Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JIZZAX VILOYATINING GʻALLAOROL TUMANIDA YuZ BERGAN TABIIY OFAT OQIBATLARINI BARTARAF ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy ofat natijasida buzilgan 234 ta uy-joy egalariga imtiyozli narxlarda qurilish materiallarini xarid qilishi uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Jizzax viloyati hokimligiga 2 092,0 mln soʻm mablagʻ ajratsin.
3. Jizzax viloyati hokimligi (S.U. Ismailov):
imtiyozli narxlarda qurilish materiallari xarid qilish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning natijalari toʻgʻrisida 2012-yil iyul oyida va 2013-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov hamda Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-aprel,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 99-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish
ChORA-TADBIRLARI
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Masʼullar |
Moliyalashtirish manbai |
Bajarish muddatlari |
| 1. | Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan umumfoydalanishdagi: 4R241 “Oqtosh sh. — Xatcha q. — Abolik q.” va 4K252 “Gʻ. Gʻulom SIU — Bolgʻali q. — U. Yusupov SIU” avtomobil yoʻllarining Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan hamda tabiiy ofatdan zarar koʻrgan qismlarini toʻla taʼmirlash (tiklash) ishlarini yakunlash; 4R43 “M39 avtoyoʻli — Marjonbuloq q. — Zarmitan q. — Qoʻshrabot q.” avtomobil yoʻlining tabiiy ofatdan zarar koʻrgan va Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan qismida hozirgi kunda Jizzax KXSITFK tomonidan bajarilayotgan toʻla taʼmirlash ishlarini toʻxtatish, tabiiy ofat oqibatlari inobatga olingan holda dastlabki ishchi loyihani qaytadan ishlab chiqish, ekspertiza xulosalarini olish, toʻla taʼmirlash (tiklash) ishlarini amalga oshirish |
“Oʻzavtoyoʻl” DAK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi |
Respublika yoʻl jamgʻarmasi |
2012-yil 2-3-choraklar |
| 2. | Tabiiy ofat oqibatida Qoʻriq va Turk qishloqlariga boruvchi avtomobil yoʻllarida buzilgan 2 ta koʻprikni qayta tiklash | Viloyat hokimligi | Mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari | 2012-yil 2-chorak |
| 3. | Tabiiy ofat natijasida zarar koʻrgan gaz tarmoqlarini qayta tiklash va yangi q�riladigan 2 ta uy-joy mavzelarida oʻrta bosimli keltiruvchi gaz tarmoqlarini qurish; Mavzelar ichida tarqatuvchi gaz tarmoqlarini qurish va aholi xonadonlarini gazlashtirish |
Oʻztransgaz” kompaniyasi, viloyat hokimligi | “Oʻztransgaz” kompaniyasi mablagʻi | 2012-yil 2-3-choraklar 2012-yil 3-4-choraklar |
| 4. | Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan nim-stansiyalar hamda elektr tarmoqlarini tiklash, taʼmirlash va yangilarini oʻrnatish, shuningdek uy-joylar quriladigan mavzelarda elektr tarmoqlarini qurish | “Oʻzbekenergo” DAK, viloyat hokimligi | “Oʻzbekenergo” DAK mablagʻi | 2012-yil 2-3-choraklar |
| 5. | Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan Juma, Toshkamar, Ramazon va Shoʻrchi qishloqlarida 4 ta suv qudugʻini hamda Juma, Ramazon va Turk qishloqlarida 8,7 km ichimlik suv tarmogʻini taʼmirlash va tiklash uchun ishchi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish | “Oʻzkommunxizmat” agentligi | “Oʻzkommunxizmat” agentligi uchun 2012-yilga ajratilgan markazlashgan kapital mablagʻlar hisobidan | 2012-yil 3-4-choraklar |
| 6. | Tabiiy ofat oqibatida zarar koʻrgan aholi uchun yangi uy-joy qurilishiga ipoteka kreditlari belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlash | Markaziy bank va tijorat banklari | Tijorat banklari mablagʻi | 2012-yil 2-chorak |
| 7. | Tabiiy ofat oqibatida buzilib, yashash uchun yaroqsiz holga kelgan 234 ta uy-joy egalariga imtiyozli narxlarda qurilish materiallari xarid qilishlari uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratish | Moliya vazirligi, viloyat hokimligi |
Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi (2092 mln soʻm) va mahalliy budjet mablagʻlari | 2012-yil 2-3-choraklar |
| 8. | Tabiiy ofatdan talafot koʻrgan maktablarda va xoʻjaliklararo ichki yoʻllar hamda koʻpriklarda bajariladigan ishlarga loyiha-smeta hujjatlariga asosan mablagʻ ajratish | Viloyat hokimligi | Viloyat mahalliy budjeti ijrosi jarayonida hosil boʻladigan qoʻshimcha daromadlar hisobidan | 2012-yil 2-3-choraklar |
| 9. | Tabiiy ofat oqibatida yaroqsiz xolga kelgan 11-umumtaʼlim maktabi binosi oʻrniga 180 oʻquv oʻrinli yangi bino qurilishini 2012-yilda amalga oshirish boʻyicha taklif kiritish | Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi | Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari | 2012-yil 2-chorak |
| 10. | Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirish | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | | 2012-yil davomida |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 158-modda)