Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025 11.04.2012 yildagi 106-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HOSILDORLIGI PAST BO‘LGAN YERLARDA DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN PAXTA XOM ASHYOSI YETISHTIRUVCHI QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 5-noyabrdagi PQ-725-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ hamda uning hududiy bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hujjatlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi yetishtiriladigan haqiqiy yer maydonlari bo‘yicha — tuman, qishloq xo‘jaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlariga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta ekin maydonlarining bonitet bali bo‘yicha — tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbarlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun topshirilgan paxta xom ashyosi hajmlari to‘g‘risida — “O‘zpaxtasanoat” AJning paxta tozalash korxonalari rahbarlariga;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy yordam summasini aniqlashga doir hisob-kitoblar bo‘yicha — tumanlarning moliya bo‘limi hamda qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbarlariga yuklansin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larining to‘g‘ri hisoblanishi va foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror bilan tasdiqlangan hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi asosiy qoidalarining barcha bosqichlarda amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin va yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-apreldagi 106-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosi kam olingan hosilining bir qismi qiymatini qoplash yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini (keyingi o‘rinlarda xo‘jaliklar deb yuritiladi) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xo‘jalik yer uchastkasining muayyan konturlari doirasida tuproqning mexanik tarkibi, undagi gumus miqdori, sho‘rlanganlik, toshloqlik, zichlik, gipslilik darajasi, yer ostidagi tosh va sizob suvlarning joylashish sathi va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda, 100 balli shkala bo‘yicha aniqlanadigan bonitet bali yerlarning hosildorligini aniqlash mezoni hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuproq boniteti bali “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi bo‘linmalari tomonidan, qishloq xo‘jaligi ekinlari kadastr hosildorligini aniqlash uchun asos bo‘ladigan tuproq tadqiqotlari natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. G‘o‘zaning kadastr hosildorligi tuproqning bir bonitet baliga 0,4 ga/s paxta xom ashyosi hisobidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xo‘jaliklarning davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirilayotgan, o‘rtacha bonitet bali 60 dan past bo‘lgan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash obyektlari hisoblangan yerlari hosildorligi past bo‘lgan yerlar deb hisoblanadi. Mazkur Nizomni qo‘llashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jaliklarning o‘rtacha bonitet bali 60 hamda normativ hosildorligi 24 ga/s (60 x 0,4) va undan yuqori bo‘lgan yerlari paxta xom ashyosi yetishtirishda sarflangan moddiy va mehnat xarajatlari qoplanishini ta’minlaydigan maydonlar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblarda bonitet bali ko‘rsatkichi 40 va hosildorligi gektaridan 16 sentner bo‘lgan yerlar hosildorlikning past darajasi etib qabul qilinadi. Hosildorligi gektaridan 16 sentnerdan past bo‘lgan va tuproq bonitirovkasi bo‘yicha ishlar bajarilmagan yerlarning bonitet bali ko‘rsatkichlari bonitet bali 40 bo‘lgan yerlarga tenglashtiriladi. Barcha konturlarning umumiy bonitet ballari yig‘indisi g‘o‘za maydoniga bo‘linadi va 1 gektar uchun o‘rtacha hisoblangan bonitet bali chiqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning o‘rtacha bonitet bali — ballarda, 1 gektar maydondagi kadastr va normativ hosildorlik o‘rtasidagi tafovut — sentnerda, barcha maydondan olingan hosil esa yuzdan birigacha (0,01) aniqlikda — tonnada, moliyaviy yordam summasi esa — ming so‘mning o‘ndan birigacha (0,1) aniqlikda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir xo‘jalik bo‘yicha hosildorligi past yerlardagi haqiqiy g‘o‘za maydoni tuman hokimi (komissiya raisi) hamda tuman qishloq xo‘jaligi, statistika, yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat tarkibdagi komissiya qarori bilan, ekish tugagandan so‘ng 20 kun mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qaror qabul qilingandan so‘ng 3 kun mobaynida tuman moliya bo‘limiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuman komissiyasining hosildorligi past yerlarda ekilgan g‘o‘za maydonlari to‘g‘risidagi xulosasini, manfaatdor xo‘jaliklarga esa — xulosadan ko‘chirmani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman komissiyasi tomonidan g‘o‘za ekilgan maydonlar hosildorligi past yerlar deb qabul qilingan xo‘jalik rahbari (boshqaruvchisi), komissiya xulosasidan ko‘chirma olgandan so‘ng 10 kun mobaynida tuman moliya bo‘limiga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash olish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha xo‘jalikni hosildorligi past bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar ro‘yxatiga kiritish haqida ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman moliya bo‘limi tuman komissiyasi xulosasida yerlarning o‘rtacha bonitet bali to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi va har bir xo‘jalik bo‘yicha tumanning hosildorligi past yerlarida kam olinadigan paxta xom ashyosi hajmini mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqadi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bonitet balini 0,4 koeffitsiyentga ko‘paytirib g‘o‘zaning kadastr hosildorligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ (24 ga/s) va kadastr hosildorlik o‘rtasidagi tafovutni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr hosildorlik va 24 ga/s hosildorlik o‘rtasidagi tafovutni ekin maydoniga ko‘paytirgan holda xo‘jalik tomonidan kam olinadigan hosilning hisoblangan miqdorini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman moliya bo‘limi tomonidan hosildorligi past bo‘lgan yerlarda kam olinadigan hosil miqdori hisob-kitoblari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha kalendar yilning 15-iyunidan kechikmay viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etiladi, u