21.06.2011 yildagi 185-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
 LexUZ sharhi
mahsulotlarning 1-ilovaga kiritilgan monopol turlarini sotish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizomning I bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi;
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mahsulotlarning ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq monopol turlari majburiy tartibda birja savdolariga qo‘yilishini amalga oshiradilar, 2011-yil uchun ular bo‘yicha muddatini uzaytirish huquqisiz shartnomalar tuzilgan hajmlar bundan mustasno;
mahsulotlarning 1-ilovada ko‘rsatilgan, birja savdolarida sotib olingan monopol turlaridan faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta sotish taqiqlanadi.
Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan, iste’molchilar tomonidan birja savdolarida sotib olingan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan olingan daromad Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorida nazarda tutilgan tartibga muvofiq olib qo‘yiladi.
3. 2011-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq mahsulotlarning ushbu qarorga 1-ilovada, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan strategik va monopol turlarining kalendar oy yakunlariga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha eksportga va ichki bozorga sotilmagan hajmlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (sotuvchilar) tomonidan majburiy tartibda birja savdolariga qo‘yiladi.
1. 5-bandning uchinchi xatboshidagi “ishlab chiqaruvchi korxonalar” so‘zlaridan keyin “(sotuvchilar)” so‘zi qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshidagi “dizel yonilg‘isi” so‘zlaridan keyin “budjet mablag‘lari hisobiga” so‘zlari qo‘shilsin;
4. 34-35-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. 36-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.