Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARI TOMONIDAN VALYUTAVIY SVOP OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1839-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 123-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan tashrifi mobaynida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 179-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-may,
16/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
Quyidagi tahrirdagi 47-band bilan toʻldirilsin:
“47. Mazkur Nizom qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro bitimlari doirasida tuzilgan Markaziy bank va vakolatli banklar oʻrtasidagi valyutaviy svop operatsiyalariga qoʻllanilmaydi.
Ushbu operatsiyalar savdo tizimidan tashqarida bevosita Markaziy bank va vakolatli banklar oʻrtasida tomonlarning kelishuvlariga asosan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 242-modda)