olingan hisob-kitoblarni umumlashtirib ularni kalendar yilning 15-iyulidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan kelib chiqqan holda, hosildorligi past bo‘lgan yerlarda kam olinadigan bir tonna paxta xom ashyosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisoblangan summani aniqlaydi hamda kalendar yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatda uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyatlarning moliya boshqarmalariga yetkazadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Paxta xom ashyosi hosili yig‘ib olinib, davlat ehtiyojlari uchun topshirilgandan so‘ng, lekin kalendar yilning 15-noyabridan kechikmay, tuman moliya bo‘limiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqqoslama dalolatnomalar asosida tuzilgan, paxta tozalash korxonasi va xo‘jaliklar o‘rtasida rasmiylashtirilgan, davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq sotilgan paxta xom ashyosi miqdori to‘g‘risidagi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha paxta tozalash korxonasining ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimligi komissiyasining hosildorligi past bo‘lgan yerlarda haqiqatan hosili yig‘ib olingan paxta maydoni to‘g‘risidagi xulosasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tuman moliya bo‘limi tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan birgalikda, hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini olingan ma’lumotlar asosida, mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisoblab chiqadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar haqiqiy kadastr hosildorlik olinishini ta’minlagan xo‘jaliklar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy kadastr hosildorlik bo‘yicha aniqlab hisoblab chiqilgan mahsulot hajmini davlatga sotishni ta’minlamagan xo‘jaliklarga (tegishli organlar xulosalari asosida qabul qilingan hokimlik komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan tabiiy ofatlar yoki boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch vaziyatlari (fors-major) natijasida ekinlarning shikastlanganligi holatlari bundan mustasno) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosildorligi past bo‘lgan yerlarda kadastr hosildorlikdan yuqori hosil olishni ta’minlagan xo‘jaliklarni rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi kadastr hosildorlik bo‘yicha hisoblanadi. Kadastr hosildorlikdan yuqori olingan hosil uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi qisqartirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosini davlat ehtiyojlari uchun hamda boshqa qayta ishlash korxonalariga (“SASK” QK, “Mirishkor” va boshqalarga) sotgan xo‘jaliklarga belgilangan tartibda hisoblangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasidan davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta hajmiga mutanosib summa to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishgan holda tuman moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan yig‘ma hisob-kitoblar tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi va kalendar yilning 20-noyabridan kechikmay viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi) tumanlar moliya bo‘limlari tomonidan tayyorlangan axborotlar hamda hisob-kitoblarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirib, ularni mintaqa bo‘yicha umumlashtiradilar hamda viloyat hokimi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) tomonidan tasdiqlangan viloyatning hosildorligi past bo‘lgan yerlarida davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasining yig‘ma hisob-kitobini mazkur Nizomning 6a-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha kalendar yilning 1-dekabridan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi materiallar kelib tushishiga ko‘ra ularni bir hafta mobaynida umuman viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hamda tumanlar bo‘yicha ko‘rib chiqadi, to‘lash uchun qabul qilingan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi hisob-kitobini elektron pochta orqali viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi)ga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini moliyalashtirish va to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutiladi va taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi) 2 kun mobaynida xo‘jaliklar bo‘yicha tasdiqlangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini tumanlarning moliya bo‘limlariga yetkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tuman moliya bo‘limi tasdiqlangan hisob-kitoblar olingandan so‘ng 3 bank kuni mobaynida viloyat moliya boshqarmasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi) tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob nusxasini ilova qilgan holda, to‘lov topshiriqnomasini g‘aznachilikning tuman bo‘linmasiga xo‘jalikning hisob-raqamiga o‘tkazish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mablag‘larni har bir xo‘jalikka o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan maxsus hisob raqamiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G‘aznachilik bo‘linmalari hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini o‘tkazishda moliya organlaridan shartnoma tuzishni yoki xarajatlar smetasi taqdim etishni talab qilmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xo‘jaliklarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy moliyaviy yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘laridan foydalanish va ularning to‘lanishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Budjetdan xo‘jaliklarning maxsus hisob raqamiga tushgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni, bank kreditlari va ish haqi, shuningdek paxta xom ashyosi yetishtirish uchun sotib olingan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzlarni to‘lashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini va xo‘jalikning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi) va Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, maqsadli mablag‘lardan foydalanish tugallangandan keyin 10 kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tushgan mablag‘lardan foydalanilishi bo‘yicha hisobotni mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri hisoblanganligi va ulardan foydalanilishini tekshiradi. Ushbu maqsadda har yili 1-chorakda oldingi yilda to‘langan mablag‘larni tekshirish amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

