Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Angren logistika markazi” YAJning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
“Angren logistika markazi” YAJning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va “Angren logistika markazi” YAJning Angren shahri hokimligi balansidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKga davlat ulushi sifatida, kompaniyaning ustav fondi miqdorini tegishli ravishda oshirgan holda, belgilangan tartibda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berish:
“Angren logistika markazi” YAJ hududidagi “E” konteyner maydonchasiga yaqin 43-sonli korpus va soyabonli ikkita avtomobil toʻxtash joyi;
“E” konteyner maydonidan asosiy temir yoʻl chizigʻigacha boʻlgan 270 metr uzunlikdagi temir yoʻl tarmogʻi.
Belgilansinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK mulkiga oʻtkazilgan obyektlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK ulushini oshirish hisobiga “Angren logistika markazi” YAJ ustav fondiga oʻtkaziladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va “Angren logistika markazi” YAJ uch oy muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va “Angren logistika markazi” YAJning ustav fondlarini oshirish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. “Angren logistika markazi” YAJ mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan qabul qilinayotgan obyektlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-may,
157-son