30.03.2011 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Hukumati oʻrtasida bitim
Kuchga kirish sanasi
01.07.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Bilan Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona ishi sohasida oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Hukumati, bundan keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qonunchiligini buzish ular mamlakatlarining iqtisodiy, fiskal, sanoat, savdo va madaniy manfaatlariga zarar yetkazadi, deb hisoblab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni import yoki eksport qilishda olinadigan bojxona bojlari va boshqa soliqlarni aniq hisoblash va shuningdek bunday tovarlarning qiymati va kelib chiqishini toʻgʻri belgilashning muhimligini anglab,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idora qilish va bojxona qonunchiligiga rioya etish masalalarida xalqaro hamkorlikka boʻlgan ehtiyojni eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona qonunchiligini buzishining oldini olishga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻz mamlakatlari bojxona organlarining yaqindan hamkorligi vositasida yanada samarali boʻlishi mumkinligiga ishongan holda,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona hamkorligi Kengashining oʻzaro maʼmuriy koʻmaklashish haqidagi 1953-yil 5-dekabrdagi Tavsiyalarini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 1988-yil 20-dekabrdagi BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiyasini eʼtiborga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Taʼriflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim maqsadlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “bojxona qonunchiligi” — tovarlarni import, eksport va tranzit qilishda yoki har qanday boshqa bojxona tartibida qoʻllanuvchi, bojxona qonun hujjatlariga muvofiq bojlar, boshqa yigʻimlar yoki toʻlovlar olishni yoki bojxona organlari tomonidan taqiqlash, cheklash va nazorat choralarining qoʻllanishini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “bojxona organi” Oʻzbekiston Respublikasida Davlat bojxona qoʻmitasini, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligida Iordaniya bojxonasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “soʻrayotgan organ” mazkur Bitimga muvofiq yordam koʻrsatishni soʻrayotgan bojxona organini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “soʻralayotgan organ” mazkur Bitimga muvofiq yordam toʻgʻrisidagi soʻrovni qabul qilayotgan bojxona organini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “bojxona huquqbuzarligi” bojxona qonunchiligini har qanday buzish yoki buzishga urinishni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “bojxona bojlari” Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlarida bojxona qonunchiligiga muvofiq hisoblanadigan va undiriladigan barcha bojlar, soliqlar, toʻlovlar va/yoki boshqa yigʻimlarni anglatadi, miqdori koʻrsatilgan xizmatlarning taxminiy qiymatiga qadar chegaralangan yigʻimlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar” aniqlangan yoki aniqlanayotgan shaxsga taalluqli barcha maʼlumotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “narkotik vositalar” Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligi tomonidan 1961-yil 25-martda qabul qilingan BMTning narkotik vositalar toʻgʻrisidagi yagona Konvensiyasining narkotik vositalar roʻyxatlari asosida, keyingi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan belgilangan moddalarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “psixotrop moddalar” Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligi tomonidan 1971-yil 21-fevralda qabul qilingan BMTning psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiyasining psixotrop moddalar roʻyxatlari asosida, keyingi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan belgilangan moddalarni anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Bitimni qoʻllash sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari bojxona qonunchiligini tegishlicha qoʻllash va xususan, bojxona qonunchiligi buzilishlarining oldini olish, aniqlash, ularga qarshi kurashish va tekshirish maqsadida, tegishli tarzda va ushbu Bitim qoidalariga rioya etgan holda bir-biriga yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimga muvofiq koʻrsatiladigan barcha yordam soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Soʻrovnoma boʻyicha yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrayotgan organning soʻrovnomasiga koʻra soʻralayotgan organ bojxona qonunchiligiga rioya etishni taʼminlashga yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha tegishli maʼlumotni, shu jumladan, bulardan tashqari, tovarlarni transportda tashish va yuklab joʻnatish, bunday tovarlarning joylashtirilishi va nimaga moʻljallanganligi, ularning qiymati va kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek bojxona qonunchiligining buzilishini keltirib chiqargan yoxud keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sodir etilgan yoki rejalashtirilayotgan harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻrayotgan organning soʻrovnomasiga koʻra soʻralayotgan organ bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan olib chiqilgan tovarlarning boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga tegishli ravishda olib kirilgani toʻgʻrisida, zarur boʻlganda tovarlarga nisbatan joriy etilgan bojxona tartibini aniqlagan holda maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrayotgan organning soʻrovnomasiga koʻra soʻralayotgan organ quyidagilar ustidan nazoratni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muayyan jismoniy yoki yuridik shaxslar, agar ular soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida bojxona qonunchiligini buzayotgan yoki buzgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududiga noqonuniy