____________ tumani komissiyasining hosildorligi past bo‘lgan yerlarda g‘o‘za ekin maydoni to‘g‘risidagi
‎XULOSASI

‎‎Tarkibida komissiya raisi — tuman hokimi

______________________
‎(F.I.O.)‎

komissiya a’zolari:‎‎
‎‎tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

_______________________
‎(F.I.O.)‎ ‎

‎‎tuman statistika bo‘limi boshlig‘i

_______________________
‎(F.I.O.)‎ ‎

‎‎tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan komissiya

________________________
‎(F.I.O.)‎

‎20___ yil hosili uchun g‘o‘za ekish yakunlarini ko‘rib chiqib tasdiqlaydiki, quyida ko‘rsatilgan xo‘jaliklar tomonidan hosildorligi past yerlarda chigit ekilgan.

T/r‎

Xo‘jaliklarning nomi ‎

Kontur №‎

Ekin maydoni, gektar‎

Bonitet bali* yig‘indisi‎

Bonitet bali yig‘indisi (4-ustun x 5-ustun) ‎

Xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan bonitet bali (6-ustun yig‘indisi / 4-ustun yig‘indisi)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

1.‎

……‎

X

……‎

X

……‎

X

Xo‘jalik bo‘yicha jami‎

X

X

2.‎ ‎

……‎

X

……‎

X

……‎

X

Xo‘jalik bo‘yicha jami

X‎

X

Tuman bo‘yicha jami‎

‎‎‎* Bonitet ballari yig‘indisi hisoblanganda boniteti 40 baldan past bo‘lgan yerlar 40 balli deb baholanadi.
‎‎Komissiya raisi — tuman hokimi
‎______________‎‎

‎_________________________________________‎

(imzo)‎‎

‎(F.I.O.)‎

‎‎komissiya a’zolari:
‎‎tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
‎______________‎

___________‎‎‎______________________________

(imzo)‎‎ ‎

‎‎‎(F.I.O.)‎

‎‎tuman statistika bo‘limi boshlig‘i
_‎______________‎
‎‎‎
_________________________________________‎‎

(imzo)‎

‎‎‎(F.I.O.)‎ ‎‎

‎‎tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i
‎______________‎‎

_________________________________________

(imzo)‎ ‎

‎‎‎(F.I.O.)‎ ‎‎ ‎‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
___________________ viloyati ‎‎
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi)‎
_____________________ tumani‎
hokimligining moliya bo‘limiga‎

