Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020 04.06.2001 yildagi PF-2871-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2020
Hujjat 04.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AVTOMOBIL TRANSPORTI SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA BOShQARUVNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish va transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini yaratish, avtomobil va daryo transporti boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobil va daryo transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish va monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransportda yoʻlovchilar va yuk tashish sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, avtomobil transporti tashkilotlari va korxonalarini keng xususiylashtirish, xususiy avtomobil tashuvchilar faoliyati sohasini kengaytirish, transport xizmatlari bozorida mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va daryo transportida yuk va yoʻlovchilar tashishni boshqarishning ortiqcha boʻgʻinlarini tugatish, boshqaruvning bir va ikki boʻgʻinli tizimiga oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transportida boshqarishni markazlashtirishdan chiqarish va avtomobilda yoʻlovchilar tashuvchi, yuklarni viloyat ichida tashuvchi, transport-foydalanish va axborot xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash funksiyalarini bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar tashish xavfsizligi chora-tadbirlarini mustahkamlash, avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashish sohasida isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishining kuchli tizimini yaratish, transport xizmatlari tizimida sugʻurtaning mustaqil bozorini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti tizimi korxonalari va tashkilotlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasini (“Oʻzavtotrans”ni) tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan “Oʻzavtotrans” tarkibiga kirgan hududiy davlat-aksionerlik konsernlari va birlashmalarini avtomobilda tashuvchilarning hududiy uyushmalariga aylantirgan holda ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Avtotransport xizmatlariga tarif siyosatini shakllantirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashish sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, iqtisodiyotga va mintaqa aholisiga barqaror avtotransport xizmati koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun faoliyat koʻrsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharda, shahar atrofida, shaharlararo (viloyat ichida) qatnovchi yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transportini yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini va harakat jadvallarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda avtotransportda yoʻlovchilar tashish xizmatlarga va ijtimoiy ahamiyatli yuklarni tashish ustidan tarif siyosati amalga oshirilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtomobil tashuvchilarning hududiy uyushmalariga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil transporti sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, avtotransport korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish, taʼmirlash bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, harakat vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar va yuklarni shaharlarda, shaharlararo, viloyatlararo tashishni taʼminlash yuzasidan avtotransport korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga quyidagilar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va daryo transportida yoʻlovchilar va yuk tashish xavfsizligini tashkil etish va taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, boshqaruv organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar va yuk tashish yoʻnalishlarini tender asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy etish, mulkchilikning barcha shakllaridagi tashuvchilar uchun faoliyat koʻrsatishning teng shart-sharoitlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida avtomobilda yoʻlovchilarni tashishning xalqaro va viloyatlararo yoʻnalishlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobilda tashuvchilar faoliyati litsenziyalanishini tashkil etish hamda avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va daryo transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish hamda avtomobil va daryo transportining xalqaro tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 8-yanvardagi PF-538-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan 10 kun muddatda qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 4-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2871-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 118-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 367-modda)