21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2367
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi , 21.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2367
Kuchga kirish sanasi
31.05.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISHDA DYHXX ORGANLARI TOMONIDAN NOSOZ DEB TOPILGAN, SHUNINGDEK BELGILANGAN MUDDATLARDA TEXNIK KO‘RIKDAN O‘TMAGAN YOKI TEGISHLI RUXSATNOMASIZ QAYTA JIHOZLANGAN TRANSPORT VOSITALARINING DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH RAQAMI BELGILARINI YECHIB OLISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2367 ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y. , 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va 2012-yil 24-fevraldagi 49-son “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y. , 11-son, 115-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 4-apreldagi 53-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-iyundagi 145-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2367-1, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik nosoz transport vositasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-iyundagi 145-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2367-1, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasi — mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan qayta jihozlanishlar bilan transport vositasini qayd etish guvohnomasida aks ettirilmasdan qayta jihozlangan transport vositasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-iyundagi 145-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2367-1, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari (bundan buyon matnda transport vositalari deb yuritiladi) uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari DYHXX organlari tomonidan yechib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish jarayonida to‘xtatilgan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari faqat ushbu transport vositalari ruxsatnomasiz qayta jihozlanganligi yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi holatlarida yechib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik nosoz transport vositasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3 yoki 4-ilovalariga muvofiq ikki nusxada texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-iyundagi 145-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2367-1, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlanish jarayonida to‘xtatilib ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan deb topilgan transport vositasi bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan dalolatnomalar (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi), ularni aniq tuzish vaqti ko‘rsatilgan holda (sanasi va soati), DYHXX organi xodimi hamda transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan imzolanadi, bir nusxasi transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) aniqlangan texnik nosozlikni va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlarni bartaraf etish yoki o‘rnatilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun beriladi xamda transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olinadi. Ikkinchi nusxasi transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari bilan DYHXX organi xodimida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Texnik nosoz yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan ushbu kamchiliklar joyida bartaraf etilishi mumkin. Bunda transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. DYHXX organi xodimi tomonidan harakatlanishda to‘xtatilgan va ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilgan transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan transport vositasini ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilishiga e’tirozi bo‘lgan taqdirda, ushbu transport vositasi tegishli texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib boriladi hamda DYHXX organi xodimi va transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) ishtirokida o‘rnatilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ushbu transport vositasi ruxsatnomasiz qayta jihozlangan deb topilsa va aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmasa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnik nosoz, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga), mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari bundan mustasno, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish joyigacha dalolatnomaning tuzilgan vaqtidan boshlab 24 soat mobaynida dalolatnomaga asosan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari yechib olingan quyidagi transport vositalarining harakatlanishi qat’iyan man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tormoz tizimi yoki rul boshqaruvi texnik talablarga javob bermaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomasiz gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorong‘i vaqtda yoki yetarlicha ko‘rinmaslik sharoitida faralar va orqa gabarit chiroqlari yonmaydigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagichi ishlamaydigan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari qattiq shatakda yoki evakuator yordamida texnika xizmati ko‘rsatish stansiyasiga (ustaxonaga) yoxud yuridik shaxslarning transport vositalarini saqlash joylariga (bundan buyon matnda saqlash joylari deb yuritiladi) texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun olib boriladi. Bunda, rul boshqaruvi yoki orqa gabarit chiroqlari yonmaydigan transport vositalari ularni bartaraf etish joylariga faqatgina evakuator yordamida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vositasini texnika xizmati ko‘rsatish stansiyasiga (ustaxonaga) yoki saqlash joyiga olib borish uchun qilingan xarajatlar transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalariga (ustaxonalarga) olib kelingan transport vositasidagi texnik nosozlik yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar ushbu texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalari (ustaxonalar) tomonidan bartaraf etilganda, ular tomonidan transport vositasi haydovchisiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq transport vositasida aniqlangan texnik nosozlik yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ma’lumotnoma dalolatnoma bilan birga transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini qaytarib olish uchun tegishli DYHXX organlarigacha yoki saqlash joyigacha transport vositasini mazkur ma’lumotnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik nosozliklar yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar mustaqil ravishda bartaraf etilganda va dalolatnomaning tuzilganidan 24 soatdan ortiq vaqt o‘tgan taqdirda, haydovchining (mulkdorning, mulkdor vakilining) murojaatiga ko‘ra DYHXX organlari tomonidan transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarisiz DYHXX organlarigacha boshqarib borish uchun dalolatnomaning muddati faqat bir marta 24 soatgacha bo‘lgan muddatga uzaytiriladi. Dalolatnomani uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar dalolatnomaning orqa tarafiga DYHXX organining xodimi tomonidan imzo va muhr bilan tasdiqlangan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Dalolatnomaning orqa tarafiga texnika xizmati ko‘rsatish stansiyasining (ustaxonaning) nomi va boshqa rekvizitlari, ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi va soati) qayd etilib, ma’lumotnomani bergan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Transport vositalarining yechib olingan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari, tuzilgan dalolatnoma bilan birga kamchiliklar aniqlangan hududdagi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining texnika nazorati bo‘limi (bo‘linma)lari, diagnostika stansiyalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘lim (bo‘linma, guruh)lariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining texnika nazorati bo‘limi (bo‘linma)lari, diagnostika stansiyalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlarining avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish me’yor va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘lim (bo‘linma, guruh)lari tomonidan o‘z navbatida 24 soat mobaynida transport vositalarining yechib olingan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari tuzilgan dalolatnomaga ilova qilingan holda transport vositasining doimiy ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha DYHXX organlariga yuboriladi. Agar transport vositasi boshqa hududda vaqtinchalik ro‘yxatga olingan bo‘lsa haydovchining xohishiga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari va dalolatnoma transport vositasining vaqtinchalik ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha DYHXX organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Boshqa hududlardan kelgan transport vositalari haydovchilari aniqlangan ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlarni ular aniqlangan hududda bartaraf etishlari mumkin. Bunda, yechib olingan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha DYHXX organlariga yuborilmaydi. Haydovchiga (mulkdorga, mulkdorning vakiliga) DYHXX organlari xodimlari tomonidan bunday imkoniyat borligi haqida tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yechib olingan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha DYHXX organlariga yuborilmasligi uchun haydovchi dalolatnomaga imzo chekish vaqtida bu haqda tegishli ma’lumot kiritadi. Bunda, DYHXX organi xodimi yechib olingan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari qaytarib olinadigan DYHXX organini dalolatnomada ko‘rsatib o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar 20 kungacha bo‘lgan muddatda bartaraf etilganda, transport vositasining faqat oldin aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlari bartaraf etilganligi tekshiriladi. 20 kundan ortiq bo‘lgan muddatda bartaraf etilgan taqdirda transport vositasining texnik holatini tekshirish to‘liq hajmda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Aniqlangan texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlari bartaraf etilgan hamda o‘rnatilgan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari transport vositasining haydovchisiga (mulkdor, mulkdorning vakili) transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joyidagi yoxud mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq dalolatnomada ko‘rsatilgan DYHXX organlari tomonidan qaytariladi, bu haqda dalolatnomaga belgi qo‘yiladi hamda transport vositasining haydovchisi (mulkdor, mulkdorning vakili) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan transport vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha turdagi transport vositalarini qayd etish guvohnomalarida ko‘rsatilganidan boshqa turga qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Furgon, bortli, tentli va o‘ziag‘darar turidagi yuk avtomobillari shassisiga sisternalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Furgon, sisternali, tentli va o‘ziag‘darar turidagi yuk avtomobillari shassisiga bortli kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Furgon, sisternali, tentli va bortli turidagi yuk avtomobillari shassisiga o‘ziag‘darar kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sisternali, bortli, tentli va o‘ziag‘darar turidagi yuk avtomobillari shassisiga furgon kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sisternali, bortli, furgon va o‘ziag‘darar turidagi yuk avtomobillari shassisiga tentli kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bortli, o‘ziag‘darar, tentli, furgon va sisternali turidagi yuk avtomobillari shatakka oluvchi transport vositalari turiga qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shatakka oluvchi transport vositalari bortli, o‘ziag‘darar, furgon, tentli va sisternali transport vositalari turiga qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tirkamalarga sisterna, furgon yoki yechilmaydigan (tushirilmaydigan) maxsus moslamalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yuk avtomobillariga o‘zi yuk ko‘taruvchi bortlar, changaklar va gidrokranlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bortli yuk avtomobillari va ikki o‘qli bortli tirkamalarning borti o‘rniga yon tirgaklar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yuk, yengil transport vositalari yoki avtobuslarga olinmaydigan maxsus moslamalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yuk avtomobillari shassisiga ustaxona, mebel, oziq-ovqatlar, sanoat mollari va boshqa yuklarni tashish uchun furgon-kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuk avtomobillari shassisiga odam tashish mo‘ljallangan furgon-kuzovlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yuk avtomobillari, yarimtirkama va tirkamalar konteyner tashuvchi turiga o‘tkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yuk avtomobillari, tirkama va yarimtirkamalar kuzovlarining o‘lchamlari (balandligi, uzunligi, eni) o‘zgartirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Avtobus va mikroavtobuslarning o‘rindiqlari olib tashlangan yoki ortiqcha o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Avtobus va mikroavtobuslar yuk yoki yuk-yo‘lovchi turiga qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Furgon turidagi transport vositalari yo‘lovchi tashish turiga qayta jihozlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Konstruksiyasida ko‘zda tutilmagan nostandart yukxona o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yuk avtomobillarining shassisi (ramasi) payvandlash (svarka) yo‘li bilan uzaytirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transport vositalarining dvigatellari va kabinalari almashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Transport vositalariga boshqa rusumdagi transport vositalarining oldi yoki orqa ko‘priklar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yuk avtomobillariga qo‘shimcha yonilg‘i idishi o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yuk avtomobillari, avtobuslar va mikroavtobuslarga o‘lchamlari yoki unga cheklangan og‘irlik ushbu transport vositasining turiga mos kelmaydigan shinalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi o‘qiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa o‘qiga esa ikkinchi marta (2-darajali) ta’mirlash yo‘li bilan tiklangan shinalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yengil avtomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi o‘qiga ikkinchi marta (2-darajali) ta’mirlash yo‘li bilan tiklangan shinalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tormoz tizimining tuzilishi o‘zgartirilgan, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan yoki boshqa qismlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. To‘xtab turish tormozining qulflovchi moslamasi olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida ko‘zda tutilmagan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmaydigan tashqi yoritqichlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oyna tozalagichlari olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Transport vositasining bitta o‘qiga diagonal va radial, shuningdek har xil naqshli shinalar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash trubalari (glushitel) olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yurgizgich tuzilishiga o‘zgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yonilg‘ida ishlatish uchun qo‘shimcha moslama va jihozlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Transport vositasining tuzilishida ko‘zda tutilgan orqa tomonni ko‘rsatuvchi ko‘zgu olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tovush moslamasi (signal) olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari mahkamlab tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Spidometrlari olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tarkibida ko‘zda tutilgan, o‘zi yurib ketganda xavfsizlikni ta’minlovchi orqa bufer, loy to‘sgich va sachratmagichlar bo‘lmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Boshqa turdagi yoki qo‘shimcha ressorlar o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Shatak tirkama bo‘g‘imi ehtiyot zanjirlar (po‘lat arqon) bilan jihozlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. To‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida va to‘la vazni 5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq) bilan jihozlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mototsikllarda ko‘zda tutilgan oyoq tiragich, egarida yo‘lovchi uchun ko‘ndalang tutqich olib tashlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsatnomasiz qayta jihozlangan yoki belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DALOLATNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎Tuzilgan sana: 20__ yil “___” ____________ vaqti _______:_______ ‎‎________________

