06.03.2012 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida idoralararo o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son Farmonini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2011-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 6-martdagi 66-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida yig‘ish punktlari (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari) tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar (harakatlar) ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida vazirlik va idoralar biometrik pasport tizimi bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi ichki idoraviy apparat-dasturiy komplekslarning uzluksiz ishlashini ta’minlashi, shuningdek, ularni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar 2012-yilda biometrik pasport tizimi qatnashchilariga — vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda biometrik pasport tizimi ishtirokchilari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-martdagi 63-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida biometrik pasport tizimi doirasida yig‘ish punktlari (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari) tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar (harakatlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar (harakatlar):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik pasport tizimi (keyingi o‘rinlarda BPT deb ataladi) foydalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat personallashtirish markaziga (DPM) buyurtmanomani rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolarni statsionar va mobil ma’lumotlarni yig‘ish stansiyalari orqali qabul qilish ishlarini tashkil etish;

DPMning markazlashtirilgan ma’lumot tizimiga ilgari kiritilgan ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy va haqiqiy bo‘lmagan (bekor qilingan) hujjatlarning hisobini yuritish uchun biometrik hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DPMga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish (bundan buyon matnda — JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilardan biografik va biometrik ma’lumotlarni yig‘ish;

biometrik hujjatlarni va JSHSHIR ni olish uchun elektron buyurtmanomalarni shakllantirish;

biometrik hujjatlarni va JSHSHIR ni olish uchun shakllantirilgan elektron buyurtmanomalarni elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlash;

biometrik hujjatlarni va JSHSHIR ni olish uchun DPMga belgilangan shaklda elektron talabnomalarni yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BPTga kiritilgan elektron talabnomalarning holatini kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli axborotni BPTga kiritish orqali shaxsiylashtirilgan biometrik hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni tekshirish va ularning egalariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga JSHSHIR to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati o‘tkazib yuborilgan va belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan biometrik hujjatlarni yo‘q qilish;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet elga chiqish uchun ruxsat yozuvini rasmiylashtirish to‘g‘risida BPTga axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot tashuvchisi (chip) mavjud bo‘lmagan pasportlar bo‘yicha DPMdan ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BPTga murojaat qilish orqali qidiruv tadbirlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
server, kompyuter va kommunikatsiya uskunalarining reglament-profilaktika tadbirlari.

2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillar (harakatlar):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqarolarni statsionar va mobil ma’lumotlarni yig‘ish stansiyalari orqali qabul qilish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (keyingi o‘rinlarda MKIM deb ataladi) bilan biometrik yo‘l hujjatlari, xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi va JSHSHIR olish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlar va JSHSHIR ni olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchilardan biografik va biometrik ma’lumotlarni yig‘ish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni va JSHSHIR ni olish uchun elektron buyurtmanomalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni va JSHSHIR ni olish uchun shakllantirilgan elektron buyurtmanomalarni elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biometrik hujjatlarni tekshirish* va egalariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchiga DPMda hosil qilingan JSHSHIR to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati o‘tkazib yuborilgan va belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan biometrik hujjatlarni yo‘q qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
server, kompyuter va kommunikatsiya uskunalarining reglament-profilaktika tadbirlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish ishlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Agar O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlatda mavjud bo‘lmasa yoki qabul qiluvchi davlatning hududiy xususiyatlari tufayli arizachining biometrik hujjatni shaxsan olish uchun kelishi qiyin bo‘lsa (misol uchun, viza olish yoki moliyaviy holatlar sababli), biometrik hujjat pochta orqali egasiga berishga ruxsat etilgan, va bu holda verifikatsiya jarayoni o‘tkazilmasdan hujjat berish mumkin.