Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.10.2011 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING ANDIJON VILOYATIDA BOʻLGAN VAQTDAGI TOPShIRIQLARINI AMALGA OShIRIShGA DOIR TADBIRLAR REJASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati sanoat salohiyatini va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi punktlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirishni taʼminlash, shuningdek viloyat turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-sentabr — 1-oktabrda Andijon viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir Tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Tadbirlar rejasi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan Tadbirlar rejasining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar rejasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsinlar hamda muammoli masalalarni har oyda koʻrib chiqsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Andijon viloyati hokimligi (Usmonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda ushbu qarorni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin, unda bajarish muddatlari va bajarish uchun masʼullarni koʻrsatgan holda qarorni bajarishning kalendar jadvalini tasdiqlashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda tadbirlarning bajarilishi muhokamasini tashkil etsin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hamda Andijon viloyati hokimligi rahbarlari Tadbirlar rejasining bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 26-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-oktabrdagi 288-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-sentabr — 1-oktabrda Andijon viloyatida boʻlgan vaqtdagi topshiriqlarini amalga oshirishga doir
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari‎

Masʼul bajaruvchilar‎

Bajarish muddatlari‎

1.‎

Andijon shahrining markazi joylashgan joyni belgilovchi bosh rejani ishlab chiqish, markaziy maydon va anjumanlar saroyini qurish. ‎

Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov)‎ 2011-yil 1-dekabr‎
2.‎

110-35 kV kuchlanishli ikki zanjirli elektr uzatish liniyasini Andijon viloyati Andijon tumanidagi “Kamolot” mavzesi hududidan koʻchirish.‎

“Oʻzbekenergo” DAK (Teshaboyev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov)‎ 2012-yil 1-mart‎
3.‎

Andijon shahrida kichik ichki va katta halqa yoʻllarini qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.‎

Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Moliya vazirligi (Guskova), Respublika yoʻl jamgʻarmasi (Shukurov), “Oʻzavtoyul” DAK (Abdullayev), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov)‎ 2011-yil 1-dekabr‎
4.‎

Andijon shahrining 2500 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Komissiya tarkibi yuzasidan taklif kiritish va tadbirlar dasturini ishlab chiqish. ‎

Aripov A.N., Andijon viloyati hokimligi (Usmonov)‎ 2011-yil 15-noyabr ‎
5.‎

Dasturni 2014-yilda toʻliq tugallagan holda, infratuzilma obyektlarini qurish va foydalanishga topshirishni tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Andijon viloyatining uy-joy mavzelari uchun kommunal infratuzilmani jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-iyundagi PQ-1355-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritish. ‎

Xoʻjayev B.A., Andijon viloyati hokimligi (Usmonov) (Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Moliya vazirligi (Guskova)‎ 2011-yil 1-dekabr‎
6.‎

Asaka shahrining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishni, obodonchilikni davom ettirishni va tashqi qiyofasini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi shaharni rivojlantirishning bosh rejasini ishlab chiqish. ‎

Azimov R.S., Xoʻjayev B.A., “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev), Iqtisodiyot vazirligi (Saidova), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov)‎ 2011-yil 30-dekabr‎
7.‎

Andijon va Asaka shaharlarining oziq-ovqat taʼminotini yaxshilash hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish uchun Asaka tumanini va Andijon tumanining bir qismini bogʻdorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va Respublika komissiyasiga (Mirziyoyev) kiritish. ‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Andijon viloyati hokimligi (Usmonov), Iqtisodiyot vazirligi (Salimov)‎ 2011-yil 15-noyabr‎
8.‎

Yaqin 5 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari ajratishning aniq manzilli rejasini ishlab chiqish, unda paxta va gʻalla dalalaridan uzoqroqda boʻlgan kamida 50—60 ta uyni joylashtirish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalarini tanlashni nazarda tutish.‎

Xoʻjayev B.A., “Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi (Xoshimbekov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ‎ 2011-yil 1-dekabr ‎
9.‎

Fermer xoʻjaliklari tuman Kengashlarini tuzi� yuzasidan takliflar hamda ular faoliyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tavsiyalar ishlab chiqish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati (kelishuv boʻyicha), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Roʻziyev) ‎ 2011-yil 30-dekabrgacha‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 43-44-son, 464-modda)