29.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2238
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 29.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2238
Kuchga kirish sanasi
09.07.2011
Hujjat 09.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAVO TRANSPORTIDA YOʻLOVCHI VA BAGAJ TASHISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 95-moddasiga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 19-oktabrdagi 129-son “Yoʻlovchilar va qoʻl yukini havo transportida tashish umumiy qoidalari (OʻzR AQ 195)” Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsion qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1529, 2005-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 369-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq T. E. OʻLJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)ning xalqaro standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ι bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“stor-over” — tashuvchi bilan oldindan kelishilgan holda yoʻlovchining oʻz yoʻnalish manzillaridan birida, yaʼni chiptada koʻrsatilgan uchish va manzil punktlari orasida joylashgan punktda toʻxtashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aviatsiya xavfsizligi — fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish bilan bogʻliq harakatlardan himoya qilish uchun moslashtirilgan, insoniy va moddiy resurslar hamda kompleks chora-tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aerodrom — quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka, unda joylashgan binolar va inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroport — havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagaj — tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashiladigan yoʻlovchilarning va ekipajning shaxsiy ashyolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagaj kvitansiyasi — roʻyxatga olingan bagajni havoda tashishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi chipta qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajni bepul tashish — ogʻirligi tashuvchi tomonidan belgilangan erkin tashish meʼyoriga mos kelgan, qoʻshimcha yigʻimlar toʻlovisiz tashiladigan bagaj. Bunday meʼyorni tashish haqi yoʻlovchi tashish tarifiga kiritilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyni oldindan band qilish — yoʻlovchini havo transportida tashish uchun havo kemasi sahnida joyni yoki bagajni tashish uchun havo kemasining bagaj va yuk boʻlmalarida boʻshliqni oldindan band qilib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi — havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuvchisi yoʻq bagaj — yuk sifatida tashiladigan havo yuk xati boʻyicha yoʻlovchining shaxsiy buyumlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzil punkti — chiptada koʻrsatilgan oxirgi toʻxtash punkti (yoʻnalishning yakuniy punkti);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tarif — ishlatishda turli xildagi cheklash shartlari boʻlgan tarif (masalan sotish muddatlari, eng kam toʻxtab turish talablari, joyni oldindan band qilish va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meʼyordagi tarif — yoʻlovchiga tashish yoʻnalishida qaytish va oʻzgartirishlar imkonini beruvchi, tariflar kombinatsiyasi boʻyicha maksimal egiluvchan eng yuqori taʼrif;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meʼyordan ortiq bagaj — bagaj vaznining tashuvchi belgilagan erkin (bepul) tashish meʼyoridan oshib ketgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvoz kuponi — yoʻlovchi chiptasining bir qismi boʻlib, unga muvofiq chiptada koʻrsatilgan yoʻnalishning aniq bir boʻlagida yoʻlovchi va bagajni havo transportida tashish bajariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj — havo transportida tashishga qabul qilingan, javobgarligi tashuvchiga yuklatilgan, bagaj kvitansiyasi va raqamli bagaj birkasiga ega boʻlgan bagaj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan bagaj (qoʻl yuki) — tashuvchi tomonidan belgilangan meʼyor doirasida havo kemasi salonida yoʻlovchi nazorati ostida bepul tashishga ruxsat etilgan bagaj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarif — yoʻlovchi va bagajni tashish uchun belgilangan toʻlov miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish hujjatlari — yoʻlovchini, qoʻl yukini va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi — aviatsiyada yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyasi boʻlgan havo kemasining ekspluatanti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining vakolatli agenti — tashuvchi nomidan tashish xizmatlarini sotishda, yoʻlovchilarga yerda xizmatlar koʻrsatish yoki yukni tayyorlash amallarini bajarishda harakat qilishga vakil qilingan shaxs yoki tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tranzit — yoʻnalish davomidagi toʻxtash punkti, bunda tashilayotgan yoʻlovchi qatnovni bajaradigan havo kemasida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer — chiptada koʻrsatilgan, tashish yoʻnalishi manzilida tashuvchining bir qatnovidan ikkinchi qatnoviga (xususiy transfer) yoki bir tashuvchining qatnovidan ikkinchi tashuvchi qatnoviga (interlayn transferi) yoʻlovchini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi — atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro taʼsiri hisobiga ushlab turiladigan har qanday apparat, yer yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsir bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo transportida tashish — yoʻlovchilar va ularning bagajlari va yuklarini bevosita manzil joyigacha yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan aeroportlar va havo transporti tashuvchilari (ekspluatantlar) tomonidan bajariladigan chora-tadbirlar va amallar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
charter — charter (havo kemasini kira qilish) shartnomasi boʻyicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun toʻliq berib turish majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chipta — oʻz ichiga bagaj kvitansiyasini olgan va yoʻlovchi hamda bagajni havo transportida tashish boʻyicha shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi va bagaj tashishga qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar eksperimental va davlat aviatsiyasi ekspluatantlari tomonidan amalga oshiriladigan tashishlarga, shuningdek maxsus aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekspluatantlarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashuvchilar havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish boʻyicha oʻzlarining qoidalarini oʻrnatishga haqli boʻlib, ushbu qoidalar mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar darajasidan past boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki hamda xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchi tashish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 131-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy va xalqaro havo yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq litsenziyasi mavjud boʻlgan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻlovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilinishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish tashuvchi va buyurtmachilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida yoki tashkilotlar va fuqarolarning bir martalik buyurtmalari asosida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi bagaj topshirgan boʻlsa — bagajni belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, tashuvchi belgilagan meʼyordan ortiq bagaj boʻlgan taqdirda esa — bagaj uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoʻlovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi chipta, bagaj pattasi, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, pochta orqali tashish hujjatlarining shakli bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashuvchi yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilga tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda yoki tashish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat boʻlmagan