Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “G.V. PLEXANOV NOMIDAGI ROSSIYA IQTISODIYOT AKADEMIYASINING TOShKENT ShAHRIDAGI FILIALI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 5 SENTYABRDAGI 318-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oliy taʼlim sifatini yanada oshirish maqsadida, shuningdek G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi” oliy kasb taʼlimi davlat taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali nomini “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy kasb taʼlimi Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-avgust,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-avgustdagi 239-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 318-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning nomidagi “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi” soʻzlari “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy kasb taʼlimi Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2—5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy taʼlim Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oliy kasb taʼlimi sohasida taʼlim faoliyatini yuritish huquqi berilsin.
Oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash filialning asosiy vazifasi hisoblansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Filial “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti” oliy kasb taʼlimi Federal davlat budjeti taʼlim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlimning barcha bosqichida bakalavriat va magistratura boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
filialda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, universitetning oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi;
filialning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazani jihozlash universitetning oʻz mablagʻlari, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish uchun tushumlar, homiylar ajratadigan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
filialga abituriyentlar qabul qilish, shuningdek filial bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish universitet tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;
bakalavrlar tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqitish uchun filialga har yili qabul qilinuvchilar 150 kishini, magistrlar tayyorlash dasturi boʻyicha esa — 75 kishini tashkil etadi.
Belgilansinki, filialning bitiruvchilariga universitetning Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi universitet bilan birgalikda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatini belgilasin.
5. Universitet:
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, fan va oliy taʼlimning eng yangi yutuqlarini oʻquv jarayoniga doimiy ravishda joriy etishga;
bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yoshlarni oʻqitish uchun grantlar ajratishga;
oʻz mablagʻlari hisobiga filialning professor-oʻqituvchilari tarkibi malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga;
filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
4. 7-banddagi “Rossiya iqtisodiyot akademiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin, shuningdek “transport xarajatlari” soʻzlaridan keyin “(aviachiptalar bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
5. 8-banddagi “G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 347-modda)