Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 18.07.2011 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

DAVLAT AKTIVLARINI OCHIQ SAVDOLARDA SOTISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son qarori bilan tasdiqlangan Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning kuchga kirishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan qoʻyilgan 1-ilovaga* muvofiq xususiylashtirilayotgan davlat aktivlarini ochiq savdolardan chiqarish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilova rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3-ilovalarga* muvofiq xususiylashtirilayotgan davlat aktivlarini savdolarga (qayta baholamasdan) takroran qoʻyish hamda ularni rieltorlik tashkilotlari, shuningdek kim oshdi savdolari va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va 3 ilovalar rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda rieltorlik tashkilotlari va kim oshdi savdolari va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladigan 2 va 3-ilovalarga muvofiq xususiylashtirilayotgan davlat aktivlarini takroran savdolarga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik tashkilotlari orqali sotiladigan xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari — savdolarga ochiq savdolardan chiqarilgan sanada shakllangan (lekin boshlangʻich narxning 50 foizidan kam boʻlmagan) narx boʻyicha qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kim oshdi savdolari va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladigan xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari — savdolarga ular ochiq savdolardan chiqarilgan sanada shakllangan narx boʻyicha qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-iyuldagi 207-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-banddagi “ularning narxlarini boshlangʻich qiymatiga nisbatan bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini belgilangan tartibda qoʻllagan holda birja savdolari va” soʻzlari “ochiq savdolar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat aktivlarini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq birja savdolari” soʻzlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiq savdolar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “birja savdolariga” soʻzlari “ochiq savdolarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 303-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)