26.03.2012 yildagi PQ-1731-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi korxonalarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va eksport mahsulotlari ishlab chiqarish koʻpaytirilishini ragʻbatlantirish maqsadida imtiyoz va afzalliklarning kompleks tizimi yaratildi. Buning natijasida, jahon bozorlaridagi konyukturaning sezilarli oʻzgarishlariga qaramay, oxirgi 5 yil ichida mahsulotlar eksporti 1,67 barobar oʻsdi, uning tuzilmasini diversifikatsiya qilish taʼminlanmoqda — eksport umumiy hajmida tayyor mahsulotlarning ulushi 68,5 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni eksportga yetkazib berishda rasmiylashtirish tartibotlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. Bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiyalash, sertifikatlash, sanitariya-epidemiologiya nazorati va bojxona rasmiylashtiruvining boshqa tartibotlari bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishini taʼminlaydigan “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksport bitimlarining bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi korxonalarga, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlariga mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, ularni tashqi bozorlarga olib chiqish masalalarida koʻmaklashish boʻyicha ixtisoslashgan tuzilmalar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tan olish joizki, qurilish materiallari, oziq-ovqat, charm-poyabzal, tikuvchilik, chinni-fayans, farmatsevtika, mebel, elektrotexnika sanoati kabi tarmoqlarda eksport hajmi oshmayapti. Eksport mahsuloti ishlab chiqarish bilan deyarli shugʻullanmayotgan korxonalar faoliyat koʻrsatishda davom etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu, birinchi navbatda, koʻpchilik korxonalar rahbarlarining fikrlash doirasi torligi va noqobilligi, ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ularni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, mahsulot sotish bozorlarini izlash rejalarining mavjud emasligi bilan bogʻliq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oxir oqibatda — bu Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan haqiqiy raqobatni shakllantirish va rivojlantirish hamda imtiyoz va bojxona afzalliklari tizimidan toʻgʻri foydalanish masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmaganligi natijasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini koʻpaytirish, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda koʻmaklashish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada eksportga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga muvofiq soliq imtiyozlari va afzalliklari tizimi yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mutaxassislarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov boshchiligida Maxsus ekspert komissiyasini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ekspert komissiyasi (U.U. Rozuqulov) uch oy muddatda eksportga mahsulot ishlab chiqarmaydigan va ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilish masalalari bilan shugʻullanmaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini koʻrib chiqsin, ularning ushbu masala boʻyicha rezerv va imkoniyatlarini oʻrgansin hamda Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun zarur takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi oʻz majlisida ushbu masalalarni muhokama qilsin hamda respublikada eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish borasidagi ishlarning ahvolini tubdan yaxshilash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksportga mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish korxonalar rahbarlarining faoliyatini baholashdagi eng muhim mezonlardan biri sifatida koʻrib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy etish va mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan oʻtkazish korxonalarning eksportga yetkazib berishga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Komplekslarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar roʻyxatini va ularning qanchasi xalqaro standartlarga muvofiqligi boʻyicha sertifikatlanganligini puxta oʻrganib chiqsin hamda oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga sertifikatlangan mahsulotlar turlari miqdorini koʻpaytirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus ekspert komissiyasiga (U.U. Rozuqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ishlab chiqaruvchi korxonalari va tashqi savdo kompaniyalariga mahsulotlarni jahon bozorida real shakllangan narxlar boʻyicha, shu jumladan, tannarxidan past qiymatda eksport qilishga ruxsat berish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda oʻz takliflarini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan oʻzida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan shartnomalar faqat xizmat koʻrsatayotgan vakolatli bankda hisobga qoʻyilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2012-yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga joriy toʻlovlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom toʻlab boʻlinadigan muddatga qadar ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan oʻtkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini oʻtkazish komplekslarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tadbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklariga eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1731-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-martdagi PQ–1731-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan soliq imtiyozlari va afzalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz soligʻi solinmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi (Soliq kodeksi, 212-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi stavkasi umumiy sotish hajmida oʻzi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bogʻliq holda kamaytiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida — 30 foizga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida — 2 marotaba.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–2613-sonli Farmoni).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganida 30 foizga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport ulushi 30 va undan koʻproq boʻlganida — 2 marotaba.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–2613-sonli Farmoni).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2016-yil 1-yanvarga qadar respublikadagi oʻz mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80 foizi va undan ortigʻini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan toʻqimachilik sanoati korxonalari mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1512-sonli qarori).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tovar (ish, xizmat)larning barcha turlariga eksport bojxona bojlari va spetsifik tovarlardan tashqari boshqa tovar (ish, xizmat)lar eksportini litsenziyalash bekor qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–1871-sonli Farmoni).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tovarlarni eksport qilishda toʻlanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlarining amaldagi stavkasiga qaraganda oʻrtacha 2 marotabaga kamaytirilgan yangi stavkalari tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–1604-sonli qarori).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mikrofirmalar va kichik korxonalar oʻzi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 24-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–4354-sonli Farmoni).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 140-modda; 2014-y., 28-son, 336-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)