxatga olingan o‘quvchi-yoshlarni ta’limga qaytarish choralarini ko‘rish, doimiy monitoring yuritish. ‎

2012-yil sentabr

‎muntazam ravishda



‎reja asosida ‎

15.‎

O‘quvchi-yoshlarning dars va tungi vaqtlarda “Internet-kafe”lar va “Kompyuter klublari”da bo‘lishi, ma’naviy-axloqiy buzuqlikni targ‘ib etuvchi saytlarga kirishi holatlarini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda reydlar tashkil etish.‎

O‘zAAA, “Mahalla” Fondi, XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, IIV, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish.
‎2. Reyd o‘tkaziladigan manzillarni hamda dars vaqtida maktabga bormasdan “Internet — kafe” va “Kompyuter klublari”da bemaqsad yurgan o‘quvchilarni aniqlash, ularni o‘qishga qaytarish choralarini ko‘rish.
‎3. Reyd vaqtida aniqlangan salbiy holatlar bo‘yicha ularning rahbarlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda keskin choralar ko‘rish. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda





‎reyd kuni ‎

16.‎

Erta turmush qurish hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, ularni inson sog‘lig‘iga zararlari, huquqiy javobgarliklari mavzularida mahallalarda ota-onalar o‘rtasida mutaxassislar ishtirokida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. ‎

Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi‎

1. Erta turmush qurish holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish.
‎2. Voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida aniqlangan homiladorlik holatlari yuzasidan qizlar va ota-onalar ishtirokida yakka tartibda tushuntirish ishlarini amalga oshirish. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab





‎muntazam ravishda ‎

17.‎

O‘quvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha hamda profilaktik nazoratda turuvchi o‘quvchilarni tarbiyalashda ota-onalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish.‎

“Mahalla” Fondi, IIV, XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi Adliya vazirligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. Turli milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish.
‎2. Ichki ishlar profilaktik hisobiga va ta’lim muassasalarining ichki nazoratiga olingan o‘quvchi-yoshlar bilan yakka yoki ommaviy tarzda maqsadli ishlarni olib borish.
‎3. Ichki ishlar profilaktik nazoratiga va ta’lim muassasalarining ichki nazoratiga olingan o‘quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb etish, ularga mas’ullarni biriktirish.
‎4. Ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy o‘zgarishlarga erishgan o‘quvchi-yoshlarni ro‘yxatdan chiqarish.
‎5. Farzandlar tarbiyasiga e’tiborsiz ota-onalarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llash. ‎

2012-yil 1-iyuldan boshlab muntazam ravishda ‎

18.‎

O‘quvchi-yoshlarning zararli odatlar yo‘liga kirishiga sabab bo‘layotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.‎

XTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, OO‘MTV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi

1. Ta’lim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishining oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi nazoratini kuchaytirish.
‎ 2. O‘quvchi-yoshlar, pedagog-xodimlar va ota-onalar o‘rtasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning zarari haqidagi tushunchalari va ularga munosabatini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish.
‎3. O‘quvchilar o‘rtasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarning zarari, ular bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning og‘ir asoratlari to‘g‘risida mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish. ‎

2012-yil 1-iyuldan boshlab 2012-yil sentabr Muntazam ravishda jadval asosida ‎

IV. Barkamol avlodni tarbiyalashga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samaradorligini oshirish va ularni mazmunan yanada takomillashtirish ‎‎

19.‎

“Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish.‎

“Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ittifoqi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi ‎

1. Jamoat kengashi ishtirokida ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid masalalarni muhokama etishni yo‘lga qo‘yish.
‎2. Mahallalarda jamoatchilik asosida “Ota-onalar universiteti”ni tashkil etish.
‎3. Yoshlarni hayotga ruhiy-ma’naviy jihatdan to‘liq tayyorlash, ularda hayotga mas’uliyat hissini uyg‘otish yuzasidan ibratli oilalar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish. ‎

2012-yil muntazam ravishda alohida reja asosida muntazam ravishda ‎

20.‎

Yosh avlodga xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan qadriyatlarini, ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish. ‎

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi”, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi‎

1. Soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan iborat Targ‘ibot guruhini shakllantirish.
‎2. Milliy qadriyat va an’analarimizni, ibratli urf-odatlarimizni targ‘ib etishga doir mavzularda uchrashuv, davra suhbati va seminarlar tashkil etish. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab rejaga muvofiq‎

21.‎

“Yoshlar ma’naviy olamini boyitishda adabiyot va san’atning o‘rni” mavzuida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish.‎

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” Fondi, O‘zFA Til va adabiyot instituti, Yoshlar ittifoqi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi ‎

1. Yozuvchi, shoir, olim, san’atkor va yosh qalamkashlardan iborat Ishchi guruh tuzish.
‎2. O‘quvchi-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, kutubxonalarning kitob fondini boyitish maqsadida “Maktab-mahalla, oila-jamoatchilik” hamkorligida kitoblar ko‘rgazmasini o‘tkazish. 3. “Birinchi kitobim” yo‘nalishida yosh qalamkashlarning kitoblari taqdimotini tashkil etish. ‎

2012-yil sentabr muntazam ravishda rejaga muvofiq ‎

22.‎

O‘quvchi-yoshlarni g‘oyaviy tahdid va past saviyali “ommaviy madaniyat” va boshqa turdagi yot g‘oyalarning zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etish. ‎

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, SSV, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar, “Mahalla” Fondi‎

1. Soha mutaxassislari tomonidan mahalla oqsoqollarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari”, “Din va ma’naviyat”, Xurofotga qarshi kurashda ayollarning o‘rni” mavzularida suhbatlar, muloqotlar tashkil etish.
‎2. Ta’lim muassasalarida “Yoshlarni g‘oyaviy tahdidlar va past saviyali “ommaviy madaniyat”ning halokatli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan seminarlar, savol va javoblar, ijodiy kecha, davra suhbatlarini tashkil etish. ‎

2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda









‎rejaga muvofiq ‎

23.‎

“Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” mavzuida madaniy tadbirlar tashkil etish.‎

Baynalmilal madaniyat markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi

Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari ishtirokida joylarda do‘stlik festivallari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, turli tildagi she’rxonlik kechalarini tashkil etish.‎

2012-yil iyuldan boshlab muntazam ravishda reja asosida ‎

24.‎

Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish.‎

MTRK, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, XTV, OO‘MTV, Kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. Amalga oshirilayotgan ishlarni televideniye, radio va matbuot orqali keng yoritish.
‎2. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning o‘z tarmoq gazeta va jurnallarida va maxsus veb-saytlari orqali yoritish.
‎3. Hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida namunaviy va ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish va ularning monitoringini yuritish. ‎

2012-yil iyundan boshlab muntazam ravishda ‎

25.‎

“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi bajarilishi bo‘yicha axborot tayyorlash va keyingi yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. ‎

XTV, OO‘MTV, O‘MKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ‎

1. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarni samaradorligini o‘rganish, tanqidiy tahlil qilish hamda ularni kelgusida yanada samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
‎2. 2013-yilga mo‘ljallangan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish. ‎

2013-yil 25-yanvarga qadar





‎2013-yil 1-fevralga qadar ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: belgilangan tadbirlar ijrosi bilan bog‘liq xarajatlar mas’ul ijrochi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 273-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/327/1173-son)