O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY TADBIRKORLAR YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMASDAN ShUG‘ULLANIShI MUMKIN BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARI RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-iyun,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-iyundagi 170-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. II bo‘lim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
II. |
Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati. |
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
9. |
Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni, to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash va tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalari tikish, trikotaj buyumlarni to‘qish. |
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
18. |
Yog‘ochdan (mebeldan tashqari) va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash. |
4. III bo‘limga quyidagi mazmundagi 35-1-band qo‘shilsin:
| 35-1 | Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar va boshqalarni) ijaraga berish. |
5. 36-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
36. |
Milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn, frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda o‘tirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash. |
6. 43-bandga “shuningdek rassomlik san’ati” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Quyidagi mazmundagi 68—74-bandlar qo‘shilsin:
| 68. | Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus texnikadan (traktorlar, avtokranlar, buldozerlar, ekskavatorlar va boshqalardan) foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish. |
| 69. | Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish. |
| 70. | Matritsali printerlar va alfavit-raqam yozadigan qurilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash. |
| 71. | Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash. |
| 72. | Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (salohiyatli abonentlarni izlash, abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan abonentlik shartnomalari tuzish va ularga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmati uchun to‘lovlarni qabul qilish). |
| 73. | Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (xom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va mo‘yna) tayyorlash bo‘yicha xizmatlar. |
| 74. | Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari. |
8. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Ushbu Ro‘yxat doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradigan xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 414-modda)