Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.05.1991 yildagi PF-212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLG‘IZ PENSIONERLARNI IJTIMOIY HIMOYALASh YuZASIDAN QO‘ShIMChA TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionyerlarning turmush darajasi pastligini hisobga olib, insonparvarlik, mehr-muruvvat tuyg‘usidan kelib chiqib va shu toifadagi pensionyerlar ijtimoiy jihatdan himoyalanishini ta’minlash maqsadida ularga quyidagi imtiyozlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi tashish transportida (taksidan tashqari) va qishloq joylarda o‘zlari yashaydigan ma’muriy rayon hududida umumiy foydalanishdagi avtotransportda bepul yurish huquqi berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— shifokorlar retsepti bilan beriladigan dorilar uchun haq to‘lashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— belgilangan miqdordagi eng zarur mollar bepul berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionyerlar pensiya guvohnomasining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari beradigan maxsus qo‘shimcha varaqasi birinchi bandda ko‘rsatilgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjat deb belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston SSR Ijtimoiy ta’minot vazirligi, O‘zbekiston SSR Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston SSR Avtomobil transporti vazirligi, O‘zbekiston SSR Savdo vazirligi, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 1-bandda ko‘rsatilgan imtiyozlarni berish to‘g‘risida nizom tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston SSR vazirliklari va idoralari, sovet va xo‘jalik idoralari joylardagi yolg‘iz pensionyerlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish ishini kuchaytirsinlar, jamoat tashkilotlarining, korxonalarning, muassasalarning va fuqarolarning muhtoj pensionyerlarga yordam berish borasidagi xayriya faoliyati qo‘llab-quvvatlansin va rivojlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Farmon 1991-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-212-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 134-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 92-modda)