O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2012-2015-YILLARDA RESPUBLIKA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2011-YIL 31-OKTABRDAGI PQ-1633-SON QARORI)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Nestle O‘zbekiston” O‘zbekiston — Shveysariya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 14-oktabrdagi 462-son qarori 7-bandining beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi korxonalari uchun belgilanadigan tartibda” so‘zlari “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 32-ilovadagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomning 25 va 48-bandlaridagi “yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” so‘zlari “oziq-ovqat sanoati korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida:
a) 4-banddagi va 5-bandning birinchi xatboshidagi “yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” so‘zlari “oziq-ovqat sanoati korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasiga topshiriqlar Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasiga topshiriqlar bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda,) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida:
a) 31-banddagi “O‘zyog‘moyoziqovqatsanoat” uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 32-banddagi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Braziliya Federativ Respublikasidan soya dukkaklarini sotib olish va ularni qayta ishlashni tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 22-iyuldagi 209-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi va qarorga ilovaning izohidagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshidagi ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar” ustunidagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 10-maydagi 86-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 19-modda) 3-ilovaning “Ishlab chiquvchilar va birgalikda ishlab chiquvchilar” ustunining 13 va 14, 24 — 27-bandlaridagi “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi” hamda “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari tegishli ravishda “Oziq-ovqat-sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda BMTning mingyillikni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qaroriga 1-ilovaning “Mas’ul bajaruvchilar va sheriklar” ustunining 9-bandidagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 19-modda) 1-ilovaning 11-bandidagi “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” so‘zlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-iyundagi 160-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 23-son, 306-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini tashkil qilish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 6-apreldagi 172-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston go‘sht va sut sanoati (“O‘zgo‘shtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining ““O‘zgo‘shtsutsanoat” davlat uyushmasi korxonalarini xususiylashtirish, aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 19-avgustdagi 290-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga 3-ilovaning 4-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 22-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II bo‘limining 4-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorlari) 2009-yil 20-maydagi 142-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 50-son, 515-modda; 2013-y., 23-son, 306-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)