taqdirda esa, oqilona muddatda eltib qoʻyishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoʻlovchi qonun hujjatlari hamda tashuvchilar tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo transportidan imtiyozli shartlarda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan miqdor doirasida oʻzi bilan bepul bagaj olib yurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun esa – belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yagona tashish shartnomasi asosida havo transporti ishtirokida turli transport vositalari yordamida yoʻlovchi va bagajni tashish, manfaatdor tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir necha tashuvchi tomonidan yoʻlovchi va bagajni belgilangan manzilgacha havo transportida tashishda, tashish yoʻnalishidagi aeroportlarda bir havo kemasidan boshqasiga oʻtish, tashishda tanaffus boʻlishidan qatʼi nazar tashuvchilar oʻrtasidagi kelishuvga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashuvchi tashish shartnomasiga binoan ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida tashishda Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda), boshqa qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan javobgarlik doirasida yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻi, ular bagajining saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashuvchi yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirmasdan ob-havoning oʻzgarishi, aviatsiya xavfsizligi, parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtishi moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib hamda texnik sabablarga asosan chiptada koʻrsatilgan tashuvchini almashtirishi va parvozlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin. Bunda tashuvchi yoʻlovchi va uning bagajini vaqtida yetkazish uchun barcha zarur imkoniyatlardan foydalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashuvchi xavfsizlikni taʼminlash yoxud parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan davlatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruratidan kelib chiqib, tashish shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Joyni oldindan band qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yoʻlovchi uchun maʼlum qatnov va sanaga havo kemasida joyni oldindan band qilib qoʻyish (bundan buyon matnda band qilish deb yuritiladi) havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashishning zarur sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Band qilish yoʻlovchi tomonidan telefon, Internet tarmogʻi, elektron pochta orqali yoki boshqa aloqa vositalari bilan tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga murojaat qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Band qilishda avtomatlashtirilgan tizimdan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Band qilish muddati tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Band qilish chipta rasmiylashtirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Band qilingan joy yoki chipta haqida olingan maʼlumotlarni tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan boshqa shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Band qilishda yoʻlovchi tashish uchun toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmasa yoki tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajarmagan hollarda, tashuvchi yoki uning vakolatli agenti yoʻlovchini ogohlantirmasdan band qilishni bekor qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yoʻlovchi band qilingan joyga, tashuvchini oldindan xabardor qilmay qatnovga yetib kelmasa, tashuvchi tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida band qilishni bekor qilish huquqiga ega va yoʻlovchidan tashishdan voz kechganligini hamda oʻz vaqtida xabar bermagani uchun belgilangan tartibda yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yoʻlovchi tashuvchi bilan belgilangan muddatgacha band qilingan joyni bekor qilish toʻgʻrisida tashuvchini xabardor qilgan boʻlsa, unda tashuvchi bilan yoʻlovchining oʻzaro kelishuviga asosan, tashish yoʻnalishining keyingi uchastkalarida tasdiqlangan band qilish bekor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchi band qilishni bekor qila olmagan yoki roʻyxatga olish joyiga yetib kela olmagan boʻlsa, yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻligi yomonlashganligi sababli, yoʻlovchi band qilingan joydan voz kechmagan boʻlsa yoki roʻyxatga olish joyiga yetib kelmagan boʻlsa, bu holat tibbiy maʼlumotnoma bilan tasdiqlanganda, yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Band qilingan joylarga yoʻlovchilarning qatnovga kelmaslik hollarini inobatga olib va bunday hollarda tashuvchi oʻzining tijorat yoʻqotishini kamaytirish maqsadida yoʻlovchilarni havo kemasida mavjud boʻlgan miqdordan ortiq joyni band qilishi mumkin. Bunda qatnovga kelgan yoʻlovchilar belgilangan miqdordan oshgan taqdirda tashuvchi qolgan yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazmasligi mumkin va buning uchun ushbu yoʻlovchilarga belgilangan tartibda kompensatsiya xizmatlarini koʻrsatishi hamda ularni navbatdagi qatnovga yoki boshqa tashuvchining qatnoviga joyni band qilish orqali tashishni taʼminlashi lozim. Tashuvchi bu haqda chipta rasmiylashtirish jarayonida yoʻlovchilarni oldindan ogohlantirgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashuvchi oʻz qoidalarida quyidagi toifalar uchun band qilishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zambildagi kasal yoʻlovchilarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarni, shu jumladan oʻrindiq-aravachada tashiladiganlarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilarni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi tomonidan bepul tashishga ruxsat etilgan belgilangan meʼyordan oshgan bagajni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilgan koʻrinishda uch oʻlchov yigʻindisi boʻyicha hajmi 200 sm dan oshgan bagajni, shu jumladan turli xil sport anjomlarini tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat havo kemasi salonining qoʻshimcha oʻrindigʻida tashilishi mumkin boʻlgan bagajni tashishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar yoki qushlarni tashishda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Parvozlar jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tashuvchi tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan tashishlarni amalga oshirish uchun parvozlar jadvali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, charter tashishlar uchun ham parvozlar jadvali tasdiqlanishi mumkin, bunda ushbu tashishlar oldindan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Parvozlar jadvalida har bir yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalarining qatnovi, qatnov raqamlari, qatnovlar bajariladigan hafta kunlari, uchish vaqtlari va ularning rusumlari haqida, shuningdek tashuvchi yoʻlovchilarga yetkazilishi lozim deb hisoblangan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Chiptada koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi maʼlumotlar chipta rasmiylashtirilgan kuni amalda boʻlgan parvozlar jadvalida koʻrsatilgan havo kemasining qatnovi haqidagi maʼlumotga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Boshqa shaxslar tomonidan tashuvchi bilan kelishilmagan holda nashr qilingan parvozlar jadvalidagi xato maʼlumotlar uchun tashuvchi javobgar emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashuvchilar yoʻlovchilarning parvozlar jadvali bilan erkin va toʻsiqsiz tanishishlari uchun barcha qulayliklarni yaratishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazishni toʻxtatish vaqti tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Chiptasi bor yoʻlovchi joʻnash aeroportiga yoki tashuvchi tomonidan belgilangan boshqa manzilga, tashuvchi belgilagan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tashuvchi yoʻlovchilarni zarur vositalar yordamida roʻyxatdan oʻtkazishning boshlanish va yakunlanish vaqti haqida xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazishda yoʻlovchi oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Joyi band