ravishda import qilishga moʻljallangan deb gumon qilish uchun asos boʻladigan tarzda tovarlar saqlanayotgan joylar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) soʻrayotgan organ soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining hududida bojxona qonunchiligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilayotgan tovarlarning koʻchirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilayotgani yoki foydalanish mumkinligi maʼlum boʻlgan yoxud gumon qilinayotgan transport vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Ixtiyoriy yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida agar ularning fikriga koʻra, bu bojxona qonunchiligiga tegishlicha rioya etish uchun zarur boʻlsa, xususan, ular quyidagilarga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar olsalar, bir-biriga yordam koʻrsatadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona qonunchiligini buzgan, buzayotgan yoki buzishi mumkin boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Tomon uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalaniladigan yangi vosita yoki usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida bojxona qonunchiligi jiddiy buzilishining obyekti sifatida maʼlum boʻlgan tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Texnik yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim doirasida yordam koʻrsatish, shuningdek quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona qonunchiligi buzilishlarining oldini olish maqsadida foydalanilishi mumkin boʻlgan majburlov choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalaniladigan yangi usullar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yoʻlovchilar va tovarlarni rasmiylashtirishning yangi texnologiyalari va takomillashtirilgan usullari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Taqdim etish/Xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrayotgan organning soʻrovnomasiga asosan soʻralayotgan organ oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻralayotgan hujjatlarning nusxalarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻz davlati hududida yashayotgan yoki joylashgan adresatga ushbu Bitim doirasida qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida maʼlum qilish maqsadida barcha zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaning shakli va mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soʻrovnomalar ushbu Bitimga muvofiq yozma shaklda yuboriladi. Bunday soʻrovnomalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar soʻrovnomaga ilova qilinadi. Zaruriyatga qarab shoshilinch holatlarda ogʻzaki yoki elektron soʻrovnoma qabul qilinishi mumkin, ammo u darhol yozma shaklda tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan soʻrovnomalar quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) soʻrovnoma yuborayotgan organning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) soʻralayotgan chora;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) soʻrovnomaning maqsadi va sababi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qonun-qoidalar va boshqa tegishli huquqiy normalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) soʻralayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslarning nomlari toʻgʻrisida mumkin qadar aniq va batafsil maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) 6-moddada nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishli faktlar tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) soʻralayotgan yordam bilan soʻralayotgan ishning bir-biriga aloqadorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soʻrovnomalar ingliz tilida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. a) Yordam Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining tegishli bojxona organlari oʻrtasida bevosita aloqa yoʻli bilan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona organi soʻrovnomani bajarishga vakolatli organ boʻlmasa, u soʻrovnomani vakolatli organga topshiradi, ushbu organ oʻz vakolatlariga muvofiq milliy qonunchilik doirasida uni bajaradi, yoki soʻrayotgan organni bunday soʻrovnomani bajarish uchun zarur boʻlgan tegishli tartib toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soʻrovnoma rasmiy talablarga javob bermasa, soʻralayotgan Tomon uni tuzatishni talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Soʻrovnomalarni bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Har ikki Ahdlashuvchi Tomon soʻrovnomaning bajarilishi uchun barcha kerakli boʻlgan choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlatining bojxona organi boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona organining soʻrovnomasi boʻyicha zarur tekshiruv oʻtkazadi, shu jumladan ekspertlar va guvohlar yoki bojxona qonunchiligini buzishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan soʻroq oʻtkazadi va ushbu Bitimda koʻrsatilgan masalalar bilan bogʻliq faktlar yuzasidan tasdiqlash, koʻzdan kechirish va faktlarni aniqlash boʻyicha choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Maʼlumotlarni taqdim etish shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻralayotgan organ soʻrayotgan organga tekshiruvlar natijalarini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Yordam koʻrsatish boʻyicha majburiyatlardan istisnolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar soʻralayotgan organ soʻralayotgan yordam oʻz davlatining suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibiga yoki boshqa muhim milliy manfaatlariga zarar yetkazadi yoki maʼlumotlar maxfiyligining buzilishiga olib keladi, yoxud milliy qonunchilikka zid boʻladi, deb hisoblasa, unda yordam rad qilinishi mumkin yoxud uning bajarilishi muayyan shart yoki talablar muhokamasining mavzusi boʻlishi mumkin. Soʻrovnoma bojxona bojlarini tartibga solishdan boshqa valyuta va