17.03.2012 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek kredit axboroti almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, kredit bitimlari bo‘yicha tavakkalchiliklarni kamaytirish, tijorat banklari va bank bo‘lmagan kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tezkorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklarining Banklararo kredit byurosi negizida “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etish, uning tarkibiga ilovaga* muvofiq muassislarni jalb etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axborotlari subyektlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tarixlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va axborotni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axboroti subyektlarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish va ularning reytingini baholash tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axborotidan foydalanuvchilarga, shuningdek kredit axborotlari subyektlarining o‘ziga ularning so‘rovlari bo‘yicha kredit axborotlari subyektlarining kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish bo‘yicha shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axboroti subyektlarining to‘lovga qodirligini, kreditga layoqatini va to‘lov intizomini baholashda kredit axborotidan foydalanuvchilarga ko‘maklashish maqsadida ularga maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axboroti subyektlarining kredit bitimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axborotining davlat reyestrini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit byurolarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladigan kredit axboroti ma’lumotlar bazasini jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit axborotining ma’lumotlar bazasini yangidan tashkil etilgan kredit byurolariga berish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurolari hamda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlar o‘rtasida axborotning aylanishi va berilishi tartibini, shuningdek kredit byurolari va kredit axborotidan foydalanuvchilar o‘rtasida kredit axboroti almashinuvi tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya berilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentining kredit axboroti ma’lumotlar bazasi berilishini ta’minlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kredit byurosiga kredit axboroti beruvchi organlar va tashkilotlarning mutaxassislari uchun seminarlar va treninglar tashkil etish va o‘tkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida” 2011-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-301-son Qonuni normalari keng yoritilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 23-apreldagi 197-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 12-son, 132-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)