Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCNLARIGA 10 YIL” ESDALIK NISHONINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oʻn yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlar qurilishi ishiga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish maqsadida:
1. “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni taʼsis etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 25-dekabr,
PF-2993-son
“OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA 10 YIL” ESDALIK NISHONI TOʻGʻRISIDA
NIZOM
1. “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini mustahkamlashga, davlatning mudofaa qudratini har tomonlama oshirishga hissa qoʻshgan shaxslar, oʻzining yuksak kasb mahoratini, harbiy va vatanparvarlik byrchiga sadoqatini namoyon qilgan harbiy xizmatchilap, shu jumladan, mamlakatning myctaqilligini, uning hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun boʻlgan jangovar harakatlarda ishtirok etgan va zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan yoxud yaralangan va shikastlangan harbiy xizmatchilar taqdirlanadilar.
2. “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
3. “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Recpyblikaci Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni nomidan brigada komandirlari hamda ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi mansabdor shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga belgilangan shakldagi guvohnoma beriladi.
4. “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni koʻkrakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
5. “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni shaxsning vafotidan keyin uning oilasida tegishli guvohnoma bilan birga esdalik sifatida saqlash uchun qoldiriladi.
“OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA 10 YIL” ESDALIK NISHONI
TAVSIFI
“Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” esdalik nishoni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shakliga ega boʻladi.
Esdalik nishonining old tomonida sakkiz qirrali yulduz fonida kesishayotgan qilichlar bilan qalqon aks ettirilgan. Qalqonda yarim oy va yulduzcha tasvirlangan. Qalqonning quyi qismida hilpirab turgan lentaga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligini va yubiley sanasini bildiruvchi 1992—2002 raqamlari yozilgan.
Esdalik nishonining doirasi boʻylab “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 10 yil” yozuvi mavjud.
Esdalik nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Tasvirlar va yozuv qavariqdir.
Esdalik nishonining qirralari hoshiyalangan.
Esdalik nishoni eni 24 millimetrli havo rang shoyi muhayyar tasma bilan qoplangan besh qirrali kolodkaga halqacha yordamida tutashtiriladi. Tasma eni 2 millimetrli sariq rangdagi yoʻllar bilan hoshiyalangan. Tasmaning oʻrtasidan bir-biridan eni 2 millimetrli sariq yoʻl bilan ajralib turadigan eni 3 millimetrli ikkita yashil rangli yoʻllar oʻtgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 11-12-son, 225-modda)