soliq boʻyicha tartibga solish masalalariga daxldor boʻlsa ham yordam rad qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar soʻrayotgan organ uning oʻzi koʻrsata olmaydigan yordamni koʻrsatishni soʻrayotgan boʻlsa, unda ushbu organ oʻz soʻrovnomasida ushbu faktga eʼtiborni qaratishi lozim. Bunday soʻrovnomani bajarish soʻralayotgan organ ixtiyoriga bogʻliq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar yordam koʻrsatish kechiktirilgan yoki rad etilgan boʻlsa, unda soʻrayotgan organga ushbuning sabablari va yechimlari toʻgʻrisida kechiktirilmasdan xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Maxfiylikka rioya qilish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimga muvofiq biror shaklda beriladigan har qanday maʼlumot maxfiy xususiyatga ega boʻladi va ushbu Bitim doirasidan tashqarida ishlatilmaydi hamda uchinchi tomonga oshkor etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq shaxsiy maʼlumotlar uchun ekvivalent himoya darajasi taqdim etilganidagina berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Maʼlumotlardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzaro yordam doirasida olingan maʼlumotlar, hujjatlar va boshqa xabarlardan faqat Ahdlashuvchi Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq hamda ushbu Bitimda belgilangan maqsadlarda, shu jumladan jinoyat va maʼmuriy sud ishlarida foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻrayotgan organ ushbu Bitimga koʻra olingan dalillar yoki maʼlumotlardan soʻralayotgan organning oldindan yozma roziligisiz soʻrovnomada koʻrsatilganidan boshqa maqsadlarda foydalanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu Bitim doirasida shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashilayotgan boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari ulardan faqat soʻrovnomada koʻrsatilgan maqsadlarda hamda soʻralayotgan organ qoʻyishi mumkin boʻlgan shartlarga muvofiq foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari narkotik vositalar, psixotrop moddalar bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklarga taalluqli maʼlumotlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bunday maʼlumot soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashga bevosita jalb qilingan organlariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Ishlar, hujjatlar va guvohlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari soʻrovnomaga koʻra tovarlarni transportda tashish va yuklab joʻnatishga taalluqli hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini bunday tovarlarning qiymatini, kelib chiqishini, turgan joyini va tayinlangan manzilini koʻrsatish bilan taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona organining soʻrovnomasiga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati bojxona organi oʻz ixtiyoriga koʻra xodimlariga ularning roziligi bilan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida maʼmuriy ishlarni yuritish chogʻida guvohlar yoki ekspertlar sifatida ishtirok etish vakolatini beradi va bunday ishlar, hujjatlar va boshqa materiallar yoki ularning asliga toʻgʻri nusxalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bojxona organlari ekspertlar va guvohlarga haq toʻlash, shuningdek soʻrayotgan bojxona organi tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan davlat xizmatchisi boʻlmagan tarjimonlarning ogʻzaki va yozma tarjimalari uchun xarajatlardan tashqari, ushbu Bitim qoidalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga majbur emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Soʻrovnomani bajarish katta xarajatlarni talab etsa, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari soʻrovnoma bajariladigan muddat va shartlarni, shuningdek xarajatlar qanday tarzda qoplanishini belgilash uchun maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Bitimning qoʻllanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni bajarish Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari zimmasiga yuklanadi. Ular Bitimni bajarish uchun barcha amaliy choralarni va shartlarni qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimning ayrim qoidalarini bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining bojxona organlari qoʻshimcha bitimlar va protokollar tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va koʻllash munosabati bilan yuzaga keladigan barcha nizolar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan yoxud diplomatik kanallar orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilishining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining bajarilgani haqida diplomatik kanallar soʻnggi xabarnoma olingan sanadan keyingi ikkinchi oyning birinchi kunida kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuvi boʻyicha mazkur Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartish va qoʻshimchalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladi va ushbu moddaning 1-bandi qoidalariga binoan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim noaniq muddatga tuzildi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni oʻzining ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali xabardor qilmaguncha amal qiladi. Bitimning amal qilishi bunday xabar olingandan soʻng 6 oy oʻtgach toʻxtatiladi. Ushbu moddaga muvofiq Bitim amal qilishining toʻxtatilishi, toʻxtatishga qadar boshlangan va lekin tugallanmagan tadbirlarga nisbatan daxl qilmaydi va bunday tadbirlar mazkur Bitimning qoidalariga muvofiq tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni tasdiqlash maqsadida oʻz hukumatlari tomonidan vakolatga ega boʻlganlar quyidagi imzolarni chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2011-yil 30-martda har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn ustuvor boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2011-y., 3-4-son,)