Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
KORXONALARNING MOLIYAVIY TOʻLOV QOBILIYATINI SOGʻLOMLAShTIRISh HAMDA TIKLAShNING NAMUNAVIY REJASINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 352-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor ahvoldagi korxonalar bilan ishlash qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 31-martda tasdiqlangan Korxonalarning moliyaviy toʻlov qobiliyatini sogʻlomlashtirish hamda tiklashning namunaviy rejasi (roʻyxat raqami 352, 1997-yil 3-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 15-dekabr,
10-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 15-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 570-modda)