Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2236]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-sonli ““Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2236-5, 05.08.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 189-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais v.b. A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/19-18/02-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 189-modda) qaroriga muvofiq rieltorning malaka imtihonini o‘tkazish, malaka sertifikatini berish, uning muddatini uzaytirish, amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Rieltorning malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxsga, agarda u yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki rieltorlik tashkilotining shtatida tursa, rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi bo‘lganda rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati 5 yillik muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har uch yilda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 20 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 18-maydagi 01/19-10/22-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-4, 05.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 10/18/2236-4/1329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka sertifikati Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan mazkur Nizomga muvofiq malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda talabgor deb yuritiladi) malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka imtihonini o‘tkazish va topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha rieltorlar tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish, bunda o‘qish tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar o‘tgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka sertifikatini olish uchun talabgor Davlat raqobat qo‘mitasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risidagi guvohnomasining nusxasi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 x 4 hajmdagi uch dona fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi (talabgorning o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatning berilgan vaqtidan boshlab hujjatlar topshirilgungacha o‘tgan vaqt bir yildan oshmagan bo‘lishi shart) to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hujjatlar talabgor tomonidan Davlat raqobat qo‘mitasiga shaxsan yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat raqobat qo‘mitasi ariza tushgan kundan boshlab 5 kunlik muddatda talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi asoslarga ko‘ra talabgor malaka imtihoniga kiritilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda Davlat raqobat qo‘mitasi talabgorni imtihonga qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va talabgorga yozma ravishda asoslangan javobini yuboradi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgorni malaka imtihoniga qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilinganda malaka imtihoniga qo‘yilgan shaxslar ro‘yxati imtihon komissiyasiga beriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtihon komissiyasining tarkibi va ish tartibi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar to‘g‘risidagi axborot Davlat raqobat qo‘mitasining rasmiy saytiga imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin joylashtiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqidagi axborot Davlat raqobat qo‘mitasining rasmiy saytiga u o‘tkaziladigan kundan kamida 30 kun oldin joylashtiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Malaka imtihoniga qo‘yilmagan talabgor malaka imtihoniga qo‘yilmaslikka sabab bo‘luvchi kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgor pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini taqdim qilgan holda malaka imtihoniga qo‘yiladi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan, yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agarda talabgor Davlat raqobat qo‘mitasiga hujjatlarni topshirgan vaqtdan boshlab ikki marta malaka imtihoniga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar unga qaytariladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur bo‘limda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Test savollari va javoblar variantlari Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan rieltorlarning jamoat birlashmalari va o‘quv markazlarining takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan rieltorlarni o‘qitish dasturi asosida ishlab chiqiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovi o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun to‘g‘ri javoblar miqdori berilgan test savollar miqdorining kamida 80 foizini tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va yo‘riqnoma materiallari, ma’lumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi kabinetidan tashqariga chiqish. Test sinovi kabinetidan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi kabinetidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Malaka imtihonini topshirish jarayonida ajratilgan vaqt ichida barcha savollarga to‘liq javob berishga ulgurmagan talabgorlar malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor malaka imtihonidan takroran o‘tish uchun belgilangan tartibda hujjatlarni malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgandan keyin taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan keyin uch kunlik muddatda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Test javoblari, shuningdek imtihon komissiyasining bayonnomalari belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasida saqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka imtihoni natijalari Davlat raqobat qo‘mitasining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Malaka sertifikati rieltorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Malaka sertifikatining blanklari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Malaka sertifikatining blankalari Davlat raqobat qo‘mitasi buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Malaka sertifikati Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10 kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki boshqa shaxsga notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma asosida rieltorlar reyestriga imzo qo‘ydirgan holda beriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Agar talabgor malaka sertifikatini rasmiylashtirish kunidan boshlab uch oy ichida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy bosh tortsa Davlat raqobat qo‘mitasi mazkur sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgorlar malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kuni ichida imtihon natijalari to‘g‘risidagi imtihon komissiyasining bayonnomasi ustidan Davlat raqobat qo‘mitasiga apellatsiya shikoyati berishga haqli. Apellatsiya shikoyati yozma ravishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat raqobat qo‘mitasi bir hafta muddatda berilgan apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga yozma xabar yuboradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya shikoyatini bergan shaxs uchun takroran malaka imtihoni o‘tkazish to‘g‘risida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Imtihon natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya ushbu Nizom talablarini buzgan holda taqdim qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Takroran malaka imtihoni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror apellatsiya shikoyati bergan shaxsga nisbatan malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan apellatsiya shikoyatini bergan talabgor uchun takroran malaka imtihoni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran malaka imtihoni o‘tkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Talabgorning takroran kiritgan apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat raqobat qo‘mitasining talabgorning apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(34-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Malaka sertifikati egasi mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga uch oy qolganda Davlat raqobat qo‘mitasiga malaka sertifikati muddatini uzaytirish to‘g‘risida arizasi bilan unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning nusxalari.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 23-yanvardagi 01/19-10/06-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-3, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Malaka sertifikati muddatining uzaytirilishi mazkur Nizomning 35-bandida belgilangan talablarga rioya etilganda va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining amal qilish muddati mazkur sertifikatning blankida ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihonidan o‘tmagan malaka sertifikatining egasi qayta malaka imtihonidan o‘tishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur sertifikatning blankida maxsus belgi (yozuvni) qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati blankida uning muddatini uzaytirishga taalluqli rekvizitlar to‘ldirilgan taqdirda, malaka sertifikati egasiga avvalgi ro‘yxatga olish raqami qo‘yilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan rieltorning malaka sertifikati blanki Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Malaka sertifikati egasining pasportida ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgargan yoki pasporti almashtirilgan taqdirda, u 10 kunlik muddatda Davlat raqobat qo‘mitasiga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart, bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatning asl nusxasi bilan birga tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi uning egasi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan malaka sertifikatining yangi blanki beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikati blanki Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining o‘rniga malaka sertifikati egasining arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yo‘qolganligi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi va e’lon nusxasini Davlat raqobat qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Davlat raqobat qo‘mitasiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxsning arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish davomida olingan ma’lumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan ko‘p qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan mansabni egallash yoki xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining amal qilishi ushbu Nizomning 42-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida Davlat raqobat qo‘mitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikati ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida Davlat raqobat qo‘mitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
(44-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Davlat raqobat qo‘mitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(45-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Davlat raqobat qo‘mitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori 5 kunlik muddatda malaka sertifikatining egasiga va u shtatida turgan rieltorlik tashkilotiga yuboriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror rieltor tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun ichida sertifikat Davlat raqobat qo‘mitasiga belgilangan tartibda yo‘q qilinishi uchun qaytarilishi lozim.
(48-band O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Malaka sertifikatiga ega rieltorlarning reyestrini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan malaka sertifikatiga ega bo‘lgan rieltorlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport ma’lumotlari va yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar bo‘yicha kelib chiquvchi barcha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida
A R I Z A
Menga rieltor malaka sertifikatini olish uchun / amal qilish muddatini uzaytirish uchun* malaka imtihonini topshirishimga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Kerakli so‘zlarning tagiga chizing.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2014-yil 5-martdagi 01/27-26/08-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-1, 26.03.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 13-son, 146-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SO‘ROVNOMA
1. Familiyasi:_____________________
Ismi:____________________________
Otasining ismi: __________________
Fotosurat o‘rni
2. Tug‘ilgan sanasi: _________________
(yili, kuni, oyi raqamlar bilan yoziladi)
3. Pasport: seriyasi _____________ raqami ___________________
Berilgan sanasi __________________________________________
Kim tomondan berilgan ___________________________________
8. So‘rovnomani to‘ldirish sanasi 20__ yil “___” _____________
Shaxsiy imzo __________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ish staji mavjud bo‘lsa to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi _____________ - sonli RIELTORNING MALAKA SERTIFIKATI
3 x 4
Toshkent sh.
______________________
(berilgan vaqti)
�O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan
____________________________________________________________________________________________ (kimga — rieltorning F.I.O.) ____________________________________________________________________________________________ (rieltorning malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati)
Rieltor malaka sertifikatining muddati 20___ y. “___” __________ dan
20___ y. “___” __________ gacha uzaytirildi.
Imzo
_____________________________Muhr o‘rni
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 6-iyuldagi 01/19-10/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2236-2, 24.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 748-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 24-son, 252-modda; 2014-y., 13-son, 146-modda; 2017-y., 30-son, 748-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son, 08.06.2018-y., 10/18/2236-4/1329-son)