Ariza‎

‎‎______________________________________________________________ xo‘jaligi xabar beradiki,

‎‎(nomi)

‎‎20____ yilda ____ gektar maydonda, shu jumladan № ___ konturdagi bonitet bali ____ bo‘lgan _____ gektar, №____ konturdagi bonitet balli ____ bo‘lgan ____ gektar, № ___ konturdagi bonitet bali ____bo‘lgan ____ gektar, № ____ konturdagi bonitet bali ___ bo‘lgan ___ gektar maydonda chigit ekish yakunlandi. O‘rtacha hisoblangan bonitet balli ___ balni tashkil etadi.
‎‎____________________ tumani hokimligi komissiyasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan konturlarda chigit ekilganligi tasdiqlangan va shuning uchun ____________ xo‘jaligini hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiradigan va davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadigan xo‘jaliklar ro‘yxatiga kiritishni so‘rayman.

‎Xo‘jalik rahbari ‎

‎______________‎

‎___________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

M.O‘.‎‎

‎20____ yil “____” ____________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20 __ yilda _______ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ________ tumanidagi hosildorligi past bo‘lgan yerlarda olinmay qolayotgan paxta xom ashyosi miqdorining
‎ HISOB-KITOBI

T/r

Xo‘jaliklar nomi

Joylashgan joyi

Ekin maydoni, gektar

O‘rtacha hisoblangan bonitet bali (1-ilovaning 7-ustuni)

Kadastr hosildorligi (6-ustun x 0,4 s)

Normativ va kadastr hosildorligi o‘rtasidagi farq (24 s - 7-ustun)

Olinmay qolgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna (4-ustun x 8-ustun) / 10

jami (1-ilovaning 4-ustuni )

shu jumladan: boniteti 60 baldan past (1-ilovaning 4-ustuni)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Tuman bo‘yicha jami *

‎* Tuman bo‘yicha 9, 8, 7 va 6-ustunlar quyidagicha aniqlanadi:
9-ustun = (qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi); 8-ustun = (9-ustun / 4-ustun) x 10; 7-ustun = (24s - 8-ustun); 6-ustun = (7-ustun / 0,4 s.).

‎Moliya bo‘limi mudiri

‎________________

‎_________________

(imzo)‎‎

‎M. O‘.‎

(F.I.O.)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎20 __ yilda _______ viloyatidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi) hosildorligi past bo‘lgan yerlarda olinmay qolayotgan paxta xom ashyosi miqdorining
‎HISOB-KITOBI

‎‏T/r

‎‏Tumanlar nomi

Xo‘jaliklar soni

‎‎Ekin maydoni, gektar

O‘rtacha hisoblangan bonitet bali (3-ilovaning 6-ustuni)‎‏

Kadastr hosildorligi (6-ustun x 0,4 s)

‎‏Normativ va kadastr hosildorligi o‘rtasidagi farq (24 s - 7-ustun)

Olinmay qolgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna (4-ustun x 8-ustun) / 10

jami (3-ilovaning 4-ustuni)

shu jumladan: boniteti 60 baldan past (3-ilovaning 5-ustuni)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

‎‎Viloyat bo‘yicha jami *
‎‎‎
‎* Viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha 9, 8, 7 va 6-ustunlar quyidagicha aniqlanadi:
‎‎9-ustun = (qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi); 8-ustun = (9-ustun / 4-ustun) x 10; 7-ustun = (24s - 8-ustun); 6-ustun = (7-ustun / 0,4 s.)‎‎
Hududiy moliya boshqarmasi rahbari
‎________________

‎_________________
‎‎(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri)

(imzo)‎‎

‎M. O‘.‎

(F.I.O.)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________ tumani hokimligining‎‎ moliya bo‘limiga ‎

‎‎MA’LUMOTNOMA

‎‎Ushbu ma’lumotnoma shu haqda berildiki, 20___ yil hosili uchun quyidagi xo‘jaliklar tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun jami ____ tonna paxta xom ashyosi yetkazib berilgan, shu jumladan:

