Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YaDRO POLIGONLARIDA VA BOShQA RADIATSIYA-YaDRO OBYEKTLARIDA XIZMATNI OʻTAGAN, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA YaShAYDIGAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatiga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-iyun,
159-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 253-modda)