qilinganligi tasdiqlangan yoʻlovchi, roʻyxatga olish punktiga belgilangan vaqtdan kechikib kelib, natijada roʻyxatdan oʻta olmasa, bu holda yoʻlovchi qatnovga qoʻyilmaydi. Ushbu yoʻlovchi kechikib kelganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarda koʻrsatilgan yigʻimni toʻlaganidan soʻng, boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan boshqa qatnovda tashilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazuvchi xodimlar, havo kemasiga tashish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan va (yoki) roʻyxatdan oʻtkazilmagan (qoʻl yuki) bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan xavfli modda va buyumlar ortilishining oldini olish maqsadida, yoʻlovchidan bagaj tarkibida xavfli modda va buyumlar bor deb shubha tugʻilgan hollarda, bagajning tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yoʻlovchi tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Yoʻlovchi chiptasi va uni rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Har bir yoʻlovchiga qogʻoz blankasi yoki elektron shaklda chipta rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chipta yoʻlovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida rasmiylashtirilib, undan boshqa shaxslarning foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Chiptada chiptani sotilish joyi va sanasi, joʻnash vaqti, havo kemasining joʻnash va qoʻnish manzili, barcha oraliq qoʻnish manzillari, tashish shartnomasini bajarishga aloqador boʻlgan tashuvchilarning nomi hamda tashish shartnomasining boshqa muhim shartlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Chiptani rasmiylashtirish vaqtida yoʻlovchiga tashish shartlari haqida maʼlumot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Chipta belgilangan tariflar uchun toʻlov amalga oshirilganidan soʻng rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiptaga toʻlov amalga oshirilayotganda parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan davlat tomonidan belgilangan tartibga asosan tashuvchi tomonidan yoʻlovchidan qoʻshimcha yigʻimlar undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashuvchi tashish shartnomasini rasmiylashtirish vaqtida, yoʻlovchini tashishning tasdiqlangan tariflariga kiritilmagan qoʻshimcha yigʻimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi lozim. Bunday yigʻimlar tashish shartnomasida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tashish uchun tariflar va yigʻimlarni toʻlash tashish xizmati koʻrsatilayotgan davlatda amal qiluvchi valyuta qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Chipta uchish joyidan tashuvchi bilan kelishilgan barcha toʻxtash manzillari orqali qoʻnish manziligacha haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yoʻlovchi qatnov bajarilishidan oldin tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga asosan rasmiylashtirilgan hamda ushbu qatnov uchun parvoz, yoʻlovchi va foydalanilmagan parvoz kuponlari mavjud boʻlgan chiptani taqdim etmaganda, ushbu yoʻlovchi tashishga qoʻyilmaydi, elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chipta bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chipta tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Elektron shaklda rasmiylashtiriladigan chiptadan foydalanilgan hollarda, agar yoʻlovchi oʻz shaxsini tasdiqlovchi va ushbu chipta aynan uning nomiga rasmiylashtirilganligini maʼlumotlar bazasidan aniqlanganligi toʻgʻrisida hujjat boʻlmasa, u qatnovga qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashuvchi yoki uning vakolatli agenti chiptani quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topadi va tashishdan bosh tortishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptada belgilangan tartibda tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptada uni rasmiylashtirgan vakolatli agent nomi, sotish sanasi va joyi haqida agentning shaxsiy (validator) shtampi yoki avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi vositasida amalga oshirilgan belgilar boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalbakilashtirilgan (seriya raqami, joriy etilgan rasmiylashtirish tartibiga rioya etilmagan boʻlsa, ushbu chipta koʻrinishidagi belgilarning tashuvchi foydalanadigan yagona nusxadan farqlanishi, chiptada tashuvchi foydalanadigan poligrafik himoya belgilarining boʻlmasligi va boshqalar) chipta taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Buzilgan yoki rasmiylashtirishda xatosi mavjud boʻlgan qogʻoz chipta taqdim etilganda va tashishga qabul qilingan joyda yoki yoʻnalishning keyingi manzillarida ushbu chiptaning haqiqiyligini tasdiqlash talab etilsa, bunda yoʻlovchi tashish shartnomasi haqiqiyligini tashuvchi yoki uning vakolatli agentining tashishga ruxsat yozuvini qoʻyish bilan tasdiqlatganidan keyin, tashishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan chipta oʻrniga, yoʻlovchining murojaatiga asosan dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dublikat berish jarayonida yoʻlovchidan yoʻqotilgan chiptani topib olingan taqdirda, uni tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga qaytarish boʻyicha tilxat olinadi. Agar, yoʻlovchi tilxat berishdan bosh tortganda, tashuvchi unga yangi chipta sotib olishni taklif etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dublikat uchun belgilangan miqdorda yigʻim undiriladi, chiptaning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi tashuvchi yoki uning vakolatli agentining aybi bilan yuz bergan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yoʻqolgan chipta uchun, yoʻlovchining iltimosiga koʻra, belgilangan yigʻim toʻlangan taqdirda, chiptaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng, tariflarni qoʻllash qoidalariga muvofiq chipta uchun toʻlangan toʻlov yoʻlovchiga qaytarib berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yoʻlovchi istalgan vaqtda parvoz qilishdan voz kechish va bu voz kechish havo kemasi uchishidan oldin yoki keyin amalga oshirilganligiga qarab, tashuvchining tariflarni qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda toʻlangan pulning hammasini yoki uning bir qismini qaytarib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiptaning egasi vafot etganda yoki sogʻligʻi ogʻirlashganda yoʻlovchi yoki uning vakili chiptaning pulini belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Meʼyordagi tarif boʻyicha rasmiylashtirilgan chipta, tashish boshlangan sanadan boshlab, bir yil davomida, agar tashish boshlanmagan boʻlsa, chipta rasmiylashtirilgan sanadan boshlab, bir yil davomida haqiqiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus tariflar boʻyicha rasmiylashtirilgan chiptalarni yaroqlilik muddati tashuvchi tomonidan tasdiqlangan tariflarni qoʻllash qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi chipta uchun amalga oshirilgan toʻlovni qaytarishda, ushbu chipta sotib olishda qoʻllanilgan toʻlash usuli va pul birligi boʻyicha qaytarish huquqini oʻzida qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Chiptaning amal qilish vaqtida tashish yakunlanmasa, chiptaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytiriladi, agar tashuvchi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining joyni band qilganligi tasdiqlanganda, qatnov bekor qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish davomida yoʻlovchining yoʻnalishida, yoʻlovchi uchun uchib ketish, qoʻnish yoki toʻxtash (“stor-over”) manzili hisoblangan joyda rejalashtirilgan toʻxtash bajarilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parvozlar jadvalida koʻrsatilgan vaqt boʻyicha qatnov bajarilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi tomonidan qatnovlar tutashish joylariga yetib kela olmasligiga sabab boʻlgan harakatlar qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi dastlab toʻlagan xizmat koʻrsatish toifasi oʻzgartirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasida yoʻlovchiga band qilingan joy berilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda chiptaning amal qilish muddati, tashuvchining yoʻlovchi tomonidan dastlab toʻlangan tarifiga mos keluvchi xizmat koʻrsatish