Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2021 23.08.1994 yildagi PF-938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KAM TA’MINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY HIMOYALAShNI KUChAYTIRIShGA OID TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini muayyan ijtimoiy himoyalashga oid tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda kam ta’minlangan oilalarga davlat madadini, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining keng va faol ishtirokini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qo‘rg‘onlar, qishloqlar, ovullar va mahallalarning fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv barcha organlarida kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish maxsus jamg‘armalari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zjamg‘armabank ikki hafta muddat ichida fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv organlariga yuridik shaxs huquqi berib, jamg‘arma bankning tegishli bo‘limlarida maxsus hisobvaraqalari ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish maxsus jamg‘armalarini tashkil etishning asosiy manbalari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga muvofiq miqdorda 1994-yilning IV choragiga mo‘ljallangan respublika budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mahalliy budjetlarning mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— budjetdan tashqari manbalar — jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxonalar va xo‘jaliklarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qo‘rg‘onlar, qishloqlar, ovullar, mahallalarning, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv organlari 1994-yilning 1-oktabridan boshlab kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning ana shu jamg‘armalari mablag‘laridan har oylik to‘lovlar to‘lasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam qo‘rg‘on, qishloq, ovul, shaharlardagi mahallalar fuqarolar yig‘ini, yig‘inni chaqirish imkoni bo‘lmaganda esa qo‘rg‘onlar, qishloqlar, ovullar mahallalari, ko‘chalar, turar joylar fuqarolari vakillari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanadi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘z-o‘zini boshqaruv organlariga ajratilgan va foydalanilmagan budjet mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi)ning qaroriga binoan aholi turar joylarini obodonlashtirish, gazlashtirish va suv bilan ta’minlashga, shuningdek boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kam ta’minlangan oilaga moddiy yordam tayinlash va to‘lashga oid qaror qabul qilish chog‘ida ijtimoiy adolat, ro‘y-rostlik, keng oshkoralik qoidalariga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlab va samarali foydalanilishi uchun majburiy shartlar bo‘lishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish uchun mablag‘ topish va undan foydalanish yo‘llari to‘g‘risida, ana shu mablag‘ni qaysi maqsadlar uchun ajratish va to‘lash tartibi haqida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddat davomida shaharlar, qo‘rg‘onlar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning joylashishini, ularning chegaralarini, shuningdek oilalar va aholi sonini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yilning 1-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish uchun ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va ulardan samarali foydalanish amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kam ta’minlangan oilalarga to‘lash uchun mo‘ljallangan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanilishini nazorat qilish shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ajratilayotgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining maxsus hisobvaraqalariga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilayotganligini, ana shu mablag‘lardan aniq maqsadni ko‘zlab foydalanilayotganligini muntazam tekshirib, taftish qilsin va har chorakda Hukumatga ma’lum qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, korxonalar va tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari va tadbirkorlik tuzilmalari mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘z mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalarga butun choralar bilan qo‘shimcha ijtimoiy yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning ana shu jamg‘armalariga mablag‘ o‘tkazayotgan xo‘jalik tashkilotlari uchun imtiyozli soliq solish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 1995-yilgi budjetning loyihasini tuzish chog‘ida shu yilning IV choragida budjet mablag‘larini taqsimlash tajribasini hisobga olgan holda kam ta’minlangan oilalarga yordam berish uchun zarur mablag‘larni va ana shu mablag‘larni topish manbalarini aniqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalari kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida televideniye, radio orqali va matbuotda tushuntirish ishlarini faol olib borsinlar, fuqarolar o‘z-o‘zini boshqaruv organlarining aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashga oid faoliyati haqida jamoatchilikni keng xabardor qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-938-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 23-avgustdagi
938-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilda kam ta’minlangan oilalarga aniq maqsadni ko‘zlab moddiy yordam berish uchun ajratiladigan respublika budjeti mablag‘lari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎‎ bir oyga hisoblanganda ‎ umuman 1994-yilning IV choragida ‎

1‎‎‎

2‎ 3‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ‎‎‎ 7,6‎ 22,8‎
Andijon viloyati ‎‎‎ 10,8‎ 32,4‎
Buxoro viloyati ‎‎‎ 7,1‎ 21,3‎
Jizzax viloyati ‎‎‎ 4,7‎ 14,1‎
Qashqadaryo viloyati ‎‎‎ 10,3‎ 30,9‎
Navoiy viloyati ‎‎‎ 4,1‎ 12,3‎
Namangan viloyati ‎‎‎ 8,5‎ 25,5‎
Samarqand viloyati ‎‎‎ 13,1‎ 39,3‎
Surxandaryo viloyati ‎‎‎ 8,2‎ 24,6‎
Sirdaryo viloyati ‎‎‎ 3,3‎ 9,9‎
Toshkent viloyati ‎‎‎ 11,9‎ 35,7‎
Farg‘ona viloyati ‎‎‎ 13,2‎ 39,6‎
Xorazm viloyati ‎‎‎ 6,5‎ 19,5‎
Toshkent shahri ‎‎‎ 11,3‎ 33,9‎
JAMI: 120,6‎ 361,8‎

(mln. so‘m)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar kam ta’minlangan oilalar soniga qarab mintaqalar bo‘yicha har bir oilaga tabaqalashtirilgan yagona me’yorga asosan belgilandi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 8-9-son, 237-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)