11.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2360
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 11.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2360
Kuchga kirish sanasi
21.05.2012
Hujjat 21.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi BOSH DIREKTORINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARXIV HUJJATLARI DAVLAT ARXIVLARIGA TOPSHIRILISHI LOZIM BOʻLGAN KORXONALAR, MUASSASALAR VA TASHKILOTLARNING ROʻYXATINI TUZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2360]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktorining 2012-yil 9-apreldagi 29-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish va yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Arxiv hujjatlari davlat arxiviga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga faqat yuridik shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxivining jamlash zonasi — davlat arxivi faoliyati tatbiq etiladigan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli fond tashkil etuvchi — faoliyatida hujjatli fond hosil boʻladigan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) — davlat arxivlari, hududiy arxiv ishi boshqarmalarida boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlar qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish va hujjatlarni arxivlarga saqlash uchun topshirishga tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni oʻtkazish hamda davlat arxivlarining jamlash manbai boʻlgan tashkilot, muassasa, korxonalarning Markaziy ekspert komissiyalari (MEK) va ekspert komissiyalari (EK) faoliyatiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish uchun tuziladigan doimiy faoliyat yurituvchi komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi (METK) — uslubiy va amaliy ishlarni olib borish uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlarining MEKlariga rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi) qoshida ish olib boradigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert-tekshirish uslubiy komissiyasi (ETUK) — hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazishning ilmiy-uslubiy va amaliy masalalarini koʻrib chiqish, shu jumladan boshqaruv (ish yuritish), ilmiy-texnika va boshqa maxsus hujjatlarni arxivda saqlashga topshirish uchun tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy ishlarni olib boruvchi, shuningdek tashkilotlarning EK va MEKlarining faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarishni amalga oshiruvchi markaziy davlat arxivlarida tuziladigan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalarini aniqlash mezonlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning tizimdagi ahamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori turuvchi tashkilot fondidagi reja-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlarining takroriylik darajasi va axborotning toʻliq aks ettirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari boʻlgan tashkilotlar “Oʻzarxiv” agentligi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarmalari, shuningdek ularga boʻysunuvchi davlat arxivlari tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblangan tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (bundan buyon matnda MAF deb yuritiladi) davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari oʻtgach belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatida MAF davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan hujjatlar yaratiladigan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari davlat mulki egaligida boʻlgan, mulkchilik shaklini oʻzgartirgunga qadar ular faoliyatida shakllanib, MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlari MAFning davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan, oʻz hujjatlarini shartnoma asosida davlat arxiviga doimiy saqlashga topshirgan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklini oʻzgartirgan MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini vaqtincha saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat arxivlarining jamlash manbalari tarkibi quyidagi ketma-ketlikda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan tashkilotlarni saralash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida statistika organlari har yili 20-dekabrgacha davlat arxivining jamlash zonasi miqyosidagi faoliyat koʻrsatayotgan va tugatilgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi statistik maʼlumotlar asosida shakllantirilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibini sifatli shakllantirishda tashkilot tomonidan bajariladigan vazifa va funksiyalarni tahlil qilish tashkilotga yuboriladigan davlat arxivlarining rasmiy soʻrovi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotning vazifa va funksiyalarini sifatli tahlil qilish uchun axborot hajmi yetarli boʻlmagan taqdirda, tashkilot rahbariyati bilan kelishilgan holda tashkilot faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning tarkibi, yigʻmajildlar nomenklaturasi va ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomalardan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tizimiga tegishli boʻlgan bir turdagi tashkilotlar aniqlanganda quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxivning jamlash zonasida joylashgan boshqaruv organi tizimidagi barcha tashkilotlar tarmogʻini va ularning boʻysunuvini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatida mavjud boʻlgan hamda MAFning davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari saqlovini amalga oshirayotgan tashkilotlardagi oʻzgarishlarni (mulkchilikning boshqa shakliga oʻtish, qayta tashkil etilish, tugatilish va boshqalar) aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Muayyan bir tashkilotning tizim tashkilotlari hujjatlari tarkibi va mazmunini tahlil qilish davlat arxivining jamlash zonasida joylashgan mazkur tashkilot tizimining yuqori turuvchi tashkilotidan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir turdagi bir nechta tashkilotdan bazaviy tashkilotlar sifatida davlat arxivining jamlash zonasidagi bir yoki bir nechtasi tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muayyan bir tashkilotni yoki alohida tashkilotlar guruhini davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritishni oʻrganish natijalari quyidagilar aks ettirilgan maʼlumotnomada rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tashkilot faoliyatida aks ettiriladigan mintaqaning (respublika, viloyat, tuman, shahar) iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga xos boʻlgan tomonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning tarmoq tizimi yoki ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot faoliyatining koʻlami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning asosiy funksiyalari aks ettirilgan hujjatlarning turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarini qabul qilish belgilangan bir tashkilot yoki alohida tashkilotlar guruhining davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritilishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat arxivlarida hujjatlarni jamlash uchun tashkilotlarning hujjatlari quyidagi turlar boʻyicha qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq qabul qilish — tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning butun jamlanmasi qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turi boʻyicha tanlanma qabul qilish — har bir tashkilotdan muayyan turdagi hujjatlarning alohida toifasi qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh boʻyicha tanlanma qabul qilish — muayyan turdagi alohida, maxsus tanlangan tashkilotlardan doimiy saqlanadigan hujjatlarning toʻliq jamlanmasi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toʻliq qabul qilishning jamlash manbalariga ilmiy-tarixiy va madaniy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan va doimiy saqlanadigan arxiv hujjatlariga ega tashkilotlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Turi boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga davlat arxiviga alohida hujjatlari kelib tushadigan va asosiy rejali-hisobot va axborot-tahliliy hujjatlari yuqori turuvchi yoki boshqa tashkilotlar fondlari tarkibida boʻlib, aynan shu davlat arxiviga kelib tushadigan tashkilotlar kiradi. Agar ushbu tashkilotlar yagona davlat arxivining jamlash zonasiga kirmasa, turi boʻyicha tanlanma qabul qilish toʻliq qabul qilishga almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Guruh boʻyicha tanlanma qabul qilishning jamlash manbalariga faoliyatida bir turdagi axborotni saqlovchi, tarkibi boʻyicha oʻxshash hujjatlar majmuasini paydo qilgan tashkilotlar kiradi. Bu holda bir turdagi tashkilotlar guruhidan tarixiy ahamiyati muhimroq boʻlgan, guruhdagi tashkilotlardan faoliyat miqyosi, joylashgan joyi yoki boshqa xususiyatlari bilan ajralib turuvchi tashkilotlar tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga soʻzsiz kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga tarmoqning muhim ishlab chiqarish — sanoat va ijtimoiy funksiyalarini bajaradigan tashkilotlar (mazkur hududning iqtisodiyotini belgilovchi zavodlar, fabrikalar, taʼlim muassasalari) kiradi, bundan MAFning hujjatlarini doimiy saqlovchi vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashkilot tarkibidagi tuzilmalarning (alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalar, direktorlar kengashi, vakillar yigʻilishi va h. k.) hujjatlari davlat arxivlariga ular faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot fondi tarkibida topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilotlarni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi masala tegishli ETK (ETUK)larda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ETK (ETUK)da tashkilotni jamlash manbaiga kiritish masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli davlat arxivi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli fond tashkil etuvchi tashkilot va arxiv fondining tarixi boʻyicha maʼlumotlar aks ettirilgan tarixiy maʼlumotnoma, tashkilot hujjatlarining tarkibi va mazmuni haqida qisqacha tavsifnoma va arxiv ilmiy-maʼlumotnoma apparati tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻmajildlar nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkilotni davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma 3 nusxada tuziladi: birinchi nusxa tashkilotning davlat arxivi tomonidan yuritiladigan kuzatuv yigʻmajildga joylashtiriladi, ikkinchi nusxa arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmaning ETK (Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy davlat arxivida — ETUK) ish yuritishida foydalanish uchun olib qoʻyiladi, uchinchi nusxa tashkilot rahbariga ETK (ETUK)ning tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi qaroridan koʻchirma bilan birgalikda yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. ETK (ETUK)ning maʼqullash toʻgʻrisidagi qarori mazkur tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish, rasmiylashtirish va yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini tuzish quyidagilarga muvofiq amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxivining jamlash zonasida tashkilotlar ixtisosligi va tarmoq tizimlarining faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir turdagi tashkilot, shuningdek u yoki bu turdagi muayyan tashkilotning faoliyati xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxiv muassasalari, mavjud davlat arxivlari tarmoqlarining yoʻlga qoʻyilgan ish amaliyoti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har bir arxivda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davlat arxivlarining jamlash manbalari boʻlgan barcha tarmoq tashkilotlarini qamrab olish maqsadida maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat tashkilotlari ham davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat arxivi tomonidan asosiy jamlash manbalari roʻyxati bilan bir qatorda davlat arxivini jamlash manbalarining qoʻshimcha va ehtimoliy roʻyxatlari ham tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat arxivlarini jamlash manbalarining qoʻshimcha roʻyxatiga arxiv hujjatlari shartnoma boʻyicha vaqtincha yoki depozitar saqlash uchun davlat arxiviga topshirilgan tashkilotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hujjatlari MAF tarkibiga kiritilishi mumkin boʻlgan, biroq bu boʻyicha hali bitimga erishilmagan tashkilotlar davlat arxivlarining jamlash manbalari ehtimoliy roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari loyihasi va tashkilotni davlat arxivining asosiy jamlash manbalari tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma uni asoslaydigan hujjat bilan birgalikda arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarmalarga ETKda koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlari ETUKda koʻrib chiqilib maʼqullangandan keyin, “Oʻzarxiv” agentligining METKsiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tegishli davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari tarkibi va hujjatlarni qabul qilish turi masalalari boʻyicha kelishmovchiliklar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida ovozga qoʻyish orqali koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Zarur hollarda munozarali masalalarni qoʻshimcha ravishda oʻrganib chiqish uchun ETK (METK) majlisida takroriy koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Munozarali masalalar tegishli ETK (METK) yigʻilishlarida hal etilmagan taqdirda, arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarma boshligʻi (“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori) yakuniy qarorni qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxati loyihasining kelishilishi toʻgʻrisidagi ETK (METK) qarori ETK (METK) majlisi bayonnomasida qayd etiladi va tasdiqlash uchun arxiv ishi boʻyicha tegishli hududiy boshqarma boshligʻiga (“Oʻzarxiv” agentligi bosh direktoriga) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatning oxirida, pastki chap burchagida “Arxiv ishi boshqaruv organining ETK (METK) bilan kelishilgan” degan shtamp qoʻyiladi va rahbar tomonidan tasdiqlanib, bayonnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Arxiv ishi boshqaruv organi ETK (METK)ning davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatini kelishish toʻgʻrisidagi qarori arxiv ishi boʻyicha hududiy boshqarma rahbari (Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida — direktori) tomonidan tasdiqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatlarini aniqlashtirish boʻyicha ishlar davlat arxivlari tomonidan muntazam, biroq yiliga kamida bir marta olib boriladi hamda davlat arxivlarining joriy ish rejalarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat arxivlarining tegishli xodimlari tashkilotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni (tashkilotlarning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi, davlat tashkilotlarining mulkchilikning nodavlat shakliga oʻtishi) muntazam kuzatib boradilar va arxivlarning asosiy jamlash manbalari roʻyxatlariga tegishli oʻzgartirish va aniqliklar kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ETK (METK) tomonidan davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritiladigan oʻzgartirish va aniqliklar ushbu roʻyxatni tuzish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati har yili yanvar oyida reja asosida hamda ushbu roʻyxatga tashkilotlar tarkibining jiddiy oʻzgarishiga olib keluvchi muhim oʻzgarishlar kiritilgan taqdirda qayta koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 5-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxivining asosiy jamlash manbalari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAKLI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________________________________________________________________‎‎
(davlat arxivining nomi)
T/r‎ Tashkilot indeksi** Tashkilot nomi

