28.05.2012 yildagi PQ-1761-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MALAKALI PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH HAMDA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARINI SHUNDAY KADRLAR BILAN TA’MINLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA OID CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib o‘tilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 1537 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida 214 ta talab etilayotgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha 115,8 ming nafar pedagog xodimlar kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqdalar, ularning 90,6 foizi oliy ma’lumotga ega, o‘qituvchi kadrlarning 70 foizdan ko‘prog‘i 40 yoshgacha bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga maxsus komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarini tanlash tizimida, avvalambor, ularning malakasi yetarli emasligi hamda qo‘yilayotgan talablarga muvofiq emasligi bilan bog‘liq jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlarini o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan ta’minlash ko‘p jihatdan ularning tegishli bazaviy tayyorgarligini, pedagogik va amaliy ish tajribasi mavjudligini hisobga olmasdan rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinmagan, mashg‘ulotlar asosan an’anaviy maktab ta’limi uslublariga tayangan holda o‘tkazilmoqda. Zamonaviy ilg‘or pedagogik va yangi kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet ta’lim jarayoniga sust joriy etilmoqda. Kasb-hunar kollejlarini xorijiy tillardan dars beruvchi malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan ta’minlash tizimini tubdan yaxshilash, o‘sib borayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maxsus komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin, ularni kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlar bilan ta’minlashga, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rilgan chora-tadbirlarning natijalari to‘g‘risida 1-sentabrga qadar va 2012-yil yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning direktorlari ikki yilda bir marta, o‘qituvchi kadrlar esa, har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkazilishlari kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda, ikki oy muddatda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va o‘zgartirishlar kiritsin. Bunda o‘qituvchilar tarkibining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishligi majburiy ekanligiga alohida e’tibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalari (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el tajribasini inobatga olgan holda, uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yangi o‘quv rejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularda an’anaviy maktab ta’limi uslublaridan voz kechib, amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha soatlar ko‘paytirilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va uning hududiy tuzilmalarining rahbarlari mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tarmoq (bazaviy) kasb-hunar kollejlari huzurida o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash asosida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni egallashlari bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan seminarlarni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu seminarlarni o‘tkazish uchun mazkur texnologiyalarni egallagan mutaxassislarni shtat asosida taklif qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vazirlik va markazning mansabdor shaxslari, oliy o‘quv yurtlarining yetakchi o‘qituvchilari ichidan ushbu seminarlarni o‘tkazish uchun mas’ul shaxslarni biriktirib qo‘ysin, seminar ishini muntazam nazorat qilib borsin, zarur o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun o‘qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi va sifati ustidan qattiq tizimli nazorat o‘rnatsin, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir qatorda, ularning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni egallashlariga, pedagogik amaliyotni kollejlar va litseylarda majburiy ravishda o‘tishlariga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2012-yil 1-sentabrdan boshlab kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnat haqi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalarini, malaka toifalariga qarab, kasb-hunar kollejlari tegishli malaka toifalaridagi o‘qituvchilarining mehnat haqi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi mavjud Nizomga hamda kasb-hunar kolleji, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnat haqi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda, ikki oy muddatda, kasb-hunar kollejlarini o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun sarflanadigan materiallar hamda zarur xom ashyo bilan ta’minlash me’yorlari va mexanizmini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti zimmasiga kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yagona me’yoriy-uslubiy bazani ishlab chiqish hamda o‘quv jarayonini tashkil qilish yuzasidan bosh muassasa vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash to‘g‘risidagi Nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Institutining yangilangan tuzilmasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2012-yilgi Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Institutini kerakli mebel, zamonaviy o‘quv uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlagan holda uning 450 o‘rinli o‘quv binosini va 150 o‘rinli yotoqxonasini mukammal ta’mirlash uchun budjetdan yetarli mablag‘lar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-son farmoyishi 2-bandining ikkinchi xatboshi va uning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1761-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 22-son, 241-modda; 2013-y., 23-son, 300-modda, 47-son, 616-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda, 37-son, 981-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)