toifasidagi boʻsh joyi boʻlgan eng yaqin qatnovigacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Agar yoʻlovchi chiptaning amal qilish muddati davomida tashishdan foydalana olmasa, yaʼni joy band qilishni soʻragan boʻlsada, biroq tashuvchi bunday band qilishni tasdiqlay olmagan boʻlsa, bunday chiptaning amal qilish muddati tashuvchining qoidalariga muvofiq ravishda uzaytirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tashish boshlanganidan soʻng, chiptaning amal qilish muddati davomida yoʻlovchini yozma tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan kasalligi tufayli, tashish imkoniyati mavjud boʻlmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq bunday yoʻlovchi chiptasining amal qilish muddati, tibbiy xulosaga koʻra yoʻlovchi parvozni davom ettirishga qodir boʻlgan kundan yoki tashish qayta tiklangan manzildan yoʻlovchi toʻlagan xizmat koʻrsatish toifasiga mos joyi mavjud boʻlgan, eng yaqin qatnov amalga oshiriladigan kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chiptada qolgan parvoz kuponlari bir yoki bir nechta “stor-over”ga ega boʻlsa, bunday kuponning amal qilish muddati tashuvchi qoidalari bilan belgilangan tartibda tibbiy xulosada koʻrsatilgan kunga qadar uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda tashuvchi, zaruratga koʻra, bir vaqtning oʻzida kasal yoʻlovchiga hamrohlik qilayotgan yoʻlovchilarning chiptalarini ham amal qilish muddatlarini uzaytirib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tashish shartnomasining shartlariga koʻra yoʻlovchi yoki uning oila aʼzolari yoʻlda vafot etsa, ularning oʻlimi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish sharti bilan yoʻlovchi va unga hamrohlik qilayotgan shaxslarning chiptasini amal qilish muddati oʻzgartiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tashish yoʻnalishining oraliq manzillarida vaqtinchalik tanaffus va toʻxtash (“stor-over”) holatlariga tashuvchi bilan kelishilgan shartlarda ruxsat beriladi va ushbu holatlar tashish shartnomasining qiymatida hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Yoʻlovchi chiptani rasmiylashtirayotganda, qaysi bir yoʻnalish manzilida toʻxtashi haqida tashuvchini oldindan xabardor qilmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida tranzit aeroportida yoki tashish yoʻnalishi transferida xabardor qilgan boʻlsa va ushbu holat parvozning kechikishiga sabab boʻlsa, yoʻlovchi parvozning kechikkani uchun tashuvchining qoidalarida nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlaganidan soʻng, parvozni davom ettirishi mumkin. Agar, parvozning kechikishiga yoʻlovchi yoki u bilan birga havo kemasida uchayotgan oila aʼzolaridan birining sogʻligʻining yomonlashishi yoki toʻxtash manzilidagi fors-major holatlari sabab boʻlsa, bunday holatda yoʻlovchidan yigʻim undirilmaydi, bunda sogʻliqni yomonlashganlik holati tibbiy xulosa bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tashuvchi oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan sabablarga koʻra, oraliq aeroportda tashishni davom ettira olmagan taqdirda, yoʻlovchilarni ularga qulay boʻlgan muddatlarda va shartlarda oʻzining navbatdagi qatnovi bilan harakatlanayotgan havo kemasida yoki boshqa tashuvchining havo kemasida, qoʻshimcha toʻlovlarsiz joʻnatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Tashish shartnomasining oʻzgartirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tashish shartnomasi majburiy va ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tashish shartnomasi yoʻnalishning istalgan manzillarida, quyidagi hollarda majburiy ravishda oʻzgartiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi band qilingan joyga tashuvchining aybi bilan tutash qatnovga kela olmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi band qilingan joyni yoʻlovchiga berish imkoniyatiga ega boʻlmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi qatnovni bekor qilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi qatnovni parvozlar jadvaliga muvofiq ravishda bajara olmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi yoʻlovchi uchun toʻxtash va qoʻnish manzillarida toʻxtashni bajara olmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashishning majburiy ravishda oʻzgartirilishi tashishning boshlanish vaqti va (yoki) muddati, tashuvchining, tashish yoʻnalishining, xizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga sabab boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tashish shartnomasi majburiy ravishda oʻzgartirilganda, tashuvchi quyidagilarni bajarishga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻlovchini qoʻnish manziliga oʻzining boshqa muntazam qatnovida yoki boshqa tashuvchining boʻsh joyi boʻlgan qatnovida, tez fursatda, qoʻshimcha toʻlovlar olmagan holda, zarurat boʻlganda yuqori xizmat koʻrsatish toifasida va yoʻlovchi uchun qulay boʻlgan boshqa shartlarda yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻlovchini band qilingan chipta bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoʻlovchi tomonidan toʻlangan xizmat koʻrsatish toifasining oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslik, agar xizmat koʻrsatish toifasining bunday oʻzgarishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish toifasi pastroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda, tashuvchi yoʻlovchiga yoʻnalishning xizmat koʻrsatish toifasi oʻzgargan qismidagi (qismlaridagi) tariflar va yigʻimlar farqini qaytaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish toifasi yuqoriroq toifaga majburiy ravishda almashtirilganda va tashish narxi oshganida yoʻlovchidan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) bajarilmagan tashish uchastkasi uchun, pul qaytarilishi bilan, yigʻimlar olinmagan holda, chiptaning majburiy qaytarilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yoʻlovchi talabi bilan, tashish yoʻnalishining har qanday manzilidagi oʻzgarish tashish shartnomasining ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilishi hisoblanib, ushbu oʻzgartirish tashish yoʻnalishining, xizmat koʻrsatish toifasining yoki tarifining oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Yoʻlovchi tomonidan tashish uchun toʻlangan toʻlovlar tashuvchi tomonidan majburiy tartibda qaytarilish hollarida, qaytariladigan pul miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar chiptaning hech bir qismidan foydalanilmagan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va yigʻimlarga teng boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar chiptadan qisman foydalanilgan boʻlsa, qaytariladigan pul miqdori toʻlangan tarif va tashish amalga oshirilgan manzillar oraligʻidagi tashishga toʻlangan tarif oʻrtasidagi farqga teng boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Agar yoʻlovchi tashish shartnomasining har qanday shartini (qatnov, uchish sanasi, yoʻnalishi, xizmat koʻrsatish toifasi, chiptaning tashish uchun yaroqlilik muddati va hokazo) ixtiyoriy ravishda oʻzgartirmoqchi boʻlsa, bu toʻgʻrisida tashuvchini xabardor qilishi lozim. Bunda tashuvchi tashish shartnomasining yangi shartlari boʻyicha tarifni hisoblashi kerak, agar tashish shartnomasining bunday ixtiyoriy oʻzgarishidan tashish qiymati oshadigan boʻlsa, unda yoʻlovchi birinchi narxdagi miqdor bilan yangi narxdagi miqdor oʻrtasidagi farqlarni toʻlashi kerak. Agar bu oʻzgarish natijasida, yangi tashishning qiymati birinchi toʻlangan narxdan past boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchiga tashish qiymatidagi farqni qaytarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Tashish bilan bogʻliq belgilangan tariflar va yigʻimlarning miqdoriga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, ushbu oʻzgartirishlar ular kiritilgunga qadar tuzilgan tashish shartnomalariga tashish boshlanish vaqtiga qadar tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashish boshlanishiga qadar yoʻlovchining xohishi bilan tashish shartnomasiga oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, yangi tashish sanasidagi tarif va yigʻimlarning miqdori asosida qaytadan