T/r‎

Xo‘jaliklar nomi

Sotilgan paxta xom ashyosi miqdori, tonna‎

Sotilgan paxta xom ashyosi qiymati, ming so‘m‎

‎“__________________

‎OAJ direktori‎

‎____________________‎

‎____________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

“__________________”‎ OAJ bosh buxgalteri‎ ____________________‎ ____________________‎

(imzo)‎ ‎

(F.I.O.)‎ ‎

M. O‘.‎
20____ yil “____” ______________ № - ______.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎_____________ tumani komissiyasining hosildorligi past bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosi yig‘ib olingan haqiqiy maydonlar to‘g‘risidagi
‎ XULOSASI

Tarkibida komissiya raisi — tuman hokimi ‎‎______________________

‎‎‎komissiya a’zolari:

‎‎(F.I.O.)

qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i ‎‎ ‎‎______________________

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎‎‎tuman statistika bo‘limi boshlig‘i ‎‎______________________

‎‎(F.I.O.) ‎‎ ‎‎

‎‎tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan komissiya ‎‎
‎_____________________

‎‎‎‎(F.I.O.) ‎‎ ‎‎

‎‎‎20__ yil hosili uchun paxta xom ashyosi yig‘ib olish yakunlarini ko‘rib chiqib tasdiqlaydiki, quyida ko‘rsatilgan xo‘jaliklar tomonidan hosildorligi past yerlarda paxta xom ashyosi yig‘ib olingan.

T/r‎‏

Xo‘jaliklarning nomi

Kontur
‎№‎‏

Paxta yig‘ib olingan maydon, gektar‎‎

Bonitet bali*

‎‏Bonitet bali yig‘indisi (4-ustun x 5-ustun)

Xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan bonitet bali (7-ustun yig‘indisi / 4-ustun yig‘indisi) ‎‏

jami‎

shu jumladan: boniteti 60 baldan past yerlar

‎1

‎2

3‎

‎4

‎5

‎6

7‎

8‎

‎1.

……‎

X‎

……‎

X‎

……‎

X

Xo‘jalik bo‘yicha jami‎

X‎

X‎

2.‎

……‎

‎X

……‎

X

……‎

X

.‎

Xo‘jalik bo‘yicha jami‎

X‎

X‎

Tuman bo‘yicha jami‎

X‎

X‎

‎‎
‎* Bonitet ballari yig‘indisi hisoblanganda boniteti 40 baldan past bo‘lgan yerlar 40 balli deb baholanadi.
‎‎
‎Komissiya raisi — tuman hokimi

‎__________‎

‎__________
‎‎‎
‎komissiya a’zolari:

(imzo)

(F.I.O.)‎

qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i‎ ‎__________ __________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎ ‎

‎‎‎‎tuman statistika bo‘limi boshlig‘i __________‎ ‎__________‎

(imzo)‎ ‎

(F.I.O.)‎ ‎ ‎

‎‎tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i ‎__________‎ __________‎‎

(imzo)‎ ‎ ‎

(F.I.O.)‎ ‎ ‎ ‎

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”‎‎‎

‎‎__________________ tumani hokimi

(F.I.O.)‎‎

‎‎______________________ M.O‘.

(imzo)‎‎

‎‎____________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ____________tumanining hosildorligi past bo‘lgan yerlarida davlat ehtiyoji uchun 20__ yilda paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasining
‎HISOB-KITOBI

‎‏T/r

‎‏Xo‘jaliklar nomi

Amalda

Yig‘im-terim maydoni bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan bonitet bali (5-ilovaning 8-ustuni)‎‏

Kadastr hosil-dorlik (7-ustun x 0,4 s) ga/s ‎‏

Normativ va kadastr hosildorlik o‘rtasidagi farq ‎‎

Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda olinmay qolgan paxta, tn (3-ustun x 10-ustun/10

___ming so‘m/t x 11-ustun hisobidan moliyaviy yordam summasi (ming so‘m)

yig‘im-terim maydoni, ga (5-ilovaning 4-ustuni)

shu jumladan, boniteti 60 baldan past maydonlar (5-ilovaning 5-ustuni)

yalpi hosil, (tn.)

