Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017 31.05.2011 yildagi PQ-1544-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

SUG‘URTAChILARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining ilovaga muvofiq sug‘urta faoliyati turlariga qarab, sug‘urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012 — 2014-yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab turgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtachilar) ustav kapitali miqdorlarining ushbu qarorda belgilangan talablar va muddatlarga muvofiq holga keltirilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandi talablariga javob bermaydigan sug‘urtachilarning litsenziyalari amal qilishini qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib qo‘yish va tugatish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli qarorining 1 va 2-bandlari 2012-yilning 1-iyulidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1544-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sug‘urtachilar uchun ustav kapitalining eng oz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI

(ekvivalenti ming yevro)
Sug‘urta faoliyati turlari 2012-yil 1-iyuldan 2014-yil 1-iyuldan
Umumiy sug‘urta sohasida 1 125,0‎ 1 500,0‎
Hayotni sug‘urtalash sohasida 1 500,0‎ 2 000,0‎
Majburiy sug‘urtalash bo‘yicha 2 250,0‎ 3 000,0‎
Faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha 5 000,0‎ 6 000,0‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)