chipta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yoʻlovchilarning imtiyozlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari hamda tashuvchining tashish qoidalariga asosan yoʻlovchilarning ayrim toifasiga tashish bilan bogʻliq imtiyozlar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozlar berish tejamkor (“econom”) xizmat koʻrsatish toifasi tarifiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi, berilgan havo transportida imtiyozli tashishga nisbatan, yuqoriroq xizmat koʻrsatish toifasi salonida uchishni xohlasa, bunday yoʻlovchi xizmat koʻrsatish toifasi uchun qoʻshimcha haq toʻlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan imtiyozli uchish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning tashish hujjatini rasmiylashtirish, ularning shunday imtiyozga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Alohida toifadagi yoʻlovchilarni tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida quyidagi toifalar uchun tashishning alohida shartlarini oʻrnatishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yoshgacha boʻlgan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalari, vasiylari yoki homiylari hamrohligisiz uchayotgan bolalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zambildagi kasal yoʻlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish uchun salonda qoʻshimcha joy talab qiladigan yoʻlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imkoniyatlari cheklangan, shu jumladan oʻrindiq-aravachada tashiladigan yoʻlovchilar yoki oʻzlarining harakatlanishlari uchun maxsus uskunalardan foydalanuvchi yoʻlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurol va oʻq-doriga ega boʻlgan yoʻlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deportatsiya qilingan yoʻlovchilar va mamlakatga kirishi rad qilingan yoʻlovchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta muhim yoʻlovchilar (VIP);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik kuryerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvon yoki qushlarini tashib oʻtayotgan yoʻlovchilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Tashuvchi oʻzining tashish qoidalarida alohida toifadagi yoʻlovchilar uchun maxsus xizmat koʻrsatish talablarini belgilashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Bagaj tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Bagajni tashish uchun qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Bagaj belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, tashishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Bagaj sifatida tashiladigan buyumlar, bagajni but saqlashni taʼminlaydigan maxsus oʻramga oʻralib, tashish uchun qulay boʻlgan ushlagichga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tashuvchi boshqa yoʻlovchilarning bagajiga yoki tashuvchining uskunasiga ziyon keltirishi mumkin boʻlgan uchi oʻtkir qismli bagajlarni tashishga qabul qilishni rad qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Tashuvchi havo kemasi uchun oʻrnatilgan tijorat yuklanishi belgilangan meʼyordan va (yoki) bagajlarning hajmi havo kemasining bagaj-yuk boʻlinmalari sigʻimidan oshganda, tashuvchi meʼyordan oshgan bagajni tashish uchun qabul qilishni cheklash yoki qabul qilmaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tashuvchi oʻrami talabga javob bermaydigan, yoʻqolish xavfi boʻlgan, nosoz holatdagi bagajlarni havo transportida tashishga qabul qilmasligi mumkin. Biroq, yoʻlovchining iltimosiga binoan tashuvchi tashish talabiga javob bermaydigan va nosoz holda oʻralgan bunday bagajga oʻzining javobgarligini cheklagan holda qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Yoʻlovchilarning buyumlari roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj yoki qoʻl yuki sifatida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj uchun yoʻlovchiga raqam yozilgan bagaj birkasini identifikatsiya (tanib olish) qilish uchun berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl yuki birkalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Tashish uchun qabul qilingan bagaj quyidagi joygacha rasmiylashtirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“stor-over”ning birinchi manziligacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining tasdiqlangan band qilingan joy manzili yoki soʻrov qilingan tutash qatnov manziligacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj yoki uning bir qismini olmoqchi boʻlgan manzilgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tashuvchi transfer bagajini tashishni taʼminlamasa, bir aeroportdan ikkinchisiga bagajni tashish zarur boʻlgan tutash manziligacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tashishga berilgan hamma chiptalarni hisobga olib, yoʻlovchi chiptasida koʻrsatilgan oxirgi manzilgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Barcha bagaj vazni boʻyicha oʻlchovdan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Yoʻlovchiga havo kemasi salonida qoʻl yukidan tashqari oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaxsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yoʻl beshigi, nogironlar uchun oʻrindiq-aravacha yoki jismonan imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Havo kemasining xizmat koʻrsatish toifasidan kelib chiqib, tashuvchi tomonidan belgilangan ogʻirligi, miqdori, hajmiga qoʻyilgan meʼyor doirasida, yoʻlovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan bagajlarini bepul tashishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bagajni tashish meʼyori bagaj vazni orqali kilogrammlarda, bagaj egallaydigan maydonga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bagaj hajmining meʼyori bagaj joyining uch oʻlchovining uzunligi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Tashuvchi tomonidan belgilangan bepul tashish meʼyoridan ortiq boʻlgan bagajlar hamda maxsus toifadagi bagajlar (hayvonlar va qushlar, sport anjomlari, ogʻir vazndagi va hajmi katta bagajlar hamda boshqalar) tashuvchi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlangandan keyin tashishga qabul qilinadi va bu haqda toʻlov kvitansiyasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Qatnovni bajarayotgan havo kemasi turidan foydalanishda cheklovlar mavjud boʻlsa hamda havo kemasi boʻsh tashish sigʻimiga ega boʻlmasa, tashuvchi belgilangan meʼyordan ortiq bagajni tashishni cheklashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Havo kemasining salonida yoʻlovchining kuzatuvi ostida tashiladigan qoʻl yukining meʼyori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Xizmat koʻrsatish toifasi majburiy ravishda oʻzgartirilgan vaqtda, yoʻlovchi oldingi xizmat koʻrsatish toifasida belgilangan meʼyor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Yoʻlovchi tomonidan xizmat koʻrsatish toifasi ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilganda, yoʻlovchi almashtirilgan xizmat koʻrsatish toifasida belgilangan meʼyor boʻyicha bagajni bepul tashish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Tashish turli yoʻnalishlarda amalga oshirilganda va yoʻnalishning har bir manzilida xizmat koʻrsatishning turli toifalari bajarilganda, har bir manzil uchun yoʻlovchi toʻlagan mablagʻ hisobidan belgilangan bagaj meʼyorida bepul tashishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Yoʻlovchi tomonidan kuzatilmaydigan bagaj, tashishga yuk sifatida qabul qilinadi. Bunday toifadagi yuklar yoʻlovchining chiptasida koʻrsatilgan, manzillar oraligʻida (aeroportlar orasida) tashish uchun qabul qilinadi va tashish uchun standart yuk xati bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Yoʻlovchi ishtirokida bagajni tashishga qabul qilish vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan xavfsizlikni taʼminlash maqsadida parvoz boshlangan va tugallangan davlatning bojxona qoidalariga asosan olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan buyumlar, narsalar, moddalar, mahsulotlarning borligini bilish uchun bagaj tekshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Chiptada koʻrsatilgan qatnovning uzilishi sodir boʻlganda, tashuvchining talabiga