14.09.2011 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2011—2015-YILLARDA RESPUBLIKA MOLIYA-BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISH VA BARQARORLIGINI OSHIRISH HAMDA YUQORI XALQARO REYTING KO‘RSATKICHLARIGA ERISHISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI TO‘G‘RISIDA” 2010-YIL 26-NOYABRDAGI PQ-1438-SON QARORI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son qaroriga muvofiq, davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirish hamda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 14-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining yoki Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi qaroriga binoan ishonchli boshqaruvga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning ishonchli vakili aksiyalar (ulushlar, paylar)ning faqat bitta davlat paketini boshqarishga haqlidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari bo‘yicha davlat budjetiga tushgan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular bo‘lmaganda esa — xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddagi “qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari “shuningdek bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga boshqaruv muassisiga xizmatlar ko‘rsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisiga mukofot puli yil natijalari bo‘yicha, shartnomaga muvofiq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqargan taqdirda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyatini taqdirlash uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida boshqarishi samaradorligiga bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 31-1-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31-1. Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘zi kuzatuvchi kengashining a’zosi hisoblanadigan jamiyatning mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha taqdirlash puli olishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash puli miqdorlari jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari bo‘yicha davlat budjetiga tushgan dividendlar, ular bo‘lmagan taqdirda esa — xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablag‘lar davlat aktivlarini ishonchli boshqarganlik uchun taqdirlash puli to‘lashning manbalari hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini va xususiylashtirish investitsiya fondlarini ishonchli boshqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq taqdirlashning xususiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “qo‘shimcha (mukofot puli)” so‘zlari “mukofot pulini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “qo‘shimcha (mukofot puli)” so‘zlari “mukofot puli” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat korxonalari to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan korxona ustaviga muvofiq korxonaga o‘zi bergan mulkdan foydalanishdan tushgan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish uchun davlat korxonalarining sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalarning prognoz parametrlariga muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bozor qiymati eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdoridan oshadigan mol-mulkini ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq mulkni tasarruf etish uchun davlat korxonasining ijro etuvchi organiga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorni tegishli ravishda Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga barcha soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin davlat korxonasida qoladigan sof foyda, shuningdek Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan belgilanadigan davlat korxonasining sof foydasidan davlat budjetiga ajratmalar korxona ixtiyorida qoladi va undan muassisning qaroriga binoan foydalaniladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Ichki audit xizmati xodimlari oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi va quyidagi talablardan bittasiga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi auditorlarning respublika professional jamoatchilik birlashmalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va vazifalarini hal etish uchun yetarli bo‘lishi kerak hamda korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan sertifikatsiyalangan ikki nafardan kam bo‘lmagan ichki auditordan iborat etib belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning birinchi xatboshidagi “tegishli auditor sertifikatiga” so‘zlari “ichki auditor sertifikatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlar)ni ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandning birinchi xatboshidagi “uch kun muddatda” so‘zlari “ikki ish kuni mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “taqdirlanish” so‘zidan keyin “davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ijro etuvchi organ tomonidan ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik jamiyatida davlat budjetiga, davlat maqsadli fondlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-reja parametrlari bajarilmaganda jamiyatning kuzatuvchi kengashiga ijro etuvchi organ rahbarining ishlarini baholash hamda u bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar (qatnashchilar)ning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish masalasini kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. Ishonchli boshqaruvchiga boshqarish xizmatlari ko‘rsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli yil natijalari bo‘yicha, shartnomaga muvofiq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida davlat aktivlarini boshqarishi samaradorligiga bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 381-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)