Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.08.1994 yildagi PF-926-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKA SAVDO-XARID UYuShMASI “O‘ZTAYYORLOVSAVDO”NI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini meva-sabzavot mahsuloti bilan barqaror suratda ta’minlash, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, dehqon, fermer xo‘jaliklari va aholi yetishtirayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji xarid tizimini rivojlantirish, savdo-xarid faoliyatida raqobatchilik muhitini vujudga keltirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika “O‘zkooptayyorlovsavdo” kooperativ birlashmasi Kengashining mazkur birlashma negizida qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha O‘zbekiston xususiy va jamoa korxonalarining respublika savdo-xarid uyushmasi (“O‘ztayyorlovsavdo”)ni tashkil kilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs huquqlari berilgan xo‘jalik uyushmasi bo‘lib, paychilik asoslarida jamoa korxonalarini va xususiy tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda o‘z faoliyatini iqtisodiy mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplari asosida tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining aylanma mablag‘lari, shuningdek banklarning qarzga beradigan mablag‘lari hisobidan ish yuritadi (mahsulot sotishdan tushadigan daromad, xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar ana shu o‘z aylanma mablag‘larining manbalari bo‘ladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika savdo-xarid uyushmasi “O‘ztayyorlovsavdo” zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisiga avvalo dehqon bozorlari va yarmarkalarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari uzluksiz sotilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, dehqon xo‘jaliklari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ikkilamchi xomashyo tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, qayta ishlash va sotishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyoj va taklifni hisobga olgan holda, mahsulot tayyorlovchilarning raqobatchiligi asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olish imkoniyatlarini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Qoraqalpog‘iston “Kooptayyorlovsavdo” respublika birlashmasi, viloyat “Kooptayyorlovsavdo” birlashmalari va Toshkent shahar “Koopbozorsavdo” birlashmasi negizida hududiy savdo-xarid uyushmalarini tashkil etishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, hududiy savdo-xarid uyushmalari o‘z faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar hamda “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasining muassasalari huquqi bilan uning tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasining korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-yanvardagi 44-son va 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarorlari bajarilishini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etib, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish chog‘ida rasmiyatchilik va suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslikka alohida e’tiborni qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqib, obyektlar o‘zlari joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda asosan xususiy mulkka aylantirilishini ko‘zda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishining natijalari bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha xususiylashtirilgan korxonalarning tashabbuskorligi va omilkorligini rivojlantirish maqsadida ularga iqtisodiy mustaqillik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va aksionerlik-tijorat banklari uyushma korxonalariga qonunda belgilangan tartibda tegishli kafolatlar yoki garov berish sharti bilan zarur kreditlar ajratib berilishida ularni butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. An’anaviy bozor muhitini qayta tiklash maqsadida, xalqning turmush tarzini hisobga olib, 1994-1995-yillar davomida barcha dehqon bozorlari qayta qurilishi ta’minlansin. Ana shu maqsadlar uchun birinchi galda bozorlarning o‘z mablag‘lari sarflanib, ular 1996-yilning 1-yanvarigacha respublika va mahalliy budjetlarga soliq to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ish bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik respublika shahar va tumanlari hokimlarining zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy tadbirlarni ko‘zda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Meva-sabzavot mahsulotini tayyorlash, saqlash va sotish bo‘yicha respublika kooperativ birlashmasi (“O‘zkooptayyorlovsavdo”)ni tashkil etish to‘g‘risida” 1991-yil 8-maydagi Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-926-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 7-son, 219-modda)