o‘rtacha hosil-dorlik (5-ustun / 3-ustun x 10) ga/s ‎

haqiqiy hosildorlik o‘rta-sidagi tafovut (6-ustun – 8-ustun)* ‎

normativ hosildorlik o‘rtasidagi tafovut (24 s – 8-ustun)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

‎Jami**

‎‎‎* 1 gektardan haqiqiy kadastr hosildorlikdan past paxta xom ashyosi yig‘ib-terib olgan xo‘jaliklar bo‘yicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi hisob-kitob qilinmaydi.
‎‎** Tuman bo‘yicha 11, 10, 8 va 7-ustunlar yakunlari quyidagicha aniqlanadi: 11-ustun = (3-ustun x 10-ustun/10); 10-ustun = (11-ustun/3-ustun) x 10; 8-ustun = 24 s. - 10-ustun; 7-ustun = 8-ustun/0,4 s.

‎‎‎_____________‎‎

‎tumani moliya bo‘limi mudiri

‎‎M.O‘.‎

‎_____________‎‎

‎_____________‎‎‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎‎_____________

‎‎ tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

‎M.O‘.‎ ‎

‎_______________

‎_______________

(imzo)‎‎ ‎‎

(F.I.O.)‎‎‎‎

(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6a-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”‎‎

_________________viloyati hokimi

‎‎(F.I.O.)

‎‎_________________________ M.O‘.

(imzo)

‎‎‎____________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning hosildorligi past bo‘lgan yerlarida 20___ yilda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasining yig‘ma HISOB-KITOBI

T/r

‎‏Tuman nomi

Xo‘jaliklar soni‎‏

Amalda ‎‎

Yig‘im-terim maydoni bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan bonitet bali (6-ilovaning 7-ustuni)

Kadastr hosil-dorlik (8-ustun x 0,4s) ga/s

Normativ va kadastr hosildorlik o‘rtasidagi farq‎‎

Hosildorligi past bo‘lgan yerlardan olinmay qolgan paxta (tonna) (4-ustun x 11-ustun)/10‎

____ming so‘m/tn x 12-ustun hisobidan jami moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi (ming so‘m)

yig‘im-terim maydoni, ga (6-ilova-ning 3-ustuni

shu jumladan boniteti 60 baldan past maydonlar (6-ilova-ning 4-ustuni)

yalpi hosil, (ton-na)‎

o‘rtacha hosil-dorlik (6-ustun / 4-ustun x 10) ga/s

haqiqiy hosildorlik o‘rtasidagi tafovut (7-ustun – 9-ustun) ‎

normativ hosildorlik o‘rtasidagi tafovut (24 s – 9-ustun) ‎

‎1

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

‎8

‎9

10‎

11‎

‎12

13‎

‎Jami*

‎‎
‎* Viloyat bo‘yicha 12, 11, 9 va 8-ustunlarning yakunlari quyidagi tartibda aniqlanadi:
‎12-ustun = (4-ustun x 11-ustun/10);. 11-ustun = (12-ustun/4-ustun) x 10; 9-ustun = 24 s – 11-ustun; 8-ustun = 9-ustun/0,4 s.
‎‎______________ viloyati moliya boshqarmasi‎ boshlig‘i ‎

M.O‘‎

‎‎____________ ____________‎‎‎

‎‎(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri)

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

____________
‎‎‎
viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i‎‎

M.O‘‎

‎____________‎‎ ‎(imzo)‎‎ ‎‎

‎____________‎‎‎‎‎
(F.I.O.)‎‎ ‎‎

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri)‎‎

(6a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

__________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha 20___ yilda hosildorligi past bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtirgan xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun tushgan mablag‘lardan foydalanilishiga doir HISOBOT ‎‎

(ming so‘m)‎

‎‏
‎‏T/r

‎‏
‎‏Tumanlar nomi

‎‏
‎‏Xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘lar

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summalaridan foydalanish yo‘nalishlari

qarzlarni qaytarish uchun‎‎‎

oldindan to‘lovlar uchun‎‎

YOMM‎

mineral o‘g‘itlar‎

MTP xizmatlari‎

elektr energiyasi ‎

yagona yer solig‘i‎

……‎

…….‎

YOMM‎

mineral o‘g‘itlar‎

MTP xizmatlari‎

elektr energiyasi ‎

…….

