Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

UMUMIY OVQATLANISh KORXONALARI TOMONIDAN ALKOGOLLI MAHSULOTLAR SOTISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 7-martdagi 65-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlar faqat alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari asosida sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun oyiga eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi, tushgan mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish funksiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish boʻyicha maxsus komissiyalarga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ushbu qaror talablariga izchil rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin hamda alkogolli mahsulotlarni sotishda huquq buzilishlariga yoʻl qoʻygan shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalari boʻyicha tegishli himoyalanish darajalariga ega boʻlgan maxsus blankalarda alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalarining zarur miqdorda tayyorlab berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-martdagi 89-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda ruxsat guvohnomasi deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.Umumiy ovqatlanish korxonalari alkogolli mahsulotlarni sotishni faqat ushbu Nizomga muvofiq berilgan ruxsat guvohnomasi mavjud boʻlgandagina amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ruxsat guvohnomasi berish (amal qilish muddatini 10 kungacha toʻxtatib turish, shuningdek amal qilish muddatini toʻxtatish, uni bekor qilish yuzasidan sud tartibotini boshlash) toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berish boʻyicha maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha Komissiya xulosalari va qarorlari loyihalarini tayyorlash tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulotlarni chakana sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari olishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish komissiyalari (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun har oyda eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi, tushgan mablagʻlar keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyekti uchun arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin koʻpi bilan ikki yil muddatga, ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema va shakl boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ruxsat guvohnomasi olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ruxsat guvohnomasi olish uchun umumiy ovqatlanish korxonasi oʻzi joylashgan joydagi ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza, unda umumiy ovqatlanish korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va bankdagi hisob-kitob raqami koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat guvohnomasi olish uchun ariza berish vaqtiga kelib shaharlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 100 baravari miqdorida hamda qishloq joylarda va uzoq togʻli tumanlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 50 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Agar ustav fondi pul shaklida shakllantirilgan boʻlsa — bu toʻgʻridagi tasdiqlovchi hujjat xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav jamgʻarmasi boshqacha mulk bilan shakllantirilgan taqdirda ushbu mulkka egalik huquqini, uning qiymatini va uning ustav fondiga kiritilishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yongʻinga qarshi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlgan omborxonalari va jihozlari boʻlgan oʻzining yoki ijaraga olingan umumiy ovqatlanish obyektining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi. Umumiy ovqatlanish korxonasi oʻzining umumiy ovqatlanish obyektiga ega boʻlgan taqdirda uning tomonidan ushbu obyektga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Umumiy ovqatlanish obyekti ijaraga olingan boʻlsa, ijara shartnomasidan tashqari, ushbu obyektning ijarachiga tegishliligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi taqdim etiladi. Bunda umumiy ovqatlanish obyektlari oʻquv, sport va diniy muassasalar hududida, jamoat transporti bekatlarida, davolash-profilaktika va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida joylashmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi bankning bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizada koʻrsatilgan muddatga muvofiq ruxsat guvohnomasi berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Umumiy ovqatlanish korxonasidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hujjatlar ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun umumiy ovqatlanish korxonasi — ariza beruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Arizalarni ishchi organ tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishchi organ taqdim etilgan hujjatlarni 5 ish kuni mobaynida oʻrganib chiqadi va ularning ishonchliligini, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishchi organning barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisida Komissiyaga taklif kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ tomonidan Komissiyaga ijobiy xulosa kiritilgan taqdirda, xulosa bilan bir vaqtda, umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish va naqd tushumni banklar kassasiga topshirishning prognoz hajmlari taqdim etiladi, ularga har chorakda ishchi organ tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishchi organ xulosasini koʻrib chiqish va ruxsat guvohnomasini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya ishchi organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni 10 ish kun mobaynida oʻrganib chiqadi va Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilingan taqdirda ruxsat guvohnomasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror qabul qilingandan soʻng Komissiya umumiy ovqatlanish korxonasini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida 3 ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ruxsat guvohnomasi Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga, himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi ruxsat guvohnomasi blankalaridan maqsadli foydalanilishi, ularning saqlanishi va hisobga olinishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi blankalarining hisobi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, Berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatga olish daftarida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi uchun asoslar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasi berishning boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonasi ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Aniq sabablari koʻrsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror yozma shaklda, Komissiya raisining imzosi bilan umumiy ovqatlanish korxonasiga beriladi (yuboriladi). Ushbu qarorda rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni tugatish va hujjatlarni takroran taqdim etish uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Umumiy ovqatlanish korxonasi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda umumiy ovqatlanish korxonasi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan joydagi ishchi organga ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi, arizaga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda ruxsat guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha umumiy ovqatlanish korxonasi alkogolli mahsulotlar sotishni ilgari berilgan ruxsat guvohnomasi asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda tegishli oʻzgartirishlar Berilgan ruxsatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga kiritiladi. Ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish umumiy ovqatlanish korxonasining zarur hujjatlar ilova qilingan holda ruxsat guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish umumiy ovqatlanish korxonasining arizasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga ruxsat guvohnomasining amal qilish muddati oʻtishidan 15 kun oldin berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yoki muddatini uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ruxsat guvohnomasi berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, muddati oʻtmagan ruxsat guvohnomasining oʻrniga umumiy ovqatlanish korxonasi arizasi boʻyicha dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ruxsat guvohnomasining amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi boʻyicha Komissiya tomonidan ruxsat guvohnomasining amal qilish muddatini 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror umumiy ovqatlanish korxonasida alkogolli mahsulotlarni sotish qoidalari buzilganligi, shu jumladan naqd pul tushumini inkassatsiya qilishdagi buzilishlar aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi taʼmirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan, shuningdek boshqa shunga oʻxshash hollarda vaqtincha toʻxtatib turilganda umumiy ovqatlanish korxonasi bu toʻgʻrida Komissiyani va davlat soliq xizmati organini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan alkogolli mahsulotlarni umumiy ovqatlanish korxonalarida sotish qoidalari muntazam ravishda yoxud bir marta qoʻpol buzilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda sud tartibida toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ruxsat guvohnomasi uning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi holati aniqlanganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ruxsat guvohnomasi har bir umumiy ovqatlanish obyektiga alohida beriladi. Notarius tomonidan tasdiqlanmagan ruxsat guvohnomasi nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi.