Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014 30.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 30.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905-2
Kuchga kirish sanasi
10.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1905-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905, 2009-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkitali raqamlarni ishlatish (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu hujjatlarga takroriy havola qilinayotganda ularning rasmiy manbalari koʻrsatilishi shart emas”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“28. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatda qonun hujjatlarida mavjud boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusdagi hujjatga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi (standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnik qoida va normalar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlari majmuiga yoki oʻrnatilgan tartibga havola qilingan holda, yuridik xizmat maʼlumotnomasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshining oxirgi jumlasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻzaki nutq shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbek tilidagi matnning 33-bandidagi “bir yoki bir nechta” degan soʻzlar “ikki yoki undan ortiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 34-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bir vaqtning oʻzida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi boʻyicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ular roʻyxat raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi mazmundagi 381 — 387-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“381. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 382-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
382. Agar tegishli qoʻshimchalar tuzilmaviy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob yoki band) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band boʻlib hisoblansa, normativ-huquqiy hujjat 51-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi va hokazo).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
383. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
384. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnida, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, “va yoʻriqnomalar” degan soʻzlar “, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; “suv bilan taʼminlovchi korxonalar — ” degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385. Normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi har biri kirish xatboshisining davomi boʻlgan xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(toʻrtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
386. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi (masalan, 2-bandning “a” kichik bandida: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387. Asosiy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotganda, ushbu hujjatga oʻzgartirish kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi kerak”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old koʻmakchilar, bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 60-band quyidagi mazmundagi 60 va 601-bandlar bilan almashtirilsin
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) normativ-huquqiy hujjat shaklining belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativ-huquqiy hujjat nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) normativ-huquqiy hujjatning raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
601. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan normativ-huquqiy hujjati yagona sanaga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda rekvizit sifatida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlganida, taʼtil yoki boshqa sabab tufayli boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 61-band quyidagi mazmundagi 61 va 611-bandlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritadigan alohida jurnalga normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shakli va nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qilingan sanasi va joy nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaning nomi, shu jumladan masʼul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismining bosh harflari va lavozimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
611. Normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish uchun yuritiladigan jurnaldagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar hisobini olib borish jurnali tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib bogʻlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnaldagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar yozuvlarni Jurnalga kiritishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilsa, notoʻgʻri kiritilgan yozuv toʻliqligicha oʻchirilib, maʼlumotlar qaytadan kiritiladi. Jurnalga kiritilayotgan jiddiy boʻlmagan tuzatishlar, oʻzgartish va qoʻshimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 68-band quyidagi mazmundagi 68 va 681-bandlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“68. Adliya vazirligida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, koʻrsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) idoralararo tusga ega boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlagan vazirlik yoki idora (qoʻshma tasdiqlagan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning toʻliq boʻysunuvida boʻlsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Boʻysunuv toʻgʻridan toʻgʻri (mazkur tizimning barcha yuqori boʻgʻinlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) boʻlishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik va idoralarga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablagʻ bilan taʼminlash, uslubiy rahbarlik masalalari boʻyicha va hokazo) boʻysunuvda boʻlsalar, ularning nazorati ostida boʻlsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
681. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (maʼlum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek ularning normativ-huquqiy koʻrsatmalari qanday xususiyatda boʻlishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 77-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi mazmundagi 911 va 912-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“911. Normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qoidalari ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
912. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan holda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) ham tatbiq etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 94-band quyidagi mazmundagi 94 va 941-bandlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“94. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi quyidagi hollarda Adliya vazirligi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan muddatlarda barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish taʼminlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
941. Mazkur Qoidalarning 94-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan hollarda Adliya vazirligi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tegishli qismining amal qilishini toʻxtatib turishga haqlidir”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 205-modda)