O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA” 2011 YIL 13-APRELDAGI O‘RQ-282-SON QONUNI)
O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-282-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-may,
150-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 150-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish qoidalari 3-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilova 39-bandining “Mas’ullar” ustunidagi “Sanoatkontexnazorat” so‘zi “Sanoatgeokontexnazorat” so‘zi bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo‘ljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lgan har qanday agregat holatidagi moddalar”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 208-modda)