Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 03.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 03.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-4
Kuchga kirish sanasi
13.10.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-4]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YO‘LDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning muqaddimasida “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan so‘zlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddimada “Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda)” degan so‘zlar “Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 491-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“491. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni sotib olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 117-band quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimlarni tasdiqlashda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 11-§ quyidagi mazmundagi 1371-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1371. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig‘i qarorgohini joylashtirish uchun ko‘chmas mulkni ijaraga olish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona ko‘chmas mulkni ijaraga olish niyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 1871-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1871. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila a’zolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 439-modda)