Mulkchilik shakli (davlat, nodavlat)

Hujjatlarni qabul
‎qilish shakli:
‎toʻliq — 1,
‎tanlanma:
‎‎turi boʻyicha — 2.1,
‎guruhi boʻyicha — 2.2

Qabul qilinayotgan hujjatning turi‎

Izohlar***
1.‎ 2. 3. 4. 5.‎ 6. 7.
1. Davlat organlari
1.1.‎
1.2.
2. Iqtisodiyot. Statistika
2.1.‎
2.2.
‎‎3. Sanoat
3.1.
3.2.
4. Qishloq, oʻrmon, suv xoʻjaligi
4.1.
4.2.
5. Qurilish. Arxitektura
5.1.
5.2.
‎‎6. Transport
6.1.
6.2.
7. Aloqa. Radiouzatish. Televideniye
7.1.
7.2.
8. Savdo. Umumiy ovqatlanish
8.1.
8.2.
9. Taʼminot. Tayyorlov. Sotish
9.1.
9.2.
‎‎10. Moliyalashtirish. Kreditlash. Davlat sugʻurtasi
10.1.‎
10.2.
‎‎11. Uy-joy kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish
11.1.
11.2.
12. Taʼlim. Kadrlar tayyorlash
12.1.
12.2.
13. Fan
13.1.
13.2.
14. Madaniyat. Sanʼat. Matbuot. Madaniy-ommaviy ishlar
14.1.
14.2.
15. Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya.
‎Sport. Ijtimoiy taʼminot
15.1.
15.2.
16. Adliya. Sud. Prokuratura
16.1.
16.2.
17. Jamoat tashkilotlari
17.1.
17.2.
18. Boshqa sohalar
18.1
18.2.
Roʻyxatdagi jami tashkilotlar Shu jumladan mulkchilik turi boʻyicha: davlat, nodavlat Shu jumladan qabul qilish shakllari boʻyicha: 1, 2.1, 2.2

01.01.20__ y. holatiga jami ‎‎

‎‎ETK kotibi imzosi‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Har bir arxivda tuziladigan asosiy jamlash manbalari roʻyxati quyidagilarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlimlar — davlat va jamoat faoliyati sohalari, iqtisodiyot tarmoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik boʻlinmalar — idoraviy tizimlar yoki iqtisodiyotning kichik tarmoqlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir darajadagi tashkilotlar guruhi ichida yoki har xil turdagi tashkilotlar ichida — ularning rasmiy nomiga muvofiq alfavit tartibida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** boʻlimning (yiriklashtirilgan tarmoq) tartib raqami va nuqta bilan ajratilgan boʻlim ichidagi tashkilotning tartib raqamidan tashkil topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** ETK qarorlariga kiritilgan oʻzgartirish va aniqliklar, tegishli bayonnomaning raqami va sanasi, nodavlat tashkilotlar uchun ular bilan shartnoma (bitim) imzolanganligi yoki imzolanmaganligi toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 214-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 29.08.2024-y., 10/24/2360-1/0669-son)