05.07.2011 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ELEKTRON KUTUBXONA TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI HAMDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA VA KUTUBXONALARDA TOʻLIQ MATNLI ELEKTRON AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI FONDINI YARATISH REJA-JADVALINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari koʻrsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kutubxona toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda toʻliq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida idoraviy mansub axborot-kutubxona muassasalarining kutubxona fondlari tarkibi va maqsadidan kelib chiqqan holda ular tarkibida faoliyat koʻrsatuvchi elektron kutubxona toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan toʻliq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron kutubxona toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Namunaviy nizom axborot-kutubxona muassasalari elektron kutubxonasining vazifasi va tashkiliy asosini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Elektron kutubxona axborot-kutubxona muassasasi tarkibida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektron kutubxona elektron shaklda taqdim etilgan, koʻp foydalaniladigan tarzda taqsimlangan turli axborot-kutubxona resurslarini toʻplash, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektron kutubxonadan foydalanish qoidalari axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Elektron kutubxonaning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron kutubxonaning asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kitobxonlarga taqdim etish qiyin boʻlgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat elektron shaklda mavjud boʻlgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari roʻyxatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga integratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Elektron kutubxonaning asosiy funksiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar bazasini yaratish uchun maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq matnli hujjatlarni koʻchirishning kengaytirilgan imkoniyatlari bilan birgalikda izlashning kuchli tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona resursini elektron shaklda raqamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona resurslarining elektron shakli holatini axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridagi oʻzgarishlarga moslashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmogʻiga ulanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va foydalanuvchilarni elektron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga oʻqitish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilar hisobiga toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish (kitob savdosi tashkilotlari, nashriyotlar va elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar, shu jumladan tijorat tashkilotlari orqali hamda axborot resurslariga ega boʻlgan xususiy shaxslardan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obuna boʻlish (davriy nashrlarni tarqatadigan tashkilotlar orqali);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayirboshlash (xalqaro va kutubxonalararo kitob ayirboshlash yoʻli bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bepul olish, shu jumladan nashrlar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hadya sifatida qabul qilish (oʻzining elektron axborot-kutubxona resurslari, taʼlim muassasalarining fakultetlari, kafedralari va boshqa boʻlinmalari materiallari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona muassasasi fondlarida mavjud boʻlgan barcha axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlgan elektron katalog;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi turli tashkilotlardan olingan elektron nashrlar va hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosma nashrlarning elektron versiyalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasasi nashrlarining elektron versiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga oʻtkazish jarayonida axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-taʼlim, madaniy-tarixiy va oʻquv xususiyatiga ega boʻlgan elektron axborot-kutubxona resurslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Elektron axborot-kutubxona resurslarini tayyorlash va qayta ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tavsiya etilgan formatlarga muvofiq tayyorlanishi va arxivlashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Elektron axborot-kutubxona resurslari istalgan elektron manbalarda qabul qilinadi. Internet (Intranet) tarmogʻida elektron axborot-kutubxona resursi joylashganligini koʻrsatuvchi havolani (tarmoqli manzil) keltirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron axborot-kutubxona resurslari manbalari va resurslarning oʻzi kompyuter viruslaridan xoli boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Elektron axborot-kutubxona resurslarini elektron kutubxonaga uzatish ilova qilinadigan hujjat asosida axborot-kutubxona muassasasining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Elektron axborot resurslari va elektron kutubxonaga qabul qilingan materiallar axborot, kutubxona va nashriyot ishi boʻyicha standartlar tizimiga (AKNIST) hamda Oʼz DSt 1214:2009 va 1215:2009 davlat standartlariga muvofiq qayta ishlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyasiga doir masalalar axborot-kutubxona muassasasining ichki tartibga solish hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Elektron axborot-kutubxona resurslarini joylashtirish va saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasalarining serverlarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot manbalaridagi lokal elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona fondida saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot manbalarining har xil turlarida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasasining serverlarida joylashtiriladi va saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lokal va tarmoq axborot-kutubxona resurslari sifatida foydalaniladigan elektron axborot-kutubxona resurslari serverlarda joylashtiriladi va saqlanadi. Axborot-kutubxona resurslari maʼlumotlarining majburiy nusxasi axborot-kutubxona fondida axborot manbalarida saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchirilgan elektron axborot-kutubxona resurslari huquq egasi boʻlgan tashkilotlarning serverlariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash, zararli dasturiy taʼminlashdan va ruxsat berilmagan nusxa koʻchirishdan himoya qilish tarmoqning umumiy xavfsizlik mexanizmlari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Elektron kutubxona faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Elektron kutubxona ishiga rahbarlik qilish axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborot-kutubxona muassasasi rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kutubxona ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kutubxona ishini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron kutubxona ishi uchun masʼul boʻlgan xodimlarning malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Elektron kutubxona ishini axborot bilan, huquqiy va moddiy-texnik taʼminlash axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy boʻlinmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda toʻliq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REJA-JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Tadbirlar nomi‎ Amalga oshirish shakli‎ Bajarish muddati‎ Moliyalashtirish manbalari, mln soʻm* Masʼul bajaruvchilar‎

I. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish

1.‎ Yigʻma elektron katalog respublika markazi, yigʻma elektron katalog sektorlari va axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari (elektron shaklga oʻtkazish) faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:
‎Elektron katalog toʻgʻrisida nizom;
‎Yigʻma elektron katalog toʻgʻrisida nizom. ‎
Nizom‎ 2011-yil IV chorak‎ —‎ Maxsus vakolatli davlat organi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
2.‎ Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga oʻtkazish va ularni axborot-kutubxona muassasalariga yetkazish uchun ularni tanlash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish.‎ Yoʻriqnoma‎ 2011-yil III chorak‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
3.‎ Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga bosqichma-bosqich oʻtkazishni aniqlash maqsadida axborot-kutubxona muassasalari fondlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va tizimlashtirish. ‎ Axborot-kutubxona resurslari roʻyxati ‎ 2011-yil III chorak‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎
4.‎ Yigʻma elektron katalogni shakllantirish uchun tajriba axborot-kutubxona muassasalari tarmogʻini yaratish.‎ Kompleks tadbirlar ‎ 2011 — 2015-yillar‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari
‎42,0‎
‎2011-yil — 18,0
‎2012-yil — 6,0
‎2013-yil — 6,0
‎2014-yil — 6,0
‎2015-yil — 6,0 ‎

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
5.‎ 21 ta axborot-kutubxona muassasasi huzurida axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari ochish.‎ Buyruq‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
6.‎ Toʻliq matnli maʼlumotlar bazasini yaratish uchun tanlangan axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga oʻtkazish.‎ Jadval ‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
7.‎ Integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmogʻi faoliyat koʻrsatishi uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish.‎ Tadbirlarning kompleks rejasi‎ 2011 — 2015-yillar‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari
‎1 161,6
‎2011-yil — 46,08
‎2012-yil — 286,08
‎2013-yil — 284,8
‎2014-yil — 280,32
‎2015-yil — 264,32 ‎
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
8.‎ Axborot-kutubxona muassasalarining tarmoqli oʻzaro hamkorligi tizimini yaratish.‎ Texnik loyiha‎ 2011 — 2015-yillar‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari
‎378,0
‎2011-yil — 75,6
‎2012-yil — 75,6
‎2013-yil — 75,6
‎‎2014-yil — 75,6
‎‎2015-yil — 75,6 ‎
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi‎
9.‎ Axborot-kutubxona muassasalarini yagona integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmogʻiga ulash va axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlarini joriy etish.‎ Ulash jadvali va tadbirlar roʻyxati‎ 2011 — 2015-yillar‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari
‎2 178,0
‎2011-yil — 86,4
‎2012-yil — 536,4
‎2013-yil — 534,0
‎2014-yil — 525,6
‎2015-yil — 495,6 ‎
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
10.‎ Axborot-kutubxona muassasalarining toʻliq matnli maʼlumotlar bazalarini yigʻma elektron katalogga biriktirish. ‎ Ishlar jadvali‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
II. Toʻliq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratishni texnik taʼminlash va yigʻma elektron katalogni shakllantirish
11.‎ Yigʻma elektron katalog respublika markazi va axborot-kutubxona markazlari (AKM)ning yigʻma elektron katalog sektorlarini jihozlash uchun kompyuter va tarmoq asbob-uskunalari sotib olish.‎ Asbob-uskunalar roʻyxati‎ 2011 — 2015-yillar‎ Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi axborot-kutubxona markazlarining budjetdan ajratiladigan mablagʻlari doirasida
‎147,0
‎undan:
‎2011-yil — 145,8
‎2012-yil — 0,3
‎2013-yil — 0,3
‎2014-yil — 0,3
‎2015-yil — 0,3 ‎
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
12.‎ Axborot-kutubxona muassasalarining raqamlash sektorlarini jihozlash uchun skanirlash, muqovalash va qirqish uskunalari sotib olish.‎ Asbob-uskunalar roʻyxati‎ 2011 — 2015-yillar‎ 756,0
‎undan:
‎2011-yil — 288,0
‎2012-yil — 144,0
‎2013-yil — 108,0
‎2014-yil — 108,0
‎2015-yil — 108,0
‎684,0 budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida:
‎2011-yil
‎Milliy kutubxona —
36,0‎,
Xalq taʼlimi vazirligining Respublika pedagogika ilmiy kutubxonasi — 36,0;
‎Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi — 36,0;
‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti— 36,0‎;‎
‎Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Milliy universiteti axborot-resurs markazi — 36,0;
‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi AKM — 36,0
‎ Andijon viloyati AKM —
36,0;
‎2012-yil

