02.06.2011 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ENERGIYANI TEJAYDIGAN LAMPALAR ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH VA ULARDAN FOYDALANISHGA BOSQICHMA-BOSQICH OʻTISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan, energiya isteʼmoli pasayishini va mamlakatning energetika resurslarini tejashni taʼminlaydigan energiyani tejaydigan zamonaviy lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ular bilan ichki bozorni toʻldirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda energiyani tejaydigan zamonaviy lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va foydalanilayotgan choʻgʻlanish lampalarini almashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda energiyani tejaydigan lampalarni mahalliy ishlab chiqarish va ular bilan ichki bozorni toʻldirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 10-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan foydalanilayotgan energiyani koʻp sarflaydigan choʻgʻlanish lampalarini energiyani tejaydigan lampalarga almashtirish jadvallarini, ularda idoraviy mansub tashkilotlarning aniq roʻyxatini, yil choraklari boʻyicha almashtirishning miqdor parametrlarini, moliyalashtirish manbalarini va masʼul shaxslarni nazarda tutgan holda, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan jadvallardan kelib chiqib idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan, shu jumladan har yili oʻtkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasida va Kooperatsiya birjasida energiyani tejaydigan lampalarni sotib olishga shartnomalar tuzilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklar va idoralarga elektr energiyasidan foydalanish xarajatlarini tegishlicha pasaytirishni nazarda tutgan holda budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida energiyani tejaydigan lampalarni sotib olish va oʻrnatishga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2011-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga 2012-2013-yillar mobaynida Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida va boshqa yirik shaharlarda shahar koʻchalarini energiyani tejaydigan zamonaviy lampalardan foydalangan holda yoritishni modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga shaharlar va tumanlarda oʻz resursini ishlab boʻlgan energiyani tejaydigan lampalarni toʻplash va saqlash punktlari, shuningdek ularni utilizatsiya qiladigan korxonalar tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, tegishli loyiha institutlari yangidan tiklanadigan obyektlarga, shu jumladan “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga qishloq joylarda quriladigan namunaviy turar joylarga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda faqat energiyani tejaydigan lampalardan foydalanishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida energiyani tejaydigan lampalardan foydalanishning afzalligi toʻgʻrisidagi materiallar keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-iyundagi 161-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda energiyani tejaydigan zamonaviy lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va foydalanilayotgan choʻgʻlanish lampalarini almashtirish chora-tadbirlari dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tadbirlar‎

Amalga oshirish shakli‎

Amalga oshirish muddati‎

Masʼul bajaruvchilar‎

I. Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish‎‎

1.‎

“NEO Sun Light” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasida yillik quvvati 7 mln dona boʻlgan energiyani tejaydigan, spiralsimon, kompakt lyuminessent lampalar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish.*
‎3,4 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar hajmi korxonaning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.‎

Bir yilda 7 mln dona lampa ishlab chiqarishni tashkil etish‎ 2011-yil‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi‎
2.‎

“UzKor Lighting” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasida yillik quvvati 7 mln dona boʻlgan energiyani tejaydigan U-simon lyuminessent lampalar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish.*
‎Investitsiyalar hajmi 5,0 mln dollar miqdorida (“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi – 2 mln dollar va “Shinghwa Lighting Co.Ltd” kompaniyasi (Koreya) 3,0 mln dollar).‎

Bir yilda 7 mln dona lampa ishlab chiqarishni tashkil etish‎ 2011-yil‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi‎
3.‎

“CFM Pro Energies” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoʻshma korxonasida yillik quvvati 2,67 mln dona boʻlgan energiyani tejaydigan yorugʻlikdiod lampa ishlab chiqarishni tashkil etish.
‎5,0 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar hajmi (“Oʻzsanoatmashimpeks” AK – 2,0 mln dollar va “CFM Holding” kompaniyasi (Singapur) – 3,0 mln dollar).‎

Bir yilda 2,67 mln dona lampa ishlab chiqarishni tashkil etish‎ 2011-yil‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzsanoatmashimpeks” DAK‎
4.‎

Xorijiy kompaniyalar bilan yillik quvvati 12 mln dona boʻlgan energiyani tejaydigan yorugʻlikdiod va lyuminessent lampa ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish.‎

Bir yilda 12 mln dona lampa ishlab chiqarishni tashkil etish‎ 2012-2013-yillar‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar‎
5.‎

Energiyani tejaydigan lampalarga oid amaldagi normativ-texnik hujjatlarni inventarizatsiya qilish, ularni xalqaro talablarga, sanitariya normalari va qoidalariga uygʻunlashtirish.‎

Amaldagi normativ-texnik hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish‎ Bir oy muddatda‎ Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqaradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda “Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi‎

‎‎II. Foydalanilayotgan choʻgʻlanish lampalarini energiyani tejaydigan lampalarga almashtirishni tashkil etish

6.‎

Foydalanilayotgan energiyani koʻp sarflaydigan choʻgʻlanish lampalarini energiyani tejaydigan lampalarga almashtirish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslariga kiritish. ‎

Foydalanilayotgan energiyani koʻp sarflaydigan lampalarni energiyani tejaydigan lampalarga almashtirish jadvallari‎ Har yili 10-yanvargacha boʻlgan muddatda‎ Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
7.‎