asosan yoʻlovchi qoʻl yukini havo kemasi salonidan oʻzi olib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Quyidagi buyumlar roʻyxatdan oʻtkaziladigan bagaj va qoʻl yuki sifatida tashishga qabul qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar, havo kemasi, havo kemasi bortidagi yoʻlovchilar va tashuvchiga qarashli boshqa mulkka xavf solishi mumkin boʻlgan narsalar va moddalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagaj uchun hajm meʼyori bilan tashuvchi belgilagan qoidalardan ortiq boʻlgan hamda tashish imkoniyati boʻlmagan narsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish amalga oshiriladigan davlat hududidan, hududiga yoki hududi orqali, shu davlatning qonun hujjatlari boʻyicha tashish uchun man etilgan narsalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Bagaj tashishda xavfsizlik talablariga va tashish shartnomasiga rioya etishni taʼminlash maqsadida, tashuvchi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajning shikastlanishi, yoʻqolishi yoki nobud boʻlishidan saqlash maqsadida, uni tegishli oʻramlarda tashish zarurligi toʻgʻrisida yoʻlovchilarga maʼlumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish man etilgan xavfli narsalar toʻgʻrisida yoʻlovchilarga maʼlumot berish. Bunda, tegishli maʼlumotlar yoʻlovchilarga chiptalarni roʻyxatdan oʻtkazish boshlanguniga qadar yoki boshlanganida tashuvchining maʼlumot saytlari, chiptalar sotiladigan hamda yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish joylarida osib qoʻyiladigan eʼlonlar orqali yetkazilishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajni tashishga tayyorlash vaqtida qoʻllanilayotgan texnologik uskunalarning (tarozi, tasma transportyorlari, bagaj aravachalari, konteynerlar, pallet va boshqalar) holatini muntazam ravishda tekshirib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida bagaj birkalariga begona shaxslarning yaqinlashishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻlchov vositalarining belgilab qoʻyilgan texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazib turish va ularning tasdiqlovchi hujjatlarini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Tashuvchining yerda xizmat koʻrsatuvchi agentlari bagaj sifatida tashilishi taqiqlangan buyumlarni havo kemasiga ortilishini oldini olishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Tibbiy guvohnomalar, rentgen suratlari, negativlar, oʻta qimmatli va moʻrt narsalar, pullar, kredit kartochkalari, qimmatbaho qogʻozlar va hujjatlar, qimmatbaho metallar, toshlar, marvaridlar va undan qilingan mahsulotlar yoʻlovchining kuzatuvida tashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Tashuvchi quyidagi toifadagi bagajlarni tashishda oʻzining alohida qoidalarini oʻrnatishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayvonlar (uy itlari, mushuklar va qushlar), shu jumladan koʻr va kar yoʻlovchilarni kuzatuvchi oʻrgatilgan yetaklovchi-itlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoruchkalar, flakonlar, sigaretlar uchun yondirgichlar va maʼlum balandlikda tarqalish xususiyatiga ega boʻlgan gazli boshqa idishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan tashilishi taqiqlanmagan suyuqliklar, gellar va aerozollar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport anjomlarining alohida turlari (golf, serfing, velosipedlar uchun anjomlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar aravachasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron uskunalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi salonida qoʻshimcha oʻrinda tashilishi kerak boʻlgan bagaj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diplomatik bagaj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik oʻlchamli va katta ogʻirlikdagi bagaj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmat va moʻrt bagaj.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Aviatsiya xavfsizlik talablariga asosan bagaj sifatida tashilishi man etilgan yoki tashilishi cheklangan narsalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Havo kemasida yoʻlovchilarning tashishlari taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati Xavfli yuklarni havoda tashish boʻyicha texnik yoʻriqnomalar IKAO (Doc 9284) hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 219-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni, fuqaro havo kemalari ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Yoʻlovchining bagaj sifatida tashilishi taqiqlanmagan buyumlari, agar ularni havo kemasining salonida tashish muayyan salbiy oqibatlarga olib kelishiga shubha tugʻilganda, ushbu buyumlar havo kemasi xavfsizligiga tahdid solmasa, bagaj-yuk boʻlinmasida tashiladigan bagajga joylashtiriladi yoki yoʻlovchiga keyinchalik qaytarib berish sharti bilan aeroportning vakolatli organi yoki tegishli tashuvchining omborxonasida saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Shaxsiy qurol, ov va sport maqsadlariga moʻljallangan qurol va oʻq-dorilarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda milliy anʼanaviy kiyimlarga taqiladigan, shuningdek ilgari yodgorliklar sifatida sotuvda boʻlgan shamshirlar va pichoqlar roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj sifatida tashishga qabul qilinadi yoki parvoz vaqtida tashuvchining qoidalariga binoan olinib ekipajga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Tashuvchi parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida havo kemasi salonida tashish uchun ruxsat berilgan buyumlardan (masalan, uyali telefon, ixcham kompyuter, magnitofon, radio, “SD” eshitish jihozi, elektr oʻyinlari yoki radiouzatgich, boshqariladigan oʻyinchoq va shu kabilar) foydalanishni cheklashi yoki taqiqlashi mumkin, yomon eshituvchilar uchun eshitish apparatlari va yurak urishini elektr muntazamlovchi yordamchi apparatlardan foydalanish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Bagajning berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yoʻlovchi oʻzining tashuvchi javobgarligiga topshirgan bagajini bagajni roʻyxatga olishni rasmiylashtirish punktida berilgan, uziladigan bagaj birkasining taloni asosida havo kemasi qatnovining manzil punktiga kelganidan keyin oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Tashuvchi bagajning uziladigan talon birkasining egasi haqiqatdan ham bagajni olishga huquqi borligini tekshirishi shart emas, bunday tekshirishni oʻtkazmasdan bagajni berib yuborishi natijasida yoʻlovchiga tushgan xarajat yoki ziyon uchun javobgarlikni olmaydi. Agar bagajni olish uchun talabgor yoʻlovchi tomonidan bagaj birkasining uziladigan taloni taqdim etilmasa, u holda yoʻlovchiga bagaj faqat uning bunday bagajni olish uchun tegishli darajada huquqi borligini isbotlovchi dalillar keltirish sharti bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Kuzatilmaydigan bagaj yoʻlovchiga yoki uning vakolatidagi shaxsga yuk xatini koʻrsatganidan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Manzil punktiga yetib kelmagan bagajlar, shikastlangan va kamomadi bor bagajlar boʻlgan hollarda yoki tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi talablari buzilgan boshqa hollarda, tashuvchi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha, tashishning buzilishi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishi shart. Dalolatnomaning bir nusxasi yoʻlovchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Yoʻlovchi yoki uning vakili bagajning tashilishi buzilgan hollarda tashish yoʻnalishidagi birinchi yoki oxirgi tashuvchiga zararni qoplash toʻgʻrisida daʼvo qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Tashuvchining qoidalarida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq, tashuvchi bagaj tashish shartnomasi talablarini buzgan hollarda bagajni va uning egasini qidirishni tashkil qilishdan tortib to yoʻlovchi tomonidan olinmagan bagajni saqlash, tashish shartnomasi talablari buzilishi boʻyicha daʼvolarni koʻrib chiqish, shikastlangan, yoʻqolgan yoki ushlab qolingan bagaj uchun kompensatsiya (oʻrnini qoplash) pulini toʻlash belgilab qoʻyilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Davlat nazoratining amalga oshirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan va hududidan chiqib ketayotgan yoki tranzit bilan oʻtayotgan barcha havo kemalari, ularning ekipajlari va yoʻlovchilari hamda ularning mulklari uchun pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Yoʻlovchi tashish amalga oshirilayotgan uchib ketish, tranzit va manzil davlatining qonun hujjatlari talab qiladigan barcha amaldagi tashish hujjatlari, vizalar, tibbiy va boshqa hujjatlarga ega boʻlishi kerak. Tashuvchi yoʻlovchining keyinchalik tranzit yoki manzil mamlakatidan chiqarib yuborilishini oldini olish maqsadida, yoʻlovchi tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmasa yoki bu hujjatlar belgilangan talabga javob bermasa, bunday yoʻlovchiga tashishni rad etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Yoʻlovchi uchishdan oldin aeroportda yoki havo kemasida unga tegishli bagajni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirish uchun ochish paytida ishtirok etishi shart. Tashuvchi bu tekshirishni amalga oshirish yoki yoʻlovchi bunday tekshirish talablariga rioya qilmagani, shuningdek uchib ketish, tranzit yoki manzil davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya qilmaganliklari oqibatida vujudga kelgan bagaj tarkibidagi buyumlarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yoʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari, aeroport xizmatchilari va tashuvchilar tomonidan aviatsiya xavfsizligi uchun oʻtkaziladigan har qanday nazorat talablarini bajarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda tranzit hududlarini tashkil qilish yoki boshqa usullarni qoʻllash hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga bir davlatdan uchib keladigan va shu kunning oʻzida shu aeroportning oʻzidan, shu qatnovni yoki boshqa qatnovni bajaruvchi havo kemasida uchinchi davlatga uchib ketadigan yoʻlovchilar va ularning bagajlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq kelib tushgan aeroportda vaqtincha qolishlari mumkin boʻladigan sharoitlarni yaratishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari bilan birgalikda, sutkaning tungi vaqtida, zarurat boʻlganda, oraliq aeroportida havo transportida tashish shartnomasida belgilangan vaqtdan koʻproq ushlanib qolgan xalqaro tranzit yoʻlovchilariga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tunash uchun vaqtinchalik joylashishlari maqsadida aeroportni tark etishga ruxsat berish choralarini koʻrishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportiga olib kelingan yoʻlovchiga kirish huquqi man etilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi uchun javobgarlik kirishi man etilgan yoʻlovchini olib kelgan tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Agar yoʻlovchiga biror davlatga kirish uning tegishli davlatlarning qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi yoki talab qilingan hujjatlari boʻlmagani sababli, man etilgan boʻlsa, tashuvchi yoʻlovchini orqaga qaytarib tashish bilan bogʻliq har qanday transport va boshqa xarajatlarni amalga oshirishga majbur boʻlsa, unda tashuvchi yoʻlovchining chiqib ketishi bilan bogʻliq transport xarajatlarini undan undirish huquqiga ega. Bunda tashuvchi yoʻlovchi chiptasining foydalanilmagan qismidan oʻzining xarajatlarini qoplash maqsadida foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchining kirish man etilgan manzilgacha toʻlagan tashish uchun toʻlovlari qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Tashuvchi belgilanmagan joyga kelgan bagajni uning egasi turadigan joyga yuborishi mumkin. Bunda tashuvchi belgilanmagan joyga yanglish yuborilgan bagaj bilan bogʻliq jarimalar va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun javobgarlikni olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Tashuvchi egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajni uning egasi nomidan tegishli manzil punktida texnik tekshiruv vositalari orqali olib boriladigan bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etishi va bunday bagajni u joʻnatilgan manzilga yetkazib berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Zarurat boʻlsa, tashuvchiga egasi topilmagan, talab qilinmagan yoki yanglish yuborilgan bagajning egasini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, shuningdek aeroportning tashishlarni tashkil etish xizmati vakillari ishtirokida bagajni ochishga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII bob. Havo transportida tashishda javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolikka doir qonunlari va Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tashishlarda tashuvchining javobgarligi “Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida”gi Varshava Konvensiyasi (1929-yil), Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Tashuvchi yoʻlovchilar bilan oʻzining javobgarlik doirasini Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda), qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan normalarga nisbatan oshirish toʻgʻrisida bitimlar tuzishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Tashuvchi parvoz chogʻida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni koʻrganligini yoki bunday choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuvi qaytarib boʻlmas kuch natijasida sodir boʻlgan boʻlsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Roʻyxatdan oʻtkazilgan bagaj tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Agar yoʻlovchining yonidagi buyumlar yoʻqolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yoʻqotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Bagaj tashishda zarar koʻrgan yoʻlovchi, bu zararni oʻzining xatti-harakati tufayli koʻrgan boʻlsa, bu hollar tashuvchi tomonidan isbotlansa, unda tashuvchining javobgarligi chegaralanadi yoki u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning oʻlimi yoki uning sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarning oʻlimi yoki jarohatlangani uchun, agar bu koʻngilsizlik tabiiy sabablarga koʻra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Tashuvchi tashish shartnomasini bajarishda yoʻl qoʻygan nuqsonlar yoki oʻzining xodimlari tomonidan ularning xizmat vazifalarini bajarish paytida atayin qilingan xatti-harakatlar uchun yoʻlovchi va ularning bagajini birgalikda tashishda qatnashgan boshqa tashuvchilar oldida, agar bu holat isbotlansa, javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Agar tashish bir necha tashuvchilar tomonidan amalga oshirilsa, bagajga keltirilgan ziyon sababi qaysi tashuvchining uchastkasida sodir boʻlganligi aniqlanmaganda, javobgarlik har bir tashishda qatnashuvchi tashuvchining tashish uchastkasining uzunligiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Tashuvchining aybi bilan yoʻlovchining kuzatuvida boʻlgan buyumlarga zarar yetkazilganda va bunda tashuvchining aybi isbotlanganda, tashuvchi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish uchun olingan qiymati eʼlon qilingan bagajning yoʻqolgani yoxud kamomadi uchun — eʼlon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi eʼlon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish uchun olingan qiymati eʼlon qilinmagan bagaj, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi yoki yetkazilgan zarar uchun — ularning haqiqiy qiymati miqdorida, ammo Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilagan miqdordan oshmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan havo transportida tashish vaqtidagi javobgarlik toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarda belgilangan miqdorlarda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Bagaj yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy ogʻirligi eʼtiborga olinadi. Agar yetkazilgan zarar bitta bagaj kvitansiyasi boʻyicha boshqa yoʻlovchilarning bagaji va boshqa buyumlariga zarar yetkazganda, bunda yetkazilgan zararni qoplash miqdorini aniqlashda, ushbu bagaj va buyumlarning umumiy ogʻirligi ham eʼtiborga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Agar bagaj kvitansiyasida