O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2011-YIL 5-AVGUSTDAGI 228-SON QARORI)
Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qarorini bajarish yuzasidan, axborotlarni shakllantirish va ommaviy kommunikatsiyalar orqali tarqatish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va samarali monitoring olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-oktabr,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-oktabrdagi 273-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Markazning” so‘zi “Markaz hamda Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Monitoring natijalari ekspert xulosasi olish zaruriyati bo‘lganda Komissiyaga ko‘rib chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va uning xulosasini tayyorlash, shuningdek ekspert xulosasini keyinchalik davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborish uchun taqdim etiladi”;
v) VI bo‘lim nomiga “Markazning” so‘zidan keyin “hamda Komissiyaning” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 14-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Huquq buzilishlarining ayrim holatlari bo‘yicha ekspert xulosasi olish zaruriyati bo‘lganda Markaz monitoringning tegishli natijalarini ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi, Komissiya monitoring natijalari olingan sanadan 30 kundan kechikmay ularni ekspertizadan o‘tkazadi, o‘z xulosalarini tayyorlaydi va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuboradi”;
d) 15-bandning birinchi xatboshiga “Markaz” so‘zidan keyin “hamda Komissiya” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 16 va 17-bandlarga “Markazning” so‘zidan keyin “hamda Komissiyaning” so‘zlari qo‘shilsin;
j) 18-bandda:
“Markaz” so‘zidan keyin “hamda Komissiya” so‘zlari qo‘shilsin;
“Markazni” so‘zidan keyin “hamda Komissiyani” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 415-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)