Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2023 02.02.2012 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.11.2023
Hujjat 02.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKADA TERMITLARGA QARShI KURAShISh IShLARINI JADALLAShTIRISh VA ULARNING ZARARINI BARTARAF QILISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi 605-sonli “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi turar joylari, madaniy-tarixiy obidalar, strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi obyektlarni saqlash, ularga zarar yetkazayotgan termitlarning tarqalishi va ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida termitlarga qarshi kurashish xizmatini koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida va uning muassisligida xoʻjalik hisobida faoliyat yurituvchi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti yoki boshqa tashkilotlar tomonidan yaratilgan termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termitlarga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan hamkorlikda uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari bilan birgalikda termitlar tarqalgan obyektlarni aniqlash hamda aholi oʻrtasida termitlarga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini shartnoma asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlariga buyurtmaga asosan yetkazib berishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilishi xavfli deb belgilangan hududlarning aniq roʻyxatini tuzish hamda ushbu hududlarda termitlar bartaraf etilganligi boʻyicha xulosalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning direktori va uning oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tayinlanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti bilan birgalikda markazning ustavi tasdiqlanishini, uning ustav fondi shakllantirilishini hamda Markazni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining Toshkent shahar, Olmazor tumani, A.Niyozov koʻchasi, 1-uy manzilidagi binoga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni zarur ixtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari termitlarga qarshi kurashish maqsadida Markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dezinfeksiya stansiyalari aholi yashaydigan uy-joylarda, ijtimoiy soha obyektlarida, korxona va tashkilotlarda hamda madaniy-tarixiy obidalarda termitlarga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish markazlari tabiiy sharoitda termitlar tarqalgan hududlarda (dalalarda, qabristonlarda, choʻl zonalarida va boshqa ochiq joylarda) ularga qarshi kurashish va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz termitlarga qarshi kurashishda intellektual mulk hisoblangan vositalardan foydalanganlik uchun huquq egasi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi Davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish jarayonida termitlarga qarshi zaharli yem-xoʻraklar va kurashish vositalarini takomillashtirish bilan bogʻliq izlanishlar mavzularini 2012-yildan boshlab Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari tarkibiga kiritilishini rejalashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun xavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi dunyo amaliyotida tan olingan termitlarga qarshi chidamli bino va inshootlar qurish tajribasini oʻrganib, belgilangan tartibda qurilishga joriy qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga respublikadagi oliy taʼlim muassasalarida biologiya, tabiatshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish ixtisosliklari boʻyicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlar oʻquv dasturlariga “Biozararlanish asoslari”, “Hasharotlar ekologiyasi” maxsus kurslarini kiritish va tegishli darsliklar bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.I. Zokirov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat unitar korxonasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 58-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)