O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BADIIY GIMNASTIKA BO‘YIChA BOLALAR-O‘SMIRLAR IXTISOSLAShTIRILGAN RESPUBLIKA OLIMPIYA ZAXIRASI SPORT MAKTABI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 238-sonli “Gimnastika sport turlari bo‘yicha davlat sport-ta’lim muassasalarida shug‘ullanuvchi o‘quvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat me’yorlari, jihoz va inventarlar normalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini:
yashash uchun anjomlar bilan ta’minlash normativlari 1-ilovaga muvofiq;
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash normativlari 2-ilovaga muvofiq;
sport anjomlari, sport ekipirovkasi va ixtisoslashtirilgan kiyim bilan ta’minlash normativlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 9-sentabr,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini yashash uchun anjomlar bilan ta’minlash
normativlari
|
T/r |
Anjom nomi |
O‘lchov birligi |
1 nafar o‘quvchi-sportchi hisobiga ehtiyoj |
Foydalanish muddati* |
| 1. | To‘shak | dona | 1 | 5 yil |
| 2. | Paxtali ko‘rpa | dona | 1 | 3 yil |
| 3. | Yostiq | dona | 1 | 3 yil |
| 4. | Qalin choyshab | dona | 1 | 5 yil |
| 5. | Jun adyol | dona | 1 | 3 yil |
| 6. | Sochiq | dona | 2 | 1 yil |
| 7. | Yostiq jildi | dona | 2 | 1 yil |
| 8. | Choyshab | dona | 2 | 1 yil |
| 9. | Ko‘rpa choyshabi | dona | 2 | 1 yil |
| 10. | Kiyim shkafi | dona | 1 | 5 yil |
| 11. | Javon�a | dona | 1 | 5 yil |
| 12. | Stol | dona | 1 | 5 yil |
| 13. | Stul | dona | 1 | 5 yil |
| 14. | Grafin va stakan | komplekt | 1 | 3 yil |
* Yashash uchun anjomlar ularning amaldagi holatini va tegishli anjomlarning foydalanishga yaroqliligini hisobga olgan holda almashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
normativlari
|
T/r |
Mahsulotlar |
Bir kunga gramm |
Kkal |
| 1. | 1-navli bug‘doy non | 300 | 678 |
| 2. | 1-navli bug‘doy uni | 20 | 65,8 |
| 3. | Kartoshka uni | 2 | 5,98 |
| 4. | Yorma, makaron mahsulotlari | 50 | 166,5 |
| 5. | Qand-shakar | 50 | 165,5 |
| 6. | Asal | 30 | 101,37 |
| 7. | Qandolatchilik mahsulotlari | 25 | 101,5 |
| 8. | Sariyog‘ | 50 | 374 |
| 9. | O‘simlik yog‘i | 15 | 134,8 |
| 10. | Sut | 500 | 290 |
| 11. | Qaymoq | 20 | 41,2 |
| 12. | Suzma | 50 | 78 |
| 13. | Pishloq | 15 | 55,6 |
| 14. | Go‘sht, parranda go‘shti | 130 | 171,6 |
| 15. | Kolbasa mahsulotlari | 25 | 69,3 |
| 16. | Baliq | 70 | 21,0 |
| 17. | Tuxum (dona) | 1 | 62,8 |
| 18. | Kartoshka | 300 | 277,45 |
| 19. | Sabzavotlar, shu jumladan tomat pastasi | 450 | 126,0 |
| 20. | Mevalar, rezavorlar, vitaminlashtirilgan sharbatlar | 300 | 138,0 |
| 21. | Quruq mevalar, shu jumladan na’matak-5 gr. | 20 | 54,6 |
| 22. | Choy | 0,5 | 0,545 |
| 23. | Kakao | 1 | 3,7 |
| 24. | Yodlangan tuz | 8 | 0 |
| 25. | Achitqilar | 1 | 0,85 |
| 26. | Mineral suv | 500 | 0 |
| | Jami: | | 3184,07 |
Izoh: oziq-ovqatlarning to‘yimliligi va quvvatini hisobga olgan holda ularni o‘zaro almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 253-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi o‘quvchi-sportchilarini sport anjomlari, sport ekipirovkasi va ixtisoslashtirilgan kiyim bilan ta’minlash
normativlari
|
T/r |
Nomi |
O‘lchov birligi |
Soni |
Foydalanishning cheklangan muddatlari |
| 1. | Gimnastika arg‘amchilari | dona | 1 | 6 oy |
| 2. | Gimnastika chambaraklari | dona | 1 | 3 yil |
| 3. | Gimnastika to‘plari | dona | 1 | 2 yil |
| 4. | Gimnastika bulavkalari | juft | 1 | 2 yil |
| 5. | Gimnastika lentalari | dona | 1 | 1 yil |
| 6. | Lentalar uchun tayoqchalar | dona | 1 | 1 yil |
| 7. | Mashg‘ulot kiyimi (mayka, shortiklar) | dona | 1 | 1 yil |
| 8. | Shamoldan himoyalovchi sport kostyumlari | dona | 1 | 2 yil |
| 9. | Gimnastika shippaklari | dona | 1 | 2 hafta |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 378-modda)