Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 18.01.1994 yildagi PF-744-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ BOSH BOSHQARMASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SOLIQ QO‘MITASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq va nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, yagona davlat soliq siyosatini o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 182-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tugatilib, xodimlarining 50 foizi Davlat soliq qo‘mitasiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi respublika hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiqashtirsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 18-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-744-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 40-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)