‎Buxoro viloyati AKM —
36,0;
‎‎Jizzax viloyati AKM—
36,0;
‎‎Qashqadaryo viloyati AKM —
36,0
‎‎2013-yil

‎Navoiy viloyati AKM — 36,0;
‎Namangan viloyati AKM —
36,0;
‎Samarqand viloyati AKM —
36,0;
‎2014-yil
‎Surxondaryo viloyati AKM —
36,0;
‎Sirdaryo viloyati AKM —
36,0;
‎Fargʻona viloyati AKM —
36,0
‎2015-yil
‎Xorazm viloyati AKM —
36,0;
‎Toshkent viloyati AKM —
36,0;
‎Toshkent shahri AKM —
36,0.
‎2011-yil — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining oʻz mablagʻlari va homiylik mablagʻlari hisobiga
‎36,0 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ARM;
‎2012-yil — Fanlar akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlaridan
‎36,0 — Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi. ‎
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi ‎
13.‎ Yigʻma elektron katalogni shakllantirish va elektron bibliografik yozuvlarning yagona bazasini yaratish.‎ Yigʻma elektron katalog‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
III. Toʻliq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish hamda yigʻma elektron katalogni shakllantirish uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni oʻqitish
14.‎ Yigʻma elektron katalog respublika markazi va axborot-kutubxona markazining yigʻma elektron katalog sektorlari mutaxassislarini tayyorlash va ularni yigʻma elektron katalogni shakllantirish ishiga oʻqitish.‎ Oʻqitish jadvali‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
15.‎ Axborot-kutubxona muassasalari huzuridagi axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari mutaxassislarini tayyorlash va ularni asbob-uskunalar bilan ishlash boʻyicha oʻqitish.‎ Oʻqitish jadvali‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
16.‎ Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan seminarlar va davra suhbatlari, malaka oshirish va stajirovka kurslari tashkil etish va oʻtkazish.‎ Tadbirlar rejasi‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
17.‎ Axborot xavfsizligi va axborot-kutubxona resurslari butligini taʼminlash masalalari boʻyicha oʻqitish, stajirovkalar, mahorat darslari tashkil etish.‎ Tadbirlar rejasi‎ 2011 — 2015-yillar‎ —‎ Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona‎
Jami:‎ 4 662,6‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Reja-jadvalni amalga oshirish boʻyicha xarajatlar “Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmogʻini yaratish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (DTIHK) asosida aniqlashtiriladi va ularga tuzatishlar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 33-34-son, 391-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 285-modda; 2012-y., 33-34-son, 391-modda)