Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi xodimlarini xizmat turar joylari bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qoʻshimcha safarbar qilingan va rotatsiya qilingan xodimlari uchun munosib turar-joy va maishiy sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimiyatining Toshkent shahar hokimiyati “Yagona buyurtmachi xizmati” IK balansidagi Toshkent shahar, Mirabad tumani, Qoʻyliq-4 massivida joylashgan qurilishi tugallanmagan yotoqxona binosi (keyingi oʻrinlarda — obyekt)ni tasarruf etish huquqisiz, begʻaraz asosda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi balansiga oʻtkazish taklifiga rozilik berilsin.
2. Toshkent shahar hokimiyati bir hafta muddatda obyektni topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi esa uni belgilangan tartibda qabul qilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan obyekt qurilishini yakunlasin va zarur texnik jihozlar bilan taʼminlasin, shuningdek tutash hududni obodonlashtirsin;
qabul qilingan obyektdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun xizmat turar-joyi sifatida foydalanishni taʼminlasin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimiyati munitsipal mulk obyektlari sotuvi jarayonini tezlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son qaroriga ilovaning 19-qatori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini ochiq savdolarda sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 18-iyuldagi 207-son qaroriga 2-ilovaning 59-qatori.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-yanvar,
7-son