Tashkilotlar, korxonalar, savdo-chakana korxonalari bilan energiyani tejaydigan lampalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida, shu jumladan Xalqaro Sanoat Yarmarkasida va Kooperatsiya birjasida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.‎

Shartnomalar tuzish‎ Doimo‎ Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi‎
8.‎

Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida va boshqa yirik shaharlarda shahar koʻchalarini energiyani tejaydigan zamonaviy lampalardan foydalangan holda yoritish tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.‎

Investitsiya loyihalari, Hukumat qarori‎ 2012-2013-yillar‎ Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va “OʻzshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
9.‎

Resursini tugatgan energiyani tejaydigan lampalarni aholidan va yuridik shaxslardan toʻplashni tashkil etish, keyinchalik ularni utilizatsiya qilish punktlariga topshirish boʻyicha Nizomni ishlab chiqish. ‎

Hukumat qarori‎ 2011-yil iyul‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar‎
10.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va tumanlarida, shuningdek Toshkent shahri tumanlarida oʻz resursini tugatgan energiyani tejaydigan lampalarni toʻplash va saqlash punktlari, shuningdek ularni utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish.‎

Hukumat qarori‎ 2011-yil‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
11.‎

Import qilinadigan energiyani koʻp sarflaydigan choʻgʻlanish lampalariga, energiyani tejaydigan lampalarga, shuningdek ularni ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarga boj toʻlovlari stavkalarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish.‎

Hukumat qarori‎ Har yili, IV chorak‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, ishlab chiqaruvchi korxonalar‎
12.‎

Foydalaniladigan energiyani tejaydigan lampalarning energiya samaradorligiga tegishli talablarni belgilash va mavjud normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish hamda energiyani tejaydigan lampalardan foydalanish tadbirlari va prognoz parametrlari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish.‎

Amaldagi normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish, monitoring‎ Bir oy muddatda Doimo‎ Manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi‎
13.‎

Energiyani tejaydigan lampalardan foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisidagi materiallarni, shuningdek ularni utilizatsiya qilishni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.‎

Mavzuli eshittirish va koʻrsatuvlar, ijtimoiy roliklar, maqolalar va shu boshqalar‎

Doimo‎ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* loyihalarning birinchi bosqichlari 2010-yilning ikkinchi yarim yilligida foydalanishga topshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-iyundagi 161-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 — 2015-yillarda energiyani tejaydigan lampalarni mahalliy ishlab chiqarish va ular bilan ichki bozorni toʻldirishning maqsadli parametrlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Koʻrsatkichlar nomi‎

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning nomi‎

Oʻlchov birligi‎

2011-yil‎

2012-yil‎

2013-yil‎

2014-yil‎

2015-yil‎

1.‎ Ishlab chiqarish, hammasi‎ ‎ mln dona‎ 6,3‎ 18,0‎ 28,0‎ 28,67‎ 28,67‎
‎ shu jumladan:‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
1.1.‎ “NEO SUN LIGHT” MCHJ QK‎ Energiyani tejaydigan spiralsimon kompakt lyuminessent lampalar‎ mln dona‎ 3,0‎ 7,0‎ 7,0‎ 7,0‎ 7,0‎
1.2.‎ “UzKor Lighting” MCHJ QOʻSHMA KORXONASI‎ Energiyani tejaydigan U-simon lyuminessent lampalar‎ mln dona‎ 3,0‎ 6,0‎ 7,0‎ 7,0‎ 7,0‎
1.3.‎ “CFM Pro Energies” MCHJ QOʻSHMA KORXONASI‎ Energiyani tejaydigan yorugʻlikdiod lampalar‎ mln dona‎ 0,3‎ 2,0‎ 2,0‎ 2,7‎ 2,7‎
1.4‎. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining yangidan tashkil etiladigan korxonalari, hammasi‎ Energiyani tejaydigan lyuminessent va yorugʻlikdiod lampalar‎ mln dona‎ —‎ 3,0‎ 12,0‎ 12,0‎ 12,0‎
‎ shu jumladan:‎ ‎ mln dona‎‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
1.4.1‎. Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqaradigan yangidan tashkil etiladigan korxona‎ Energiyani tejaydigan lyuminessent lampalar‎ mln dona‎‎ —‎ 2,0‎ 8,0‎ 8,0‎ 8,0‎
1.4.2.‎ Yorugʻlikdiod lampalar ishlab chiqaradigan yangidan tashkil etiladigan korxona‎ Energiyani tejaydigan yorugʻlikdiod lampalar‎ mln dona‎‎ —‎ 1,0‎ 4,0‎ 4,0‎ 4,0‎
2.‎ Ichki bozorning ehtiyoji‎ ‎ mln dona‎‎‎ 10,94‎ 22,49‎ 26,71‎ 27,3‎ 27,3‎
3.‎ Ichki bozor ehtiyojining taʼminlanganligi‎ ‎ %‎ 57,6‎ 80,0‎ 104,8‎ 105,1‎ 105,1‎
4.‎ Eksport‎ ‎ mln dona‎‎‎ —‎ —‎ 1,29‎ 1,39‎ 1,39‎
5.‎ Foydalanilayotgan energiyani koʻp sarflaydigan choʻgʻlanish lampalarini almashtirish darajasi‎ ‎ %‎ 12,5‎ 37,5‎ 65,3‎ 86,3‎ 100,0‎