Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021 10.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2236
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasining qarori, 10.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2236
Kuchga kirish sanasi
20.06.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021
Hujjat 13.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-sonli ““Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2236-5, 05.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais v.b. A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/19-18/02-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) qaroriga muvofiq rieltorning malaka imtihonini oʻtkazish, malaka sertifikatini berish, uning muddatini uzaytirish, amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rieltorning malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxsga, agarda u yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki rieltorlik tashkilotining shtatida tursa, rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi boʻlganda rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati 5 yillik muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-2, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 748-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka sertifikati Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan mazkur Nizomga muvofiq malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka imtihonini oʻtkazish va topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dastur boʻyicha rieltorlar tayyorlash markazlarida maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqish tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka sertifikatini olish uchun talabgor Davlat raqobat qoʻmitasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasining nusxasi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 x 4 hajmdagi uch dona fotosurat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus oʻquv kursini tugatganligi (talabgorning oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning berilgan vaqtidan boshlab hujjatlar topshirilgungacha oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan boʻlishi shart) toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hujjatlar talabgor tomonidan Davlat raqobat qoʻmitasiga shaxsan yoki ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat raqobat qoʻmitasi ariza tushgan kundan boshlab 5 kunlik muddatda talabgorning malaka imtihoniga qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi asoslarga koʻra talabgor malaka imtihoniga kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda yoki lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda Davlat raqobat qoʻmitasi talabgorni imtihonga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va talabgorga yozma ravishda asoslangan javobini yuboradi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish yuzasidan qaror qabul qilinganda malaka imtihoniga qoʻyilgan shaxslar roʻyxati imtihon komissiyasiga beriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtihon komissiyasining tarkibi va ish tartibi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi axborot Davlat raqobat qoʻmitasining rasmiy saytiga imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin joylashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqidagi axborot Davlat raqobat qoʻmitasining rasmiy saytiga u oʻtkaziladigan kundan kamida 30 kun oldin joylashtiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Malaka imtihoniga qoʻyilmagan talabgor malaka imtihoniga qoʻyilmaslikka sabab boʻluvchi kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgor pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini taqdim qilgan holda malaka imtihoniga qoʻyiladi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlmagan, yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agarda talabgor Davlat raqobat qoʻmitasiga hujjatlarni topshirgan vaqtdan boshlab ikki marta malaka imtihoniga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar unga qaytariladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur boʻlimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test savollari va javoblar variantlari Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan rieltorlarning jamoat birlashmalari va oʻquv markazlarining takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan rieltorlarni oʻqitish dasturi asosida ishlab chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun toʻgʻri javoblar miqdori berilgan test savollar miqdorining kamida 80 foizini tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va yoʻriqnoma materiallari, maʼlumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi kabinetidan tashqariga chiqish. Test sinovi kabinetidan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi kabinetidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Malaka imtihonini topshirish jarayonida ajratilgan vaqt ichida barcha savollarga toʻliq javob berishga ulgurmagan talabgorlar malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor malaka imtihonidan takroran oʻtish uchun belgilangan tartibda hujjatlarni malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan keyin taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan keyin uch kunlik muddatda rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Test javoblari, shuningdek imtihon komissiyasining bayonnomalari belgilangan tartibda Davlat raqobat qoʻmitasida saqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka imtihoni natijalari Davlat raqobat qoʻmitasining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Malaka sertifikati rieltorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Malaka sertifikatining blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Malaka sertifikatining blankalari Davlat raqobat qoʻmitasi buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Malaka sertifikati Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10 kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki boshqa shaxsga notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma asosida rieltorlar reyestriga imzo qoʻydirgan holda beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar talabgor malaka sertifikatini rasmiylashtirish kunidan boshlab uch oy ichida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy bosh tortsa Davlat raqobat qoʻmitasi mazkur sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kuni ichida imtihon natijalari toʻgʻrisidagi imtihon komissiyasining bayonnomasi ustidan Davlat raqobat qoʻmitasiga apellatsiya shikoyati berishga haqli. Apellatsiya shikoyati yozma ravishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qoʻmitasi bir hafta muddatda berilgan apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga yozma xabar yuboradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya shikoyatini bergan shaxs uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya ushbu Nizom talablarini buzgan holda taqdim qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror apellatsiya shikoyati bergan shaxsga nisbatan malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan apellatsiya shikoyatini bergan talabgor uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran malaka imtihoni oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabgorning takroran kiritgan apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat raqobat qoʻmitasining talabgorning apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Malaka sertifikati egasi mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga uch oy qolganda Davlat raqobat qoʻmitasiga malaka sertifikati muddatini uzaytirish toʻgʻrisida arizasi bilan unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining asl nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning nusxalari.
(35-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Malaka sertifikati muddatining uzaytirilishi mazkur Nizomning 35-bandida belgilangan talablarga rioya etilganda va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining amal qilish muddati mazkur sertifikatning blankida koʻrsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonidan oʻtmagan malaka sertifikatining egasi qayta malaka imtihonidan oʻtishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur sertifikatning blankida maxsus belgi (yozuvni) qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati blankida uning muddatini uzaytirishga taalluqli rekvizitlar toʻldirilgan taqdirda, malaka sertifikati egasiga avvalgi roʻyxatga olish raqami qoʻyilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan rieltorning malaka sertifikati blanki Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Malaka sertifikati egasining pasportida koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan yoki pasporti almashtirilgan taqdirda, u 10 kunlik muddatda Davlat raqobat qoʻmitasiga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart, bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan sertifikatning asl nusxasi bilan birga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi uning egasi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati koʻrsatilgan malaka sertifikatining yangi blanki beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikati blanki Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining oʻrniga malaka sertifikati egasining arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yoʻqolganligi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi va eʼlon nusxasini Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etishi kerak.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Davlat raqobat qoʻmitasiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxsning arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maʼlumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan koʻp qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining amal qilishi ushbu Nizomning 42-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida Davlat raqobat qoʻmitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida Davlat raqobat qoʻmitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
(44-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Davlat raqobat qoʻmitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Davlat raqobat qoʻmitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori 5 kunlik muddatda malaka sertifikatining egasiga va u shtatida turgan rieltorlik tashkilotiga yuboriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror rieltor tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun ichida sertifikat Davlat raqobat qoʻmitasiga belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun qaytarilishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Malaka sertifikatiga ega rieltorlarning reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan malaka sertifikatiga ega boʻlgan rieltorlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport maʼlumotlari va yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha kelib chiquvchi barcha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga


‎Kimdan_____________________
‎___________________________
‎___________________________‎


Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida

A R I Z A

Menga rieltor malaka sertifikatini olish uchun / amal qilish muddatini uzaytirish uchun* malaka imtihonini topshirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:‎‎‎
‎1. ______________________________________________________
2. ______________________________________________________
‎3. ______________________________________________________
‎4. ______________________________________________________
‎5. ______________________________________________________

20__ y. “____” _______________‎
Shaxsiy imzo _______________‎‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kerakli soʻzlarning tagiga chizing.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

SOʻROVNOMA

‎1. Familiyasi:_____________________
‎Ismi:____________________________
Otasining ismi: __________________

Fotosurat oʻrni

2. Tugʻilgan sanasi: _________________

‎‎(yili, kuni, oyi raqamlar bilan yoziladi)

3. Pasport: seriyasi _____________ raqami ___________________
Berilgan sanasi __________________________________________
Kim tomondan berilgan ___________________________________

‎4. Maʼlumoti: ____________________________________________

(oʻquv yurti nomi)

Fakultet _______________________________________________
Tamomlagan yili ____________ diplom raqami _______________
Diplom boʻyicha mutaxassisligi _____________________________
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ____________________________

5. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi maʼlumotlar*:
T/r‎ Ishga kirish davri‎ Ishdan ketish vaqti‎ Ish joyi‎ Lavozimi‎

‎1.

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

…‎


6. Yashash manzili: _________________________________________
7. Bogʻlanish telefoni:______________ faks: __________________
(kodi, raqami) (kodi, raqami)‎
8. Soʻrovnomani toʻldirish sanasi 20__ yil “___” _____________

Shaxsiy imzo __________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ish staji mavjud boʻlsa toʻldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish
‎va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎_____________ - sonli

‎RIELTORNING MALAKA SERTIFIKATI

3 x 4‎
Toshkent sh.‎ ‎‎______________________

‎‎(berilgan vaqti)

‎�Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan

____________________________________________________________________________________________‎‎
‎(kimga — rieltorning F.I.O.)
____________________________________________________________________________________________‎
‎(rieltorning malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati)

‎‎Pasport maʼlumotlari: ‎‎____________________________________________________________________
‎‎Vakolatli shaxs‎ _________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

Muhr oʻrni ‎

______________________‎‎‎

‎‎(imzo)‎

‎‎Rieltor malaka sertifikatining muddati 20___ y. “___” __________ dan
20___ y. “___” __________ gacha uzaytirildi.

‎Imzo‎
‎‎
‎_____________________________Muhr oʻrni

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2236-2, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 748-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda; 2014-y., 13-son, 146-modda; 2017-y., 30-son, 748-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son, 08.06.2018-y., 10/18/2236-4/1329-son)