bagajning ogʻirligi koʻrsatilmagan boʻlsa, roʻyxatga olingan bagajning umumiy ogʻirligi, tegishli xizmat koʻrsatish toifasiga taalluqli bepul tashishga qabul qilinadigan meʼyordan oshmagan deb hisoblanadi va tashuvchining javobgarligi shu doirada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Bagajning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligini aniqlashning iloji boʻlmaganda, yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarlik doirasi ushbu bagajning oʻrtacha ogʻirlik darajasiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Tashuvchi quyidagi hollarda roʻyxatga olingan bagajni belgilangan manzilga yetkazishda kechikkanligi sababli yetkazilgan zararlar uchun toʻlovlarni rad qilish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazilgan zararlar uchun talabnoma bildirish muddati oʻtib ketganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bagajning ichida boʻlgan zarur hujjatlar yoki boshqa buyumlarning kechikishi natijasida yoʻlovchi tomonidan koʻriladigan zararlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining xavfsizlik qoidalariga rioya etmasligi yoki aeroportda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida bagajning kechikkanligi natijasida yetkazilgan zararlar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchining aybi bilan bagaj tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq tashishga tayyorlanmagan holda topshirilganligi natijasida kelib chiqadigan zararlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Yoʻlovchining uchishi kechikkanda, yetkazilgan zarar uchun toʻlovlarni toʻlashga quyidagi hollar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining aybi bilan yoʻlovchining asossiz ravishda parvozdan chetlashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptalarni havo kemasida mavjud joylarning soniga nisbatan koʻp sotilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiptada uchish sanasi, vaqti va qatnovning tartib raqamining xato belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi tijorat yuklanish meʼyorining kamayganligi, qatnovlarning birlashtirilishi yoki havo kemasi turining almashtirilishi tufayli yoʻlovchining parvozdan chetlashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay ob-havo taʼsiri, aviatsiya xavfsizligi talablari bajarilishi, fors-major sharoitlar bilan bogʻliq boʻlmagan tashuvchining aybi yoki uning vakolatidagi agentlarining boshqa harakatlari tufayli yoʻlovchilar uchishining kechikishiga olib kelishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX bob. Talab qoʻyish va daʼvo
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Yoʻlovchi va bagaj tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvogarning xohishiga koʻra talablar tashuvchiga parvoz boshlangan yoki tugagan aeroportda yoxud tashuvchining vakiliga bildiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Xalqaro havo transportida tashish boʻyicha talab va daʼvolarni berish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va “Xalqaro havo transportida tashishlarga doir ayrim qoidalarni birxillashtirish haqida”gi Varshava Konvensiyasi (1929-yil) bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qoʻyish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) 124-moddasi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Tashuvchining mulkiy javobgarligi, tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bagajni berish vaqtida, bagajning kelmagani, kamomadi yoki shikastlanganligini tasdiqlash uchun tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish shartnomasining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning boʻlmasligi yoʻlovchini talab va daʼvo qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Yoʻlovchi yoki uning vakili yoʻlovchini va bagajini havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchining vafoti yoki sogʻligʻi yomonligi sababli talab va daʼvoni tashuvchiga oʻzi koʻrsata olmaydigan hollarda, bunday daʼvoni qonunchilik asosida koʻrilgan zararni qoplash huquqiga ega boʻlgan shaxs koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Tashuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) va xalqaro shartnomalariga asosan talab va daʼvolarni koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X bob. Tashuvchi tomonidan tashish ishlarini taʼminlash xizmatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Yoʻlovchilar uchun aeroportlarda tashish bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni olish uchun axborot xizmati tashkil etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Aeroportlarning yerdagi xizmatlari tashishni amalga oshirishda bir sutkalik parvozlar rejasi va tasdiqlangan texnologik ish jadvaliga rioya etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Tashuvchi, uning yerdagi xizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan har bir yoʻlovchining uchishi bilan bogʻliq xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti oltmish daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Tashuvchi, uning yerdagi xizmat koʻrsatish agenti va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan uchib kelgan har bir yoʻlovchining qoʻnish bilan bogʻliq belgilangan xalqaro qatnovlar uchun amalga oshiriladigan rasmiyatchiliklarni bajarish vaqti qirq besh daqiqadan, mahalliy qatnovlar uchun esa yigirma daqiqadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Aeroportga kelgan havo kemasida bagajning qolib ketishi yoki bagaj unutib qoldirilgan hollarda, bunday bagaj talab qilinmagan bagajlarni saqlash uchun belgilangan qoidalarning shartlariga koʻra bagaj qidiruv xizmatiga saqlashga topshiriladi. Unutib qoldirilgan bagajni, egasi chiqmagan bagajni saqlash xonasiga yetkazish, tegishli aeroportlarda tashuvchining qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Aeroportda yoʻlovchilarga zarur xizmat koʻrsatish majmuasi tashkil etilishi kerak. Aeroportning aerovokzallarida roʻyxatdan oʻtkazish (ustunlari) zallari, chiptalarni sotish kassalari, maʼlumot beruvchi xizmat, omonat saqlash xonalari, ona va bola xonalari, doʻkonlar, dorixonalar, aloqa va telegraf xizmati, valyuta almashtirish shohobchalari, shuningdek zarur boʻlganda tibbiy yordam, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Aeroportlarda jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarga alohida yordam koʻrsatilib, keng ommaga koʻrsatiladigan oddiy xizmatdan qulayroq, kafolatlangan xizmat koʻrsatilishi kerak. Bino, inshootlar va xizmat koʻrsatish hududiga kiriladigan yoʻllar va xizmatning barcha turlari jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishi uchun zarur boʻlgan talablarga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Aeroportlar texnologik reglament va jadval asosidagi xizmatni koʻrsatish uchun, yoʻlovchilar va ularning bagajlarini rasmiylashtirish, bagajlarni tayyorlash va yuklash, uchib kelgan yoʻlovchilarni kutib olish, havo kemasidan bagajni tushirish va topshirish, shuningdek uchish va qoʻnish bilan bogʻliq yerdagi xizmat koʻrsatishning boshqa texnologik amaliyotlarini bajarish uchun, zarur texnologik jihozlar va aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi, shu bilan birga aeroportning oddiy tartibda ishlashi uchun imkon beradigan miqdorda maxsus xizmat va texnologik zonalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Parvoz qatnovlariga xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan barcha uskunalar ishga tushirilishidan oldin ularning sozligi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 8-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 8-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 8-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 12-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori X. MUXITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 12-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda; 2013-y., 34-son, 462-modda; 2016-y., 32-son, 394-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 10/18/2238-3/1581-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 25.06.2026-y., 10/26/2238-5/0626-son)