…….

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

‎‎‎Hududiy moliya boshqarmasi rahbari
‎‎
‎‎
‎_________

‎‎‎_________
‎‎(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri)

‎‎(imzo)

‎‎M.O‘. ‎‎‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎Hududiy davlat soliq boshqarmasi rahbari ‎‎_________ _________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎‎‎M.O‘. ‎‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar‎

Tadbirlar ‎

Muddat‎

Bajaruvchilar‎

I‎ Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar ro‘yxati va maydonini aniqlash‎ Chigit ekish tugallangandan keyin 20 kun mobaynida‎ Tuman komissiyasi‎
II‎ Tuman komissiyasining qarorini tuman moliya bo‘limiga, shuningdek hosildorligi past bo‘lgan yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetkazish‎ Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida ‎ Tuman komissiyasi‎
III‎ Xo‘jaliklarning ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadigan xo‘jaliklar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida tuman moliya bo‘limiga murojaati ‎ Tuman komissiyasining qarori olingandan keyin 10 kun mobaynida‎ Xo‘jaliklar rahbarlari‎
IV‎ Tuman bo‘yicha olinmay qolgan paxta xom ashyosi hajmini aniqlash va hisoblangan hajmni viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etish‎ Kalendar yilning 15-iyunidan kechikmay ‎ Tuman moliya bo‘limi‎
V‎ Viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) bo‘yicha olinmay qolgan paxta xom ashyosi hajmini aniqlash va hisoblangan hajmni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish‎ Kalendar yilning 15-iyulidan kechikmay ‎ Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi)‎
VI‎ Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda olinmay qolgan 1 tonna paxta xom ashyosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisoblangan summani aniqlash va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga va viloyat moliya boshqarmalariga yetkazish‎ Kalendar yilning 1-sentabrigacha ‎ Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ‎
‏VII
Paxta tozalash korxonasining davlat ehtiyojlari uchun sotilgan paxta xom ashyosi hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini tuman moliya bo‘limiga taqdim etish‎ Kalendar yilning 15-noyabrigacha Paxta tozalash korxonalari ‎
Tuman hokimligi komissiyasining hosildorligi past bo‘lgan yerlarda amalda paxta ekilgan maydon to‘g‘risidagi xulosasini tuman moliya bo‘limiga taqdim etish Tuman komissiyasi‎
VIII Hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi xo‘jaliklar bo‘yicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini aniqlash va uni viloyat moliya boshqarmasiga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga) taqdim etish Kalendar yilning 20-noyabrigacha ‎ Tuman moliya bo‘limi,
‎tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ‎
IX Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasining tuman bo‘linmalari tomonidan to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish, viloyat bo‘yicha umumlashtirish va hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun talab etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yig‘ma hisob-kitob summasini Moliya vazirligiga taqdim etish Kalendar yilning 1-dekabrigacha ‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi,
‎viloyatlar moliya boshqarmalari‎
X‎ Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini aniqlash bo‘yicha viloyatlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hisob-kitoblarini ko‘rib chiqish va ularni to‘lash uchun viloyat moliya boshqarmalariga (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga) yetkazish ‎ Hisob-kitoblar taqdim etilgandan keyin 1 hafta mobaynida ‎ O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ‎
XI‎ Xo‘jaliklar bo‘yicha tasdiqlangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasini tuman moliya bo‘limlariga yetkazish‎ Tasdiqlangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi olingan vaqtdan boshlab 2 kun mobaynida‎ Viloyatlar moliya boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi)‎
XII‎ Mablag‘larni xo‘jaliklarning hisob raqamlariga o‘tkazish uchun viloyat moliya boshqarmasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi) tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob nusxasi ilova qilingan holda to‘lov topshiriqnomasini g‘aznachilikning tuman bo‘linmasiga taqdim etish ‎ Tasdiqlangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash summasi olingan vaqtdan boshlab 3 bank kuni mobaynida‎ Tuman moliya bo‘limi,
‎tuman g‘aznachilik bo‘linmasi ‎
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 171-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)