‎‎(soati, daqiqasi)

‎‎(hudud)

Ushbu dalolatnoma______________________________________________________________
________________________________________________________ tomonidan tuzildi.

‎‎(DYHXX organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni, F. I. O. )

‎‎1. Transport vositasining markasi,

‎‎6. Shassi (rama) raqami __________________

‎modeli __________________________ ‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎2. Turi _______________________

‎‎7. Dvigatel raqami _____________________

‎‎ ‎‎_________________________________
‎‎3. Rangi ______________________ ‎‎8. Kuzovning raqami_____________________
‎‎4. Ishlab chiqarilgan yili__________

‎‎9. Transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi va raqami

‎‎ ‎‎____________________
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami ‎‎10a*. Gaz yonilg‘isi turi__________________
‎‎belgisi _______________________ ‎‎_________________________________
‎‎_________________________

‎‎‎(suyultirilgan gaz, siqilgan gaz)

‎‎10b*. Gaz balloni ishlab chiqarilgan yil
‎__________
‎‎10v*. Gaz balloni raqami_________________
‎‎10g*. Gaz ballonidan foydalanish
‎muddati _______
‎‎10d*. Gaz balloni sinovdan o‘tkazilgan
‎sana _____________________
‎‎10e*. Gaz ballonini navbatdagi sinovdan o‘tkazish sanasi_______________________________
‎‎11. Transport vositasining tegishliligi____________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________

( yuridik shaxsning to‘liq nomi , jismoniy shaxsning F.I.O. )

‎12. Turgan joyi (yashash joyi)_____________________________________________________
‎‎13**. Quyidagilar aniqlandi:_____________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________
‎‎14. Xulosa ____________________________________________________________________

(aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha)

15. Yechib olingan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilari qaytarib olinadigan DYHXX organi _______________________________________________________________________

(DYHXX organining nomi, manzili)

‎‎
‎‎DYHXX organi xodimi __________________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O. )

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim ___________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O. , sana, vaqt)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 10-band, agar transport vositasi gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan bo‘lsa to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 13-bandda Texnik ko‘rikdan o‘tkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan qayta jihozlanishlar yoki belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan, ruxsatnomasiz qayta jihozlangan va belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Transport vositasida aniqlangan texnik nosozlik va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida

‎________-son M A ’ L U M O T N O M A

_________________________________________________________________________ da

(texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasining (ustaxona) nomi)‎

__________________________________________________________________ ga qarashli

‎‎(yuridik shaxsning to‘liq nomi , jismoniy shaxsning F.I.O. )

________________________ rusumli, _____________________ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
‎raqami belgili ___________________________ da aniqlangan _______________________

‎‎(transport vositasining turi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(texnik nosozliklar va ruxsatnomasiz qayta jihozlanishlar)

‎‎bartaraf etildi.
‎‎
Rahbar ______________________________________________________________________

‎‎(mas’ul shaxsning imzosi, F.I.O)

‎‎20 ___ yil“___”__________vaqti ___:___ M. O‘.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu ma’lumotnoma dalolatnoma bilan birga transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarini qaytarib olish uchun tegishli DYHXX organlarigacha yoki saqlash joyigacha transport vositasini mazkur ma’lumotnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgilarisiz boshqarib